⚡️РАСМАН: тест синовлари 5 августдан бошланади

Бу ҳақда Давлат қабул комиссияси қарор қабул қилди.

Унга кўра, пандемия шароитидаги эпидемиологик вазиятдан келиб чиқиб, жорий йилги кириш тест синовлари 2021 йил 5 августдан бошланади ҳамда тест синовлари очиқ стадион ва хиёбонларда ўтказилади.

Тест синовлари қоида тариқасида, кунига икки сменада ўтказилади ва 1-смена 07:00 да, 2-смена 19:00 да бошланади.

Шунингдек, саволлар сони ҳам қисқартирилди. Илгари 5 та фандан жами 105 та савол берилар эди, ҳозир 5 та фандан жами 70 та савол берилади. Шунда 3 та мажбурий фанлардан 10 тадан савол (илгари 15 тадан эди), 2 та мутахассислик фанларидан эса 20 тадан (илгари 30 тадан эди) савол бериладиган бўлди.

❗️70 та савол учун жами 3 соат вақт берилади.

Тўплаш мумкин бўлган максимал балл — 189 балл.


👉 @xushnudbek 👈

1380 comments

Show 100 more comments
Tulov qlomaganlari endi dakumet topwrgani qanday bolarkin
Savollarni darajasi qanaqa buladi endi
XushnudbekOrziqulov78
Test variantlarining qiyinlik darajasi haqida malumot bering
Savollarini osonlawtirilmasa endi oqiw qiyin masala bolib qoldi oqiw🤦🏻‍♂️
QOZOGISTONDAN OQISHIMNI KOCHIRIB KELMOQCHIMAN OZIMNI VILOYATIMGAMAS BOSHQA BILOYAYKA TOPSHIRSAM BOLADIMI MASALAN TOSHKENTGA ?
Lekin rostanam 19 00 kech. Qorongi bõlib ketadi. Bu abiturentlani test ishlashiga qanaqadir tasir qiladi
Sardor
Namunaviy testlar chiqqan edi xuddi ushanday bõladimi
QOZOGISTONDAN OQISHIMNI KOCHIRIB KELMOQCHIMAN OZIMNI VILOYATIMGAMAS BOSHQA BILOYAYKA TOPSHIRSAM BOLADIMI MASALAN TOSHKENTGA ?
187 Bal buladi 🤔
❤️Xonzoda Ikromjonova❤️
3 soat qisqarmadi
Asosiy maqsad ham vaqtni qisqartirish edi shekili. Karantin sabab stadionda abituriyentlar ko'p vqqt qolmasin deb edi
❀❀♡❀❀
Assalomu aleykum. Savollar darajasi qanaqa bo'ladi asosiy blokdan qisqartirilgan 10 ta savol 1-, 2-, va 3-darajali testlardan teng miqdorda olib tashlanganmi? Har bir darajadegi testlar soni endi nechtadan bo'ladi shu haqida malumot bersangiz. Javob uchun oldindan rahmat!
Atiga 0.5 soat qisqaribdi
Nimaga kerak edi bunaqa qilishni undan koʻra 105 ta testga 3 soat qib berganda shu yaxshi edi
Yoki umuman teginmasayam boʻlardi
3 soat oʻtirib virus yuqmasakanu lekin 3.5 soat da tiqib qoladimi
Mani fikrim 105 ta savolga 3 soat vaqt berilishikerak
@Xushnudbek.uz Assalomu aleykum, aka magistratura haqida ham yangilik bormi?
XushnudbekOrziqulov78
Qoyil
magistratura
magistratura test sinovlari qachon boshlanadi
🌸 Королева мира🌸
Руйхатдан колиб кетганлар нима киларкан
Husniddin
Barakalla DTM. Holiyam 5-avgust kuni xabar bermadilaring
Show next 100 comments