⚡️РАСМАН: тест синовлари 5 августдан бошланади

Бу ҳақда Давлат қабул комиссияси қарор қабул қилди.

Унга кўра, пандемия шароитидаги эпидемиологик вазиятдан келиб чиқиб, жорий йилги кириш тест синовлари 2021 йил 5 августдан бошланади ҳамда тест синовлари очиқ стадион ва хиёбонларда ўтказилади.

Тест синовлари қоида тариқасида, кунига икки сменада ўтказилади ва 1-смена 07:00 да, 2-смена 19:00 да бошланади.

Шунингдек, саволлар сони ҳам қисқартирилди. Илгари 5 та фандан жами 105 та савол берилар эди, ҳозир 5 та фандан жами 70 та савол берилади. Шунда 3 та мажбурий фанлардан 10 тадан савол (илгари 15 тадан эди), 2 та мутахассислик фанларидан эса 20 тадан (илгари 30 тадан эди) савол бериладиган бўлди.

❗️70 та савол учун жами 3 соат вақт берилади.

Тўплаш мумкин бўлган максимал балл — 189 балл.


👉 @xushnudbek 👈

1380 comments

Show 100 more comments
Абдирашидовна
қыйнлик даражаси хам озгарадими щунда🤦
3/4 ta 4-chi darajali savol tashaladi deyishgandi shunaqasi tushsa bitta fanda 15 15 boladi dabdala
@Ramazon Eshqobilov@
Assalomu aleykum!
Yaxshi ish qilmabdi lekin endi o'zini spes fanini yaxshi o'qigan abiturientning boshqalardan (o'rtacha o'qigandan)yuqoriroq bal to'plash ehtimoli juda pasayadi.Chunki yaxshi o'qigan abiturient ilgari 108ta savol bo'lganda ham ulgurgan 105 taga ham ulgurardi shu 3 soat ichida. Bu degani manzilga borishda toshbaqa ham imkon yaratildi degani quyonni oyog'ini kesib.Pandemiyada xuddiki abiturientlarga yordam beryotgandek ko'rsatibdi o'zini lekin yaxshi o'qigan abiturientni o'ylamabdi shuncha yil o'qib spesidan atigi 20 ta test ishlab chiqsaya exx mayli shunchalik pandemiyada yordam qilmoqchi ekan majburiy fanni qisqartirsin edi .Nima ham derdik omad tilaymiz yaxshi o'qigan abiturientlarga.
Imtihon vaqti kelgunicha DTM dagi rahbarlar biz abituriyentlarga namunaviy testlar koʻrsatishsin.
Test darajalari qanday buladi yuqori darjalar olinadimi
Madina Temirova
Temur
Shunday bizagayam
Omadingizni bersin ilohim
Alloh barchaning ilmini ziyoda qilsin. Nimavyuz bermasin, bari yaxshilikka. Bunda ham bir hikmat bor in sha Alloh. Hammaning omadini bersin
Bu deyman, Carona Virus 5-avgustdan boshlab odamlarga yuqmay turamandegan shekilli, DTM bu qarorga kelgan.
MUSULMON_YIGIT ALHAMDULILLAH MUSULMONMAN
Test darajalari qanday buladi yuqori darjalar olinadimi
Хали аникмас хавотир олманг Лкн бу осонлаштирилади деган гап бор 😊😊
shunda o'tish ballari o'zgartiriladimi yoki o'tgan yilgidek qoladimi
ingliz tilidan grammatika necta readingdan necta savol beriladi?
Bir kuni quyon yugurib yugurib charchab daraxtni teepasida turgan qarg‘aga qarab
- Ey qarg‘a, senga mazzaya o‘tirasan bir joyda desa
Qarg‘a quyonga qarab
-Ha senam o‘tir debdi
Quyon bir joyda o‘tirgan ekan bo‘ri keb yeb ketibti...
😏Shunday ekan bemalol o‘tirish uchun ancha tepada o‘tirish kerak test topshirnaydigan joyda shunda bilganingizcha qarorni o‘zgartirayverasizlar.😉
Assalomu alaykum. Ingliz tilida 18 ta grammatika , 12 ta matndan test tushardiku, endi qanaqa bo'ladi?
Aℓhɑღժuℓιℓℓɑh ﷽ ❤️
Assalomu aleykum savollar qiyinlawadimi qanday boladi
Show next 100 comments