⚡️Ўқишни кўчириш (тиклаш) истагини билдирган фуқаролар диққатига!

2020/2021 ўқув йили учун ОТМларга ўқишини кўчириш (тиклаш) истагини билдирган фуқаролардан аризалар (ҳужжатлар) transfer.edu.uz портали орқали онлайн қабул қилинмоқда. Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги онлайн аризаларда йўл қўйилаётган энг кўп камчиликлар ҳақида маълумот берди.

❗️Қабул қилинган аксарият ҳужжатлар қуйидаги сабабларга кўра камчиликларни тўғрилаб, қайта юбориш учун қайтарилмоқда:

👉 паспорт нусхаси (доимий яшаш манзилига рўйхатга қўйилган бети билан бирга) тўлиқ ёки сифатли юкланмаган (зеро ўқишни кўчириш тўғрисидаги мурожаатларни кўриб чиқишда талабанинг доимий яшаш манзили асословчи сабаблардан биридир);

👉 ОТМда ўқиётганлик (ўқиганлик) тўғрисидаги белгиланган шаклдаги ҳужжат (академик маълумотнома ёки рейтинг дафтарчаси ёки транскрипт) нусхаси тўлиқ ёки сифатли юкланмаган;

👉 ўқиган (ўқиётган) ОТМ ёки таълим йўналиши номи тўлиқ киритилмаган;

👉 мавжуд бўлмаган ОТМ ёки таълим шакли ёки таълим йўналишига кўчириш бўйича рўйхатдан ўтилган.

❗️Ўқишини кўчириш (тиклаш) бўйича рўйхатдан ўтаётган фуқароларнинг юқоридаги ҳолатларни инобатга олишлари сўралади.

‼️
Ўқишини кўчириш (тиклаш) бўйича рўйхатдан ўтган аммо аризалари дастур орқали рад этилган фуқаролардан қайд этилган камчиликларни қисқа муддатда бартараф этган ҳолда камчиликларни тўғирлаб қайта жўнатишлари ўтишлари сўралади.

⚠️Шу билан бирга, рўйхатдан ўтган фуқаролардан ўзларининг шахсий кабинетларига кириб (рўйхатдан ўтишдаги логин ва парол орқали) аризаларининг кўриб чиқилиш ҳолатларини доимий кузатиб боришлари сўралади.

✅ Эслатиб ўтилади:
ўқишни кўчириш (тиклаш) бўйича рўйхатдан ўтишнинг сўнги куни 2020 йил 5 август.


