#ykohakamlari

Boyirbekov Ulug‘bek Zayniddin o‘g‘li 2001-yilda Toshkent viloyati Olmaliq shahrida tug‘ilgan. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti 2-bosqich talabasi. Ulug‘bek Boyirbekov odam organizmida boradigan biokimyoviy jarayonlarni o‘rganishga qiziqadi. U 2018-2019-yillarda Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida bronza va kumush medallari, 2019-yilda Xalqaro kimyo olimpiadasida bronza medalni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari Ulug‘bek Boyirbekov sportning taekvondo GTF turi bilan shug‘ullanib keladi, respublika miqyosida bir qancha musobaqalarda g‘olib chiqib Taekvondo GTF yo‘nalishida qizil belbog‘ sohibi bo‘lgan. Boyirbekov Ulug‘bek yosh kimyogarlarga tavsiya sifatida “Muvaffaqiyatga erishish uchun avvalo inson o‘ziga ishonishi kerak va bu ishonchni doim o‘zi bilan olib yurishi kerak. Raqobat kishini kuchli qilishini yodda saqlagan holda harakatdan to‘xtamaslikni” maslahat beradi.

👉 @ykouz

5 comments

Assalomu alaykum. Ajoyibbb☺ qoyil !!! Men ham Mendeleyev olimpiadalarida qatnashmoqchi edim lekin ba'zi sabablarga ko'ra o'xshamadi nasib qilmagan ekan. Lekin tengdoshlarimni yutug'ini ko'rib judayam quvonyapman😊Kelgusi ishlaringizdayam omadlar tilab qolaman. O'zbekiston bayrog'ini Jahon davlatlari orasida yuqorilarga hilpirashi baxtiga muyassar bo'laveringlar🇺🇿
Assalomu alaykum
Toʻgʻrisi hozir bu postni oqib juda hursand boʻldim . Harakat qilgan hamma narsani uddalashiga yana bir bor guvoh boʻldim. Ozim 2002 - yilman. Ulugʻbek akamizga havasim keldi. Ilohim bizga ham shunday yuksak marralarni egallash nasib qilsin . Ulugʻbek akaga muvofaqiyatlari yanayam bardavom boʻlishini tilab qolaman
Rajabova Nilufar
Shunday yoshlar yetishib chiqayotganidan hursandmiz. Bundanam yuksak marralarga erishing.