Endi qabul 20 iyundan boshlanadiPrezidentning tegishli qaroriga asosan, davlat OTMlariga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn roʼyxatdan oʼtkazish Yagona portal va DTMning rasmiy veb-sayti orqali har yili 20 iyundan 20 iyulga qadar (20 iyul kuni ham), chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʼtkaziladigan bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari boʼyicha esa 10 iyulga qadar (10 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.
Joriy yil ham 5 tagacha yoʼnalish tanlash mumkin, faqat endilikda abituriyent turli taʼlim shaklini (
kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlashiga ham ruxsat beriladi
Prezident qaroriga koʼra, abiturientlarga:➖ test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil boʼlgan beshtagacha bakalavriat taʼlim yoʼnalishlarini hamda bir vaqtning oʼzida barcha taʼlim shakllarini tanlash huquqi beriladi;
➖ roʼyxatdan oʼtish jarayonida tanlangan bakalavriat taʼlim yoʼnalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik toʼlov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.
Qarorning toʻliq matni: 👉 uza.uz/posts/381742👉 @bazarbaevs