⚡️РАСМАН: тест синовлари 5 августдан бошланади

Бу ҳақда Давлат қабул комиссияси қарор қабул қилди.

Унга кўра, пандемия шароитидаги эпидемиологик вазиятдан келиб чиқиб, жорий йилги кириш тест синовлари 2021 йил 5 августдан бошланади ҳамда тест синовлари очиқ стадион ва хиёбонларда ўтказилади.

Тест синовлари қоида тариқасида, кунига икки сменада ўтказилади ва 1-смена 07:00 да, 2-смена 19:00 да бошланади.

Шунингдек, саволлар сони ҳам қисқартирилди. Илгари 5 та фандан жами 105 та савол берилар эди, ҳозир 5 та фандан жами 70 та савол берилади. Шунда 3 та мажбурий фанлардан 10 тадан савол (илгари 15 тадан эди), 2 та мутахассислик фанларидан эса 20 тадан (илгари 30 тадан эди) савол бериладиган бўлди.

❗️70 та савол учун жами 3 соат вақт берилади.

Тўплаш мумкин бўлган максимал балл — 189 балл.


👉 @xushnudbek 👈

1380 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum yana bir bor,maksimal ball 189 deyilibdi,endi birinchi blokimizdagi,birinchi fanga 3,2 va ikkinchi fanga 3,1 balldan beriladimi,shunaqa hisoblasak 189 ga toʻgʻri kelyapti.
Jumaniyazova Nasiba
30 talik 2 talik fanda. Ôlib ketsin ikki fan 🤐🤐🤐
дониёржонович
Qirģizdan uzbga perevot qiladigonlar bormi
Statist
Дтм бериш қачондан бошланади, биладиганлар борми. Қанақа қилиб чиқарсам бўлади?
Nega bu narsa test imtixonlariga bor yo‘gi 1 hafta vaqt qolganda e‘lon qilinyapti. DTM yoshlani taqdirini hohlagancha o‘yin qilishga o‘rganib qolganmi? Hozir bu narsa har bir abituriyentga har xil ta‘sir o‘tkazadi. Yoshlani bunday qilib psixologik qiynayverish yaxshi emas. Nizomda DTM hohlagan ishini qolaveradi degan band bormi?
𝒮𝒶𝒾𝒹𝒶♡︎
Savollar saviyasi qiyinlashadimi endi
Ijodiy imtihonlar uchun ham majburiy test savollari qoldimi?
дониёржонович
2marta uqishga topshirish pullik bugandi u nima boldi tolanadimkan ?
shaxsan men qarshiman o'tgan yili ham shunde qilishgan bude qilishga1 hafta qolganda haqqi yoq edi ula abituriyentlani o'ylashadimi ballar yana kotariladi shunch mehn
atchi qarshimiz xalq qarshi keyingi yildan oldinro etib qilaverishsin agar xalqni fikri zarracha ahamyatli bolsa etirozni inobatga olsiz Qarshimizzzzz
𝒮𝒶𝒾𝒹𝒶♡︎
Savollar saviyasi qiyinlashadimi endi
Озгина шошилишибти. Имтихонга кираётганимизда айтишарди
Islom Asomiddinovich Rashidov
ikkinchi mutaxasis va magistratura yo'nalishlariga ham dtm orqali test snovlari asosida bo'larmikan
Hali ikkalasi uchun ham xech qanday qaror chiqmapti kecha unvertga borib surab keldim bakalavrdan keyin qaror chiqarkan. Testmi dtm oladimi xammasi aniq bularkan. 2-mutaxasislikka 30-avgustdan qabul boshlanarkan. Suhbat bilan olinarkan. Bakalavrdan kegin uylab kurisharkan dtm dagi xodimla
Show next 100 comments