This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat hokimi olimpiadasining 3-turi o‘tkazildi!

Olimpiadaning 3-turi Yangibozor tumanida matematika (5-6 sinf va 7-8 sinf) va biologiya fanlaridan (7-8 sinf) o‘tkazildi. Jami 300 ga yaqin o‘quvchilar bilimlar jangida kurash olib borishdi.

G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlanadi.

Umumiy natijalar bilan ushbu havola orqali tanishingiz mumkin.

Olimpiada 2023-yil davomida viloyatning barcha tuman va shahar hokimliklari homiyligida har oyda muntazam ravishda viloyat miqiyosida o‘tkaziladi.

Yil yakunida esa "Viloyat hokimi kubogi" o‘tkaziladi.

Olimpiadaning keyingi turi 8-aprel kuni Xonqa tumanida matematika va fizika fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

19 comments

Show 4 more comments
Zulfiya
Ассалому алайкум Ташкилотчиларга катта рахмат ишларингизга омад.Фарзандларимиз келажакда юртимиза нафи тегадиган кадрлар бб етишишини истайман.
1-turda matematika fanidan 7-8- sinflar alohida alohida taqdirlangan edi... 3-turda 7-8-sinflar uchun taqdirlash alohida ajratilmadi... Bu holatda 7-sinflar òrin olishi qiyin bòlib qoladiku... Taqdirlashni alohida ajratishni iloji yóqmi???
G'ayrat Rustamovich
1-turda matematika fanidan 7-8- sinflar alohida alohida taqdirlangan edi... 3-turda 7-8-sinflar uchun taqdirlash alohida ajratilmadi... Bu holatda 7-sinflar òrin olishi qiyin bòlib qoladiku... Taqdirlashni alohida ajratishni iloji yóqmi???
Ana shu vaqtda aytildi: Bu 1-tur navbatdan tashqari. Faqat matematikadan va 7-8 sinflarga, shuning uchun alohida-alohida. Buyogʻiga bunday boʻlmaydi deb.

1. Nizomda umumiy boʻladi deyilgan.
2. Kecha ham aytdik, bizning maqsad xalqaro olimpiadaga tayyorgarlik. Xalqaro olimpiadalarda sinflar qoʻshib oʻtkaziladi.
xokim Olimpiadasida tushgan misollarni qaysi guruhda berilib boryapdi
Xosiyat Shavkatovna Rahmonova
Sovrin olgan o'quvchilar keyingi turlarda qatnashmaydimi?
Izzatoy Jumaniyozova
Assalomu alaykum shu olimpiadalarni hammasini Urganchda o'tkazsa bo'lmaydimi?
Sinflar kesimida alohida taqdirlash oʻtkazilsa maqsadga muvofiq boʻlar edi.
Oʻtkazilgan olimpiada yechimlarini qaysi kanallardan olish mumkin
Olimpiada nizomi guruhingizda tashlab qoʻying.
Har olimpiadada ishtirok etish uchun tuman bosqichi oʻtkazilishi kerakmi,
Yaʼni viloyat bosqichida qatnashish uchun,shunga aniqlik kiritsangiz
Xonqa tumanida 8-aprelda boʻladigan olimpiada uchun saralash bosqichi qachon oʻtkaziladi
Hech kim javob bermadi, savollarga
Saralash bosqichi ham bo'ladimi?
8-aprel yaqinlashib qoldi saralash bosqichi qachon oʻtkaziladi