Кўпчилик яқинда старт берган Metsenat.uz лойиҳамиз ҳақида сўраётгани учун яна бир бор батафсилроқ маълумот бериб ўтмоқчиман.

Тўғри, бироз узунроқ аудио бўлди, лекин имконингиз бўлганда эшитиб қўйсангиз, хурсанд бўлар эдим.

Яна бир бор саховатпеша меценатларни ҳамкорликка чорлаб қоламиз.

Фикр-мулоҳаза ва таклифлар бўлса, изоҳларда қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

89 comments

Show 36 more comments
Gap yoq Xushnudbekakaga
SHERZODBEK
Ассаму алейкум рахмат метсенат бойича тушинмаядкан едим рахмат сизга !
Nargiza Karimova
Bu loyiha menga umid berdi.
Loyiha asoschilari va ishtirokchilari rahmat sizlarga .
Nargiza Karimova
Universitetdan ma'lumotnoma olib kelishga imkonim yo'q.Shartnoma qog'ozini ko'rsatsak bo'lmaydimi
Salom! Meni savolim bor edi anketa tõldirilgandan keyin tahrirlab bõpmas ekan ya'ni qõshimcha ma'lumotlar hujjatlar qõshib bõlmas ekan bu nima uchun
Assalomu alaykum hammaga! Juda yaxshi loyiha bo'libdi. Bir fikr bor edi. Ayrim talabalarga metsenatlar kredit bersa yaxshi bo'lardi. Talabalar banklarga murojat qilishganida sarson bo'lishadi. Agar shuni iloji bo'lsa bir ko'rib chiqishlaringizni iltimos qilardik. Ayrim oilalarda kontrakt oylik maoshdan to'lanadi. Lekin bu bir oyda 50% kontraktni to'lashga yetmasligi mumkin. Shunda ayrim talabalarga yengillik bo'lardi.
Assalomu aleykum Xushnudbek yaxshimisiz ? Tojikistonga o'qishga kirgan talabalar har 10 kunda yo ishi bitmasa borib kelishiga to'g'ri kelayabdi.Chegara postlarida kovid un testni 200 ming so'mga qilinayabdi.Bu hozirgi sharoitda abuturiyent va talabalar un anchagina qimmatga tushayabdi.Yana mani hayron qoldirgan narsa Tojikistonda ushbu testni 50 ming sum evaziga olishyabdi.Bundan tashqari tàlabalar borib kelish,kvartira xarajatlari ham bor.Har o'tganda 200 ming to'lashga qurbi yetmaydigan talabalar ham ancha.O'zim guvohi bo'ldim.U yerda qabul jarayonlari bizdagidek tartibli tashkillashtirilmagan.Borganlar bir-birlarini vaqtini o'g'irlashib oqibatda 1 haftalab ham qolib ketishdi.Va yana xarajat ustiga xarajat...etmoqchi bo'lganim shu test narxi nega buncha qimmat ? A qo'ahni respublika sog'liqni saqlash tizimi vakillari bizdan ancha arzon olishyabdiku.Bu qanchalik asosli ???
Nargiza Karimova
Universitetdan olingan shartnoma blankasi ma'lumot uchun o'tadimi.
O'g'lim 2- kurs
Iltimos aytib yuboringizlar.Men topshirolmay turibman.
Assalomu alaykum yaxshilar .O'qish joyini tasdiqlash degan joyiga talabalik guvohnomasi yetadimi🙃 yo boshqa narsani jo'natish kerakmi?
Assalomu alaykum hammaga men so‘ralgan malumotlarni joyladim endi ariza ha. Yozish kkmi
Dilnoza Radjabova Ziyodilloyevna
Assalomu alekum Xushnudbek.Meni egiz õģillarim shartnoma asosida õqiydi.Nazarov Tohir va Nazarov Zohir.Õqituvchi bõlib ishlayman.Maoshim 1.mln 400 .Yetkaza olmayapman.Iltimos yordam bering.
Gallaktikos &
Zor loyiha ishlarizga rivoj
Assalom-u alaykum Xushnudbek aka loyihaga gap yo'q men o'zim Türkiye davlatida ta'lim olaman, bu yerda shunaqa medsenet loyihasi bor nomi medsenetmasu lekin Tadbirkorlar, Biznesmenlar, Tashkilotlar shunaqangi talabalarga yordam berishadi, bularda BURS deyishadi uni oylik stependiya, yillik kontrakt shularni to'lashga ko'proq stependiya berishadi chunki bu yerda davlat üniversitetlarida kontraktlar judayam arzon o'zlarini talabalari uchun, deyarli yo'q desayam bo'ladi. Men Xalqaro İqtisodiyot va Biznes o'qiyman inshallah o'qishlarimni bitirip vatanimizga qaytsam bu loyihaga qo'limdan kelgancha hissamni qo'shaman, Medsenetlik qilaman inshallah Ollohni o'zi yetqizsin, Ollohning izniyle!
Assalomu alaykum juda ham ajoyib loyiha.
Menda bir savol bor edi bu loyiha faqat OTM lar talabalar uchunmi yoki ABITURIYENTLAR ga ham amal qiladimi?
Assalomu alaykum, juda foydali va savobli loyiha. Shunday ishni kimdir qachondir qilishi kerak edi. Bu siz bo'lganizdan hursandman. Rahmat sizga.
Show next 32 comments