⚡️Ўқишни кўчириш (тиклаш) истагини билдирган фуқаролар диққатига!

2020/2021 ўқув йили учун ОТМларга ўқишини кўчириш (тиклаш) истагини билдирган фуқаролардан аризалар (ҳужжатлар) transfer.edu.uz портали орқали онлайн қабул қилинмоқда. Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги онлайн аризаларда йўл қўйилаётган энг кўп камчиликлар ҳақида маълумот берди.

❗️Қабул қилинган аксарият ҳужжатлар қуйидаги сабабларга кўра камчиликларни тўғрилаб, қайта юбориш учун қайтарилмоқда:

👉 паспорт нусхаси (доимий яшаш манзилига рўйхатга қўйилган бети билан бирга) тўлиқ ёки сифатли юкланмаган (зеро ўқишни кўчириш тўғрисидаги мурожаатларни кўриб чиқишда талабанинг доимий яшаш манзили асословчи сабаблардан биридир);

👉 ОТМда ўқиётганлик (ўқиганлик) тўғрисидаги белгиланган шаклдаги ҳужжат (академик маълумотнома ёки рейтинг дафтарчаси ёки транскрипт) нусхаси тўлиқ ёки сифатли юкланмаган;

👉 ўқиган (ўқиётган) ОТМ ёки таълим йўналиши номи тўлиқ киритилмаган;

👉 мавжуд бўлмаган ОТМ ёки таълим шакли ёки таълим йўналишига кўчириш бўйича рўйхатдан ўтилган.

❗️Ўқишини кўчириш (тиклаш) бўйича рўйхатдан ўтаётган фуқароларнинг юқоридаги ҳолатларни инобатга олишлари сўралади.

‼️
Ўқишини кўчириш (тиклаш) бўйича рўйхатдан ўтган аммо аризалари дастур орқали рад этилган фуқаролардан қайд этилган камчиликларни қисқа муддатда бартараф этган ҳолда камчиликларни тўғирлаб қайта жўнатишлари ўтишлари сўралади.

⚠️Шу билан бирга, рўйхатдан ўтган фуқаролардан ўзларининг шахсий кабинетларига кириб (рўйхатдан ўтишдаги логин ва парол орқали) аризаларининг кўриб чиқилиш ҳолатларини доимий кузатиб боришлари сўралади.

✅ Эслатиб ўтилади:
ўқишни кўчириш (тиклаш) бўйича рўйхатдан ўтишнинг сўнги куни 2020 йил 5 август.


👉 @xushnudbek 👈

1150 comments

Show 100 more comments
祖克 1997
Jumayeva
unda siz o‘zimizdan qaysi unverga o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lsangiz o‘sha unverga murojaat qilsangiz kk manimcha
nima uchun? ozgincha malumot berivorin iltimos.manda faqat uqiyotganlik haqida spravka va student karta bor.ammo uni bolmaydi deyishdi
Jumayeva
kim
Siz òqiwni kocirdim dediz xali qaror ciqmagandir yoki qaror xam ciqdimi
Muzaffarjon
Salom barchaga. Nima uchun hali ham 2020-yil turdosh yo'nalishlar royhati chiqqani yoq?
祖克 1997
Jumayeva
kim
2 kun oldin ariza topshirgandim.bugun javobi keldi.sizda shu kamchiliklar deb😔
Hujjat nusxalarini qayerga yuklanadi? Mendan yuklash soralmadiku. Kim shu borada mutaxasis. Yordam qilinglar
assalomu aleykum meni arizamni ham qabul qilishmabdi.qaytadan to`ldiryapman kunduzgi talimdan sirtqi talimga o`tkazib bo`lmayapti ya`ni saytda sirtqi degan joyni bosganimdan so`ng yo`nalishalarni ko`rsatmayapti yordam beringlar nima qilish kerak?
祖克 1997
Jumayeva
reyting daftarchani yo‘q deb keldimi
ha.reyting daftarcha yoki akademik hujjatni kiriting deb keldi
assalomu aleykum meni arizamni ham qabul qilishmabdi.qaytadan to`ldiryapman kunduzgi talimdan sirtqi talimga o`tkazib bo`lmayapti ya`ni saytda sirtqi degan joyni bosganimdan so`ng yo`nalishalarni ko`rsatmayapti yordam beringlar nima qilish kerak?
Umidjon Atakhanov
Men O‘sh mamlakati universitetiga o‘qish uchun xujjatlarimni topshirgan edim. Ammo 17-iyul kuni Edu.uz saytida masofaviy talim olayotgan talabalar o‘qishni ko‘chira olmaydi deb post qoldiribdi. Endi men o‘shda o‘qish boshlansa albatta hamma OTM lar qo‘llaganidek O‘shDU ham masofaviy ta‘limga o‘tadi. Bundan ko‘rinib turibdiki qishki ko‘chirish paytida men o‘qishni ko‘chira olmayman ekan. Xup shunday bo‘lsa bu Edu.uz da ko‘rsatilgan post. qaysi normativ huquqiy xujjat asosida tasdiqlangan qaror. Shunga oydinlik kiritib bersanggiz iltimos
Assalomu aleykum manga transfer.edu.uz saytidan tasdiqlovchi kod kelmadi qande olsam boladi?
Ta’lim tilini uzgartirsa ham boladimi? Qayerga belgilayman uni?
祖克 1997
ha.reyting daftarcha yoki akademik hujjatni kiriting deb keldi
ha bu sizda yo‘q .olishni ham iloji yo‘q to‘g‘rimi .shuning uchun qaysi Unverga o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lsangiz shu sabablarni ko‘rsatib ariza bn murojaat qilsangiz kk .va hozir o‘qiyotgan unverizdan ham haqiqatan o‘qiydi degan ma‘lumot kk bo‘lsa kk
Show next 100 comments