🟠MEDALLARNI QO‘LGA KIRITING!

Xorazm yo Andijonga kelolmasangiz onlayn qatnashishingiz mumkin😉

💠 Bugun 21-yanvar kuni soat 11:00 dan soat 22:00 ga qadar khiso.uz plaftormasida 1-4 sinf o‘quvchilar uchun mantiqiy matematika olimpiadasi o‘tkaziladi.

✅ Savollar: O‘zbek🇺🇿 va rus🇷🇺 tillarida

➕ Matematika-1 (10 ta savol, 9 balldan)
➕ Matematika-2 (10 ta savol, 15 balldan)
👁‍🗨 IQ test (10 ta savol, 26 balldan)
🏓 Jami: 500 ball

⬇️ Barcha o‘quvchilar sertifikat va ustozlari uchun tashakkurnoma yuklab olishadi.

🖼 Ishtirokiga mos reyting ballar beriladi.

🏅 Yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar medallar bilan taqdirlanadi.

🪙 Har bir ishtirokchiga kitoblarimiz uchun 10% chegirmalar beriladi.

🇺🇿 G‘oliblar "Ulug‘bek izdoshlari" olimpiadasining finali - yozgi maktab-2024 da ishtirok etuvchi nomzodlar ro‘yxatiga qo‘shiladi.

Izoh: Andijon va Xorazmlik o‘quvchilar oflayn olimpiada o‘tkazilishi sababli g‘oliblikka davogarlik qila olishmaydi.

☸️ Testlarning yechimlari youtube kanalimizda tahlil qilinadi.

📌 Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishishni unutmang.

➡️ Qo‘shimcha savollar uchun: @khiso_admin

14 comments

Onlayn ruyhatdan o'tdik. Ishlarizga omad. Ingliz tilidan ham shunaqa onlayn olimpiada savollar o'tkazinglar.
Nodirbek Mamadaliyev
Assalomu alaykum, Andijonda boshqa olimpiada o‘tkazmaslikni tavsiya qilaman. Yoki ishonchli vakillar, tashkilotchilar yuborishni taklif qilaman. Khiso brendiga ishongan holda o‘g‘limni olib bordim. Lekin kuzatuvchi ko‘pchilik bolalarga ochiqchasiga yordam beribdi. Balki o‘z o‘quvchilaridir. Khiso olimpiadalarida umuman bunaqa holat kuzatilmagandi shu paytgacha.

Assalomu alaykum, tinimiz murojaatlar va tashabbuskorlarning 1 yildan buyon taklifi sabab sinov rejimida oʻtkazib koʻrgandik. Iloji boʻlsa (oʻzimiz uchun foyda) rasm yoki video fakt bormi aka, @khiso_admin ga tashlab bersangiz oʻrganib chiqardik. Gapingizni oʻzi oʻylab koʻrishimizga asos boʻladi, lekin fakt ishonchliroq boʻlardi.
Nodirbek Mamadaliyev
S B

Haqiqatan qiziqish va talab o‘ta yuqori. Yuqorida sal keskinlashib ketdi fikrim uzr! Bunday matematikaga qiziqqan xalq bu kabi olimpiadalarga loyiq. Kuzatuvchiga kelsak, o‘g‘lim hozirgina aytib qoldi. Ba'zi bolalarga ba'zi savollar javobini aytib berdi deb qoldi. Ota onalar tashqarida edik. Fakt yo‘q😊🤦‍♂️.
Toshkentdagi olimpiadalarda kuzatuvchilar 'medalingiz soxta bo‘lib qoladi' deb javob berishmasdi deydi😊. O‘g‘limning aytganlari. Lekin o‘zim ko‘rmadim.
Nodirbek Mamadaliyev
Khiso jamosiga ulkan minnatdorlik bildiraman va zafarlar tilayman! Ba'zilar bu nomdan noto‘g‘ri foydalanmasin degan xavotirda yuqoridagi xabarni qoldirdim. To‘g‘ri tushunasizlar🙏
Bugun xoramzda bo'lib o'tgan olimpiyada ham
1sinf bn 2-sinfga bir xil savollar berildi ln Hali 1sinflarda uzunlik o'lchovlari o'tilmadi
1-sinflarga qiyinchilik tug'dirdi.
Yana bir iltmos nazoratli kuchliroq qilinglar ota-onalar bostirin kirishyapti
Ln Olimpiyada tashkilotchilari omad.
Iloji boricha ko'proq o'tkazinglar
MEHR
Bugun xoramzda bo'lib o'tgan olimpiyada ham 1sinf bn 2-sinfga bir xil savollar berildi ln Hali 1sinflarda uzunlik o'lchovlari o'tilmadi 1-sinflarga qiyinchilik tug'dirdi. Yana bir iltmos nazoratli kuchliroq qilinglar ota-onalar bostirin kirishyapti Ln Olimpiyada tashkilotchilari omad. Iloji boricha ko'proq o'tkazinglar
Xorazmda nazorat zotan kuchli. Endi 1-2 gapga tushunmaydigan ota-onalar bor afsus. Bu safardan Milliy Gvardiya bilan shartnoma tuzadigan boʻldik (ota-onalar kirisha olmaydi).

Savollarga kelsa 1-2 sinflarda savol umumiy, lekin natijalar alohida chiqadi. A, B, C darajaga boʻlingan. Albatta C darajadagi savollar qiyinroq.
Ha shunday qilingsangizlar menimcha yaxwi bo'ladi baribir xar xil ota ona bor.
Ln tashabbuslariyizingiza boshlagan ishlariyizga omad.
Sizlarning filialingiz bormi Xorazmda.
Farzandalarimiz matematika va mantiqiyiz savollarga tayyorlanish uchun
Rahmat katta
Yana olimpiadalar kutib qolamiz.
Андижондаги офлайн олимпиада жуда тартибсиз, кичик ва чекка жойдаги мактабда бўлди! Жавоблари чиқишиям кечикиши ота-оналарда khiso га бўлган қизиқишни камайтириши мумкин! Илтимос кейинги сафар имтихонни ташкиллаштирувчидан қаттиқ талаб қилинг Сардор, туман марказидаги сиғими катта маетабда, тартибли имтихон ташкиллаштиришини
Alter Mann

Assalomu alaykum, afsus koʻpchilik shunday e’tiroz qilmoqda. Xatoni haspoʻshlashdan ma’no yoʻq, haqiqatdan tashkilotchilar eplasha olmadi. Umuman olganda 200 tacha odam qatnashadi va bu borada tajribamiz bor deyilgani uchun ishonch bildirgan edik. Keyingi safar yanada mas’uliyat bilan oʻtkazishni oʻzimiz nazorat qilamiz va agar davom etsa oʻzimizning xodimlarimiz borib oʻtkazishda qatnashishadi.

Lekin nima boʻlganda ham boshlab olish muhim edi. Zuhra opa (Andijondan tashabbus koʻrsatgan ustozimiz) katta tavakkalchilik bilan mas’uliyatni boʻyniga olgan edi. Buni alohida e’tirof etishimiz kerak. Lekin, KHISO bu 5 yillik ishonch. Yillar davomida erishilgan ishonchni saqlash oson emas.

Olimpiadalarni vodiyda davom ettirish masalasini va davom etsa tashkilotchilikka jiddiy qarash kunimizning asosiy masalasiga aylandi. Fikringiz uchun rahmat!
Xorazm viloyati da bòlib òtgan khiso olimpiadasi tartibli bòldi deb ayta olaman. Men ilk bor òquvchilarimni bu olimpiadada qatnashtirishim.bunday olimpiadalarni tez-tez bòlishini xohlardim.