⚡️РАСМАН: тест синовлари 5 августдан бошланади

Бу ҳақда Давлат қабул комиссияси қарор қабул қилди.

Унга кўра, пандемия шароитидаги эпидемиологик вазиятдан келиб чиқиб, жорий йилги кириш тест синовлари 2021 йил 5 августдан бошланади ҳамда тест синовлари очиқ стадион ва хиёбонларда ўтказилади.

Тест синовлари қоида тариқасида, кунига икки сменада ўтказилади ва 1-смена 07:00 да, 2-смена 19:00 да бошланади.

Шунингдек, саволлар сони ҳам қисқартирилди. Илгари 5 та фандан жами 105 та савол берилар эди, ҳозир 5 та фандан жами 70 та савол берилади. Шунда 3 та мажбурий фанлардан 10 тадан савол (илгари 15 тадан эди), 2 та мутахассислик фанларидан эса 20 тадан (илгари 30 тадан эди) савол бериладиган бўлди.

❗️70 та савол учун жами 3 соат вақт берилади.

Тўплаш мумкин бўлган максимал балл — 189 балл.


👉 @xushnudbek 👈

1380 comments

Show 100 more comments
Nazokat Mamadaliyeva
Keyingi yillarda ham 20tadan savol bo'ladimi
Muxlisa
Shuni ayting😒
Dtm ni muammoli savollarga ko"mib tashash kerak test natijalaridan keyin javob berishi kerak buyog"i juda qiziq bo"ladi hali
Qaysi yo"nalishga nechtadan odam topshiryabdi onlayn ko"rsatishmadi nega?
Yaxshi yaxshi gaplar keloptida bular yozgandi sudga berishgacha boradi lekin uzini ishini bilib qilishni bilmaydi DTM masʼullari
AMRULLAYEV ABDULBOQIY
Nima deyishgayam hayron odam 😕
Nilufar🕊
Atigi 20ta savol uchun odamla Ielts topshirishtiyu voooy qolursa bolardi 30 Testga kganimda buklet qogozdayam ozgarishlari bosa hayron qolmiman hamma narsa kutsa bolarkan bu Dtmdan😑😑😶
Imtihon kuni qachon aniq bo'larkan
Nilufar🕊
Grace Adam
Imtihon kuni qachon aniq bo'larkan
29chidan shaxsiy kabinetizga propusk keladi oshandan bilsa boladi
Bobur
Savolni qiyinlik darajasi qanday buladi
Nima bo'lsa ham yaxshilikka bo'lsin hamma mehnat qilyotganlarni omadini bersin!
nega mandat chiqmadi
Keyingi yildan ham shunaqa boladimi. Tag'in Yana ozgartirib abuturent becorani Rosa halak qilishmasn savollar darajasi qanday boladi?
Xushnudbek aka 5 yónalishning bariga grat kirsa xoxlaganida tanlasa boladimi
5 yónaliwning bariga grat kirsa xoxlaganini tanlasa boladimi
Sharifov Sobit
Mutaxassislik fanlarini 30 taligicha qoldirish kk edi. Kamaytirish shart emas edi.Juda kamaytirib yuborishibdi