⚡️РАСМАН: тест синовлари 5 августдан бошланади

Бу ҳақда Давлат қабул комиссияси қарор қабул қилди.

Унга кўра, пандемия шароитидаги эпидемиологик вазиятдан келиб чиқиб, жорий йилги кириш тест синовлари 2021 йил 5 августдан бошланади ҳамда тест синовлари очиқ стадион ва хиёбонларда ўтказилади.

Тест синовлари қоида тариқасида, кунига икки сменада ўтказилади ва 1-смена 07:00 да, 2-смена 19:00 да бошланади.

Шунингдек, саволлар сони ҳам қисқартирилди. Илгари 5 та фандан жами 105 та савол берилар эди, ҳозир 5 та фандан жами 70 та савол берилади. Шунда 3 та мажбурий фанлардан 10 тадан савол (илгари 15 тадан эди), 2 та мутахассислик фанларидан эса 20 тадан (илгари 30 тадан эди) савол бериладиган бўлди.

❗️70 та савол учун жами 3 соат вақт берилади.

Тўплаш мумкин бўлган максимал балл — 189 балл.


👉 @xushnudbek 👈

1380 comments

Show 100 more comments
Assalom aleykum Xushnud aka bitta savolim bor edi agar nogironliki bölsa qanday imtiyoz böladi sirtqi talimda shuni ham tushuntirp otirng iloji bolsa oldindqn rahmat
дониёржонович
Сентабирда буса кере а
Сентябргача бормаса кк манимча августди охирларида булади
@Xushnudbek aka, bu qaror nega kerak edi o'zi? O'tgan safar aytildi maqsad vaqtni qisqartirish deb, lekin yarim soat qisqaribdi. O'zi nimaga kerak vaqt qisqartirib, ertalabki 7.00 dan 10.30 gacha normal edi, 10.00 ga qisqaritirib nimaga erishmoqchi? Agar 10.00 dan keyin yana bir boshqa smena bo'lganda edi tushunsa bo'ladi. Lekin ikkinchi va yagona smena kechki 19.00da. Mantiq qani?
Asosiy muammo bu ixtisoslikdagi savollarni 20 taga tushirilganida.
Hop, majburiyni 10 ta qilibdi, kutgandik. Majburiydan bor yo'g'i 20 ta savol uchun yoshlar har bir fandan nechtalab kitobni o'qib yod olishi kerak. Ma'lumot hajmi ko'p, savollar kam. DTM shu narsani proporsiya qilib ko'rmaydimi?
Yana bu yerda ona tili va adabiyotdan qanaqa tartibda savol bo'ladi 10 ta ona tili 10 adabiyotmi ?
Chet tillaridanchi? 16 ta grammatik savol va 1 ta matnmi? Yoki 12 ta grammatik savol va 2 ta matnmi? Yoshlar qaysi tartibga tayyor bo'lishi kerak?
🥀مخلصين🥀
Zo‘r
Hammaga omad
Niyyatga bog‘liq hammasi
O'zi miyyamz qisib oqiyotgandik nmasi buuuu
Shavkatjon Jumaxanov
Географик детерминизм, яъни Ўзбекистон иқлими кескин континентал тез ўзгарувчан бўлганлиги сабабли ДТМ томонидан қабул қилинадиган қарорлар ҳам кескин ўзгарувчан!!!
Bir qiziq savol qiziqtiradi meni 3soat vaqtda 70 ta savol ishlasaa bu epidemiologik vaziyatga tóğri keladiyu,3 soat vaqtda 105ta savol ishlasa epidemiologik vaziyatga tóğri kelmaydimi, savoll kamayganidan sóng vaqt ham kamayishi lozimda,vaqt kamaymadimi demak test savollari soni joyida qolsa ham bólar edi,ozgina mantiqsizlik borda bu yerda
Kechki 7da boʻlagani qulay boʻlibdi 17da ishdan chiqib 19gacha bemalol testga yetib borish mumkin
Яқин орада мидицина йўналишидакилар гиёграфя иқтисод фанларидан имтиҳон топширади деса ҳайрон қолмайман
Assalom alaykum meni savolim shuki birinchi bulib qaysi yunalishni imtihoni buladi javob uchun oldindan raxmat
Yesin shu davlat abituriyentlarni nima bu ahvol ozgartirgani uzgartirgan bitta asosiy qonun yoq test topwiriw uchun har yili ozgartirishadi
️️¥@※¥♡β€]{
Imtihon kuni aytardi buni sal vahliro aytip qoypti
Vaziyat shuni taqozo qilmoqda. Hozir oldindan qabul qilinib, belgilanadigan holat emas.
Шохрух
Tentak yaxwi buganku 30ta emas 20ta iwlisan
Qaysi miyya bn oylab gapiryapsiz? Shuni yil boshida aytsayam bolarmidiii. Bu 10 ta savol uchun 1 yil mehnat qilgandirman balki
Sayyora Saidova
Assalomu alaykum, Xushnudbek. Savollarning qiyinlik darajasini bilishimiz kerak. Sababi biz Milliy sertifikatdan foydalanamiz deb belgilaganmiz. 86%=54.18 ballni beradi. Savollar oson kelsa, qizim 63 ball olishi ham mumkin. Bu yoği qanday bõladi? IELTS +Milliy sertifikat = 117.18 bõlyapti (8.82 ball yutqazyapmiz). Endi savollar darajasini õzgartirmasin deb umid qilyapmiz. Siz nima deysiz?
Hamma ball umumiy hisobda majburiy blok (10ta matem) (10ta ona tili ) (10ta tarix) jami 30ta *2,1=63bal (20ta matem yoki kimyo ) (20ta fizika yoki ingliz tili ) jami 40 ta *3,1=124bal . "Umumiy bal =187ball"
Show next 100 comments