Давлат дастури лойиҳаси:

Ишсиз аҳолини тадбиркорликка ва ўзини ўзи банд қилиб ишлаш фаолиятига жалб қилиш мақсадида 7 миллион сўмгача субсидиялар бериш таклиф қилинмоқда.

Субсидиялар асосан “Темир дафтар”, “Аёллар дафтари” ва “Ёшлар дафтари”га киритилган фуқароларга фаолиятини бошлаш учун керак бўлган асбоб-ускуна, меҳнат қуроллари харид қилиш учун йўналтирилиши кўзда тутилган.


👉 @xushnudbek 👈

152 comments

Show 89 more comments
Барногул
Necha % kreditlar bor. Shu haqida yozing. Qishloqlarga, Kottahokim, kichik hokimlar umuman qaramaydi. Qishloqlarda ishsizlar ko'p, biznes qilay desa, eshagidan tushovi qimmat. Oilalar zo'rg'a bolalar puliga kun kechirib turgan edi. Mehnat birja kimga ish topib bergan, eshitmaganman. Hesh bo'lmasa 2 yosh pulini olishda bantlik so'ralmasin. Qishloqlarga it ham qaramaydi. Maktabigayam, bozorigayam, aholisigayam. Rasvo.
G'olibjon
Taklif yaxshi ammo yetarli mablag' bilan ta'minlash kerak, har bir ish boshlash arafasidagi yoshlarga eng kami 10 millyon ketishi va undanda ko'p bo'lishi mumkin. Beriladigan mablag'ning ko'paytirish kerak
Shuhrat ....
Bu pullar bu daftardagilarga berilsa 5% beriladi, qolgani qo'shtirnoq ichidagi kattalarga tegadi.
Ayollar daftari Temir daftar umuman bo'lmagan g'oya sababi korupsiya kuchayadi xolos kambag'allik qatlami ozaymidi 7million berish xam kerak emas sababi shu pulni oladi aholi extiyojiga foydalanadi lekin biror asbob uskuna olmidi bu xuddi tovuq bilan mol singari yemagan ggoya bo'ladi shu pullarga korxona yoki biror ish o'rni yarataddigafabrika qurush kerak shunda bir tumandan 700tacga ayol ish bilan taminlanadi va xar oy oyligi bo'ladi va qisman kambag'allik qisqaradi oyliginj 2yarim million qilish kerak o'rtacha oylikdi
Shuhrat ....
Bu qilinayotgan ish katta hato shunchaki pullarni havoga uchurish bo'ladi, sababi u pullar o'z egalariga bormeydi. Axir mantiqan o'ylab ko'ring subsidiya(qaytarib olinmeydiga pul), hatto qaytarib beriladigan kreditlarni o'g'irlashadi bu pullarga teginishmeydimi. Bu mening fikrim hatto bo'lsa ayting!
Shuhrat ....
Karalevani: gapiga 100% qo'shilaman ularni ish bilan taminlash uchun ishlab chiqarishni rivojlantirish kerak, ana o'shanda bu ham davlatga ham xalqga foydali bo'ladi
Umumiy gap...
Demak bizda barcha turdagi kreditlar olishda bir qancha qog‘ozbozliklar vujudga kelib ulgurgan. Shuni raqamli yaxlit bir qolipga solish kerak ya‘ni soddalashtirish kerak. Kreditni olishga kelgan fuqaro hoh naqd, hoh plastik qaysi turda bo‘lmasin kreditni yarim yoki bir ish kunida uzog‘i bilan uch ish kunida hal etishi lozim. Xalq ichida g‘oyasi yaxshi insonlar juda ham ko‘p faqat ularni moddiy qo‘llash kerak. O‘zlarida g‘oya va tadbirkorlik yunalishini o‘zlari tanlashlari lozim. Shundagina ishsizlik va kambag‘allik asta sekin yo‘qoladi..
Бир савол бермокчийдим хушнут укиб колар. Ахоли саломатлиги учун тиббий карталар таркатляпти экан 10000 сум дийишди ростми ёки бу фирибгарларми агар рост булса 10 минги йуклар темир дафтардагилар саломатлиги мухим эмасми. Уйимизга олиб келишди нархи 10 минг экан.
☆☆Sardor ☆☆
Temir daftarga qay darajadagi oilalar kiritiladi ozi malumot beringlar iltimos
Хушнудбек ака телефон килинг +998933260232
Темир дафтардагилар куриб чикилсин темир дафтарда кимлар бор эхтиёжманд оилаларми ёки бойларми
Shuhrat ....
To'g'ri oyliklarni ham oshirsa bu ishlab chiqarishni o'sishiga ham yordam beradi. Bunga misol uchun meni oyligim 1mln uni men zo'rg'a ro'zg'orga yetkazaman 10 oldin olgan televizordan hali foydalanam, agar shu oyligim 3mln bo'lsa 10yil emas 2yilda televizorni yangileyman bu ham ishlab chiqarishni o'sishiga va tovar aborotiga tasir qiladi, chunki zavodda yiliga 100minta emas 500mingta televizor chiqariladi, bu ham bitta oddiy misol.
Tarixga nazar tashlasak Italiya bosh vaziri bo'lgan 1900-1914yillarda Jolitti shundey fikrni aytgan "Sanoat taraqqiyoti tepasida ish haqi yuqori bo'lgan davlatlar turadi"
Yana bir Katta KARRUPSIYA boshlanarkanda😔
Akmal Kosimov
Hamma ham tadbirkor bo'la olmaydi. Tadbirkorlik oson ish emas. Bu katta tavakkalchilik degani.Ko'pchilik odam oddiy ishda ishlab oila boqishni hohlaydi. Shuning ushun bu kam foizli kreditlar hozirda faoliyat ko'rsatayotgan tadbirkorlarimizga berishimiz kerak, ular yangi ish joyini yaratishadi. Tadbirkor doim izlanishda bo'ladi, bunga esa pul kerak . Demak hammani yoppasiga tadbirkor qilish hato fikr menimcha.
Boʻmedi,shu ish ham tanish bilish, korrupsiya oʻchogʻi boʻladi
Тадбиркорлик яхши бу турли хил. буни темир дафтардагилар кандай эплай оларди. Улар жуда тортинчок базилари вахимачи базилари гурбатчи базилари жуда содда уларни Тепадашилар тушунган холда бирорта катта тадбиркор бошлаб берсин улар ишласин пул шунда хайф кетмайди. Чанкаган инсон сувлокдан куркади дийишадию бунда бир дунё мано бор. Чунки катта тадбиркорларни хурмат киламан улар тажрибали ухлашмайди Бир тадбиркор кушним укамни ишга олган узи эхсон килиб турарди биз отасиз усганмиз аста секин онамнинг оиласи темир дафтаодан чикаяпти. Катта катта ишхоналар курулсин хусусий Бог, шифохона фабрика цехлар. Камбахаллар ишли булса зур булади. Пул таркатиб булмайди камбахал пул топса жой топмайди деган макол бор
Хушнуд Тошматов
Уринли таклиф,лекин кармок берилгани билан хамма хам балик тута олмайди.Балик тутишни ургатиш хам керак.Бу мени фикрим.
Show next 42 comments