👉 @xushnudbek 👈

1150 comments

Show 100 more comments
Transkripni olosh uchun Qozoq oʻqituvchilar 100 AQSH dollari soʻrayapti
Assalomu alaykum. Hushnud aka ming bor uzr, mavzudan tashqari izoh yozyapman. Sizni tashabbuslariz bilan stipendiga muammosi qisman bòlsada yechim topdi. Yana bir narsani kòtarib chiqishizni iltimos qilgan bòlardim. Bu OTM lardagi masovaviy ta'lim uchun tòlayotgan shartnoma summalari masalasi.
Nega online ta'lim uchun ham odatdagidek tòlashimiz kerak. Ayniqsa karantin vaqtida aholi daromadlari pasayganku.
Bu yetmagandek avgustdan shartnoma miqdori mos ravishda oshirilishi haqida gaplar eshtyapmiz
Unknown_2112
Khaydarov_H 👨‍🎓🏛️
Manimcha institut bilan qilgan shartnoma varaqangizni joylaysiz, chunki asos bo'luvchi qo'shimcha hujjat deyilganku
Asos bo‘luvchi hujjatga sababizni isbotlaydigan hujjat kiritiladi institutdan faqat zachotkani Pdf formati bo‘lsa bo‘ldi shuni o‘zi yetadi
Махлиё 🌹
Hujjatlar qabul qilindimi Yoki yo'qmi qayerdan bilsak bo'ladi shu savol ko'pchilikni qiynayapti ayanan.Shu savolga javob yozinglar undan ko'ra qayerga nima deb SMS keladi masalan mening kabinentimga hech nima deb SMS kelmagan faqat ariza yuborildi deyilgan aynan shu mavzuni yoritinglar iloji bo'lsa
A.Z A.Z
Dekabr oyida oqishni kochirib boladimi
Bizga bir masalada huquqiy yordam bersangiz, mening ukam bu yil 1-kurs 2-semestrda qo'shni respublikadan(Qozog'istondan)o'qishini ko'chirib keldi.Ammo uni sirtqi bo'limga qabul qilishdi. 2-kursdan kundizgi bo'limga o'tkazmoqchi bo'lsak, buning imkoni yo'q, uning buyrug'i chiqmadi degan vaj ko'rsatilmoqda, vaholanki, to'lov-kontrakt tuzib, shartnoma pulini ham to'lab bo'ldik,2-semestr uchun.
Magistraturaga hujjat topshirib beramiz. Bog'lanish uchun @hulio94 ga murojaat qiling. Xizmat pullik.
Jamshid Benazirchik
A_N_V_A_R_J_O_N
Mana buni bir kuring
Ha manda shunday bo'layabdi
Ahmedova_M
Assalomu alaykum Xushnudbek aka perevod bo'yicha ariza topshirganimizda o'qigan yo'nalishimizni nomini yozsak ertasiga yo'nalish nomi raqamga o'zgarib qolgan qayta tahrirlasak yana shunday bo'lyapti.Edu uz bn aloqaga chiqolmadik chunki raqamlari doim band .Shu yuzasidan nima qilishni maslahat berasiz o'zimiz o'qiyotgan universitetimiz ham bu masala yuzasidan yordam bermayapti .Iltimos shu haqda malumot bilib berolasizmi nimaga yo'nalish o'rniga raqam chiqib qolyotgani to'g'risida
Ahmedova_M
Shu haqida hammadan so'radim lekin hech kim aniq malumot bermayapti vazirlikdan so'rang deyishdi buni esa iloji yo'q
Муниса
Assalomu alekum
Men o'qishni ko'chirish bo'yicha ariza topshirgandim. Ariza yuborildi yozuvi chiqdi, uning pastida kiritgan ma'lumotlarim ham ko'rsatilgan, faqat pasport nusxasi, akademik ma'lumotnoma va asos bo'luvchi qo'shimcha hujjatlarni men jpg formatda yuborgandim (mavjud emas) "qiymatlanmagan" bo'lib chiqyapti.Shunga nima qilsam bo'ladi?
Ассалому алайкум. Иккинчи мухасислик буйича низом буйича аллакачон кабул бошланиши керак эди.нима сабабдан кечикяпти.
Иккинчи мутахасисликка кабул нимага кечикяпти.
Assalomu alaykum Magistraturaga online dokument topshirgandim dokumentlarimni qabul qilib tasdiqlashgan. U dokumentni bekor qilib boshqasiga topshirsam boaldimi?
Xushnudbek aka topshirayotgan arizamiz faqat bir ta'lim yunalishiga topshirish mumkinmi boshqa ta'lim yunalishiga topshirib bulmaydimi. Misol uchun Muhandis texnika fakultetidan Iqtisod yunalishigami topshirish mumkinmi yuqmi shu haqda ham ma'lumot berib uting iltimos
Assalomu alaykum Xushnudbek aka man òqishimni institutdan unversitetga kòchirmoqchi edim lekin universitetda yònalishim ham turdosh yònalish ham yòq ekan,agar bironta yònalishga perevod yozsam chiqadimi.agar kòchirmasam molyaviy tomondan qiynalyapman shuning uchun ozimizni viloyatga kòchirmoqchiman iltimos shu savolga jovob berib òting.
Show next 100 comments