⚡️Ўқишни кўчириш (тиклаш) истагини билдирган фуқаролар диққатига!

2020/2021 ўқув йили учун ОТМларга ўқишини кўчириш (тиклаш) истагини билдирган фуқаролардан аризалар (ҳужжатлар) transfer.edu.uz портали орқали онлайн қабул қилинмоқда. Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги онлайн аризаларда йўл қўйилаётган энг кўп камчиликлар ҳақида маълумот берди.

❗️Қабул қилинган аксарият ҳужжатлар қуйидаги сабабларга кўра камчиликларни тўғрилаб, қайта юбориш учун қайтарилмоқда:

👉 паспорт нусхаси (доимий яшаш манзилига рўйхатга қўйилган бети билан бирга) тўлиқ ёки сифатли юкланмаган (зеро ўқишни кўчириш тўғрисидаги мурожаатларни кўриб чиқишда талабанинг доимий яшаш манзили асословчи сабаблардан биридир);

👉 ОТМда ўқиётганлик (ўқиганлик) тўғрисидаги белгиланган шаклдаги ҳужжат (академик маълумотнома ёки рейтинг дафтарчаси ёки транскрипт) нусхаси тўлиқ ёки сифатли юкланмаган;

👉 ўқиган (ўқиётган) ОТМ ёки таълим йўналиши номи тўлиқ киритилмаган;

👉 мавжуд бўлмаган ОТМ ёки таълим шакли ёки таълим йўналишига кўчириш бўйича рўйхатдан ўтилган.

❗️Ўқишини кўчириш (тиклаш) бўйича рўйхатдан ўтаётган фуқароларнинг юқоридаги ҳолатларни инобатга олишлари сўралади.

‼️
Ўқишини кўчириш (тиклаш) бўйича рўйхатдан ўтган аммо аризалари дастур орқали рад этилган фуқаролардан қайд этилган камчиликларни қисқа муддатда бартараф этган ҳолда камчиликларни тўғирлаб қайта жўнатишлари ўтишлари сўралади.

⚠️Шу билан бирга, рўйхатдан ўтган фуқаролардан ўзларининг шахсий кабинетларига кириб (рўйхатдан ўтишдаги логин ва парол орқали) аризаларининг кўриб чиқилиш ҳолатларини доимий кузатиб боришлари сўралади.

✅ Эслатиб ўтилади:
ўқишни кўчириш (тиклаш) бўйича рўйхатдан ўтишнинг сўнги куни 2020 йил 5 август.


👉 @xushnudbek 👈

1150 comments

Show 100 more comments
Ahmedova_M
Shu haqida hammadan so'radim lekin hech kim aniq malumot bermayapti vazirlikdan so'rang deyishdi buni esa iloji yo'q
Муниса
Assalomu alekum
Men o'qishni ko'chirish bo'yicha ariza topshirgandim. Ariza yuborildi yozuvi chiqdi, uning pastida kiritgan ma'lumotlarim ham ko'rsatilgan, faqat pasport nusxasi, akademik ma'lumotnoma va asos bo'luvchi qo'shimcha hujjatlarni men jpg formatda yuborgandim (mavjud emas) "qiymatlanmagan" bo'lib chiqyapti.Shunga nima qilsam bo'ladi?
Ассалому алайкум. Иккинчи мухасислик буйича низом буйича аллакачон кабул бошланиши керак эди.нима сабабдан кечикяпти.
Иккинчи мутахасисликка кабул нимага кечикяпти.
Assalomu alaykum Magistraturaga online dokument topshirgandim dokumentlarimni qabul qilib tasdiqlashgan. U dokumentni bekor qilib boshqasiga topshirsam boaldimi?
Xushnudbek aka topshirayotgan arizamiz faqat bir ta'lim yunalishiga topshirish mumkinmi boshqa ta'lim yunalishiga topshirib bulmaydimi. Misol uchun Muhandis texnika fakultetidan Iqtisod yunalishigami topshirish mumkinmi yuqmi shu haqda ham ma'lumot berib uting iltimos
Assalomu alaykum Xushnudbek aka man òqishimni institutdan unversitetga kòchirmoqchi edim lekin universitetda yònalishim ham turdosh yònalish ham yòq ekan,agar bironta yònalishga perevod yozsam chiqadimi.agar kòchirmasam molyaviy tomondan qiynalyapman shuning uchun ozimizni viloyatga kòchirmoqchiman iltimos shu savolga jovob berib òting.
Assalom alekum Xushnudbek aka oqishi kochirish boyicha Qoshni davlatdagi yani Hozir talim olyotgan oliygohni nomini tòliq yozish kerimi yo qisqartirilgan yozsa ham boladimi bilganla javob bervorsin iltimos
Assalomu aleykum Xushnud aka. Men singlimni o'qishini ko'chirmoqchi edim. Andijondan Qoraqalpog'istonga (turmushga chiqqanligi uchun). Lekin 3 kundan buyon xujjat topshirish iloji bolmayapti. Turdosh yonalishlari chiqmayapti. Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filialida o'qiydi. Toshkent davlat agrar universiteti Nukis filialiga ham Nukus davlat pedagogika institutiga ham Qoraqalpog'iston davlat universitetiga ham. 10dan ortiq yonalishga qilib kordik. Foydasi yoq. 3kundan buyon ovoramiz. 5-avgustga ham oz vaqt qoldi. Transfer.edu.uz saytida 712461081 nomerni yozib qoyishibdi. 3 kundan buyon chaqiryapti olishmayapti. Kimga murojat qilsek boladi
Iltimos saytni xatolarini to'g'irlanglar!!!
Shuncha paytdan buyon topshirolmayaypman!!!
Salom o'qishni o'zbekcha dan ruschaga ko'chirsa bo'ladimi
Assalomualaykum yaxshimisiz hormela o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza to‘ldirish paytida meni qiynayotgan 2 ta narsaga oydinlik kiritish kerak shu to‘g‘risida kimdir biladimi qo‘ldan kegancha yordam beringla 1 chi xozir tugatgan qursimni yozamanmi yoki o‘tayotganmi
2 chi asos bo‘luvchi hujjat nima u shunga javob topolmay boshim qotdi oldindan rahmat
Бехруз
Iltimos saytni xatolarini to'g'irlanglar!!!
Aka menda ham xuddi shu axvol dastur ishlamayabdi shekilli iltimos dastur kurib chiqilsin
Man 2015 achisleniya buganman reyting daftarcham yuq reyting daftarchasi dgan joyga nima qilaman
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Salom xushnud aka magistraturaga xujjatim diplom ilovasi 2 mbdan ziyod deb faqat aylanyapti qanday topshirayin
Show next 100 comments