💣 Aprel-may oylari yangiliklarga toʻla boʻladi!

Koʻpchilik yuqori sinf oʻquvchilari uchun nega kam olimpiada oʻtkazasizlar deb e’tiroz qilishardi, mana sizga olam-olam olimpiada😁
(Shu joyida xalq artisti Ergash Karimovning Paxtakor yutganida xalq shoiri Hamid Olimjonning she’rini oʻqigani esga tushdi)

1-yangiligimiz: Muhandislik boʻyicha yurtimizdagi eng ilgʻor universitet - Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga 15 yil toʻlishi munosabati bilan #turin_olimpiadasi tashkil etiladi. Shu shanba (13-aprel) kuni onlayn saralash bosqichi oʻtkaziladi. Batafsil: t.me/khiso/4538

2-yangiligimiz: Oʻzbekistondagi Yaponiya raqamli universiteti - Japan Digital University bilan hamkorlikda juda katta masshtabli olimpiada tashkil etyapmiz. Gʻoliblarni yaponiyaga sayohat, katta stipendiyalar, noutbuk va boshqa sovgʻalar kutmoqda. Batafsil: t.me/khiso/4533

3-yangiligimiz: “Hokim olimpiadasi” taqdirlash marosimi va yangi mavsumi haqida bu hafta bilib olasiz, yana ozroq kuting:)

4-yangiligimiz: Bu oyda bir yoʻla 3 ta nashrdan chiqishi kutilmoqda. 1-4 sinf oʻquvchilari uchun “Mantiqiy matematika testlari-3”, 5-8 sinf oʻquvchilari uchun “Matematikadan olimpiada testlari-3” va Japan Digital University bilan hamkorlikda 9-11 sinf oʻquvchilariga moʻljallangan kitobimiz.

❗️ Faqat yuqori sinflarga emas, 14-aprelda 1-8 sinf oʻquvchilari uchun matematika fanidan bepul onlayn olimpiadamiz bor. Batafsil: t.me/khiso/4535

Nima ham derdik, bizni kuzatishda davom eting: ➡️ @bazarbaevs

21 comments

Nega 10-sinflarga yo'q?
Mohira Ibragimova
Zòr
Otaboyeva Nilufar
Assalomu alaykum ha biz hokim olimpiadasini kutyapmiz. ZO'R.
Машхур
Омад ишлангиза илохим шунингин олимпиадаларни куп куп утказинг
Ozoda sodikova
Ассалому алейкум биология фанидан хам утказсангизлар
Natijani tashlang
🤍🧸
Natijani tashlang
Natijani tashang vaqt boldi
14 да булиши кк эди натижа хозир соат 15 бди.
Otaboyeva Nilufar
Assalomu alaykum Sardor Bazarboyev Viloyat hokimi olimpiadasi keyingi turi qachon bo'ladi? Kanalda e'lon qilinadimi?
Iltimos ingliz tilidan ham olimpiada otkazinglar 9 10 11 larga har safar otkazarmikansiz deyman Lekin faqat matematika VA fizikadan boladi. Hokim olimpiadasiga ham ingliz tilini qoshsa bolmaydimi
Ibragimov Otabek
Assalomu aleykum Hokim olimpiadasining 2 mavsumida 9-sinflarni qo'shsangizlar iltimos
RA'NO
Assalom aleykum Hokim olimpiaasida 9- sinflar qatnashadimi yoki yo'qmi?
Allahım, her hayırlı işte bana yardım et 🤲
Assalomu alaykum Hokim olimpiadasi biologiya fanidan qachon bo'ladi
Allahım, her hayırlı işte bana yardım et 🤲
Katta rahmat
Ibragimov Otabek
Assalomu aleykum hokim olimpiadasining bu galgi mavsumida 9-sinflar eshtirok eta oladimi
RA'NO
Assalom aleykum 17-mayda boladigan biologiya hokim olimpiadasida 9- sinflar qatnshadimi?