Oflayn olimpiada haqida qo‘shimcha ma'lumot!
Ertangi olimpiadada
3-4 sinf o‘quvchilari uchun
Prezident maktablari imtihonining asosiy bosqichidagidek
tanqidiy fikrlash va muammoli masalalardan 40 ta test beriladi. Testlar
Cambridge Assessment Admissions Testing tashkiloti standartida. Nafaqat savollar, balki
javoblar varaqasi ham haqiqiy imtihondagidek bo‘ladi. Shu sababli o‘quvchilarimizdan o‘zlari bilan
qalam olib kelishlarini iltimos qilamiz.
❗️Boshqa (1, 2, 5, 6, 7, 8) sinf o‘quvchilari uchun odatiy usulda olimpiada o‘tkaziladi.
Olimpiada natijalari o‘sha kunning o‘zida tekshirilib, taqdirlash ham shu kunning o‘zida bo‘lib o‘tadi.
Olimpiada grafigi bilan tanishgan holda kelishingizni maslahat beramiz. Uzoqdan kelolmaydiganlar uchun
khiso.uz saytimizda
onlayn olimpiada (xuddi shu savollardan) o‘tkaziladi.
Oflayn olimpiada - haqiqiy atmosferani his qilishni istaganlar uchun!P.S: Yana ko‘p berilgan savollardan biri, SQB MATH OYMPIAD finali qachon bo‘ladi? Ko‘pchilik kelishiga imkon yaratish maqsadida 17-iyun (shanba) kuniga rejalashtirilmoqda.
Faqat 3-4 sinflarda (oldin ularda ham boʻlgan rus tilida) bu safar oʻzbek tilida. Chunki imtihonda rus tili yoʻq.