Давлат дастури лойиҳаси:
Ишсиз аҳолини тадбиркорликка ва ўзини ўзи банд қилиб ишлаш фаолиятига жалб қилиш мақсадида
7 миллион сўмгача субсидиялар бериш таклиф қилинмоқда.
Субсидиялар асосан “Темир дафтар”, “Аёллар дафтари” ва “Ёшлар дафтари”га киритилган фуқароларга фаолиятини бошлаш учун керак бўлган асбоб-ускуна, меҳнат қуроллари харид қилиш учун йўналтирилиши кўзда тутилган.
👉 @xushnudbek 👈
Subsidiya (lot. subsidium — yordam, nafaqa, qoʻllabquvvatlash) — davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar mablagʻlari yoki maxsus fondlardan jismoniy va yuridik shaxslarga, mahalliy organlarga, boshqa davlatlarga beriladigan pul mablagʻi yoki natural shaklidagi yordam. Mablagʻlar koʻrinishidagi aniq manzilli S.lar bevosita S, soliq yoki boshqa imtiyozlarni joriy etish bilvosita S. deb ataladi. S. davlat tomonidan qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladi. S.lar iqtisodiyotni diversifikatsiyalash (tarkiban oʻzgartirish), eksportimportni muvozanatlab turish, fantexnika yangiliklarini oʻzlashtirishni yoʻlga qoʻyish, milliy sanoatni oʻstirish, ayrim hududlarni rivojlantirish, konversiya va boshqa maqsadlarda ajratiladi. Jahon bozoridagi narxni ushlab turish uchun bozorga qoʻshimcha tovarlarni chiqarmaslik zarur boʻlganda davlat oʻz tovarlarini zaxiraga oʻtkazib turgan firmalarga S. berib, tovarlarni saqlab turish harajatlarini qoplaydi. Davlatning iqtisodiy dasturlarida ishtirok etadigan korxonalar ham S. oladi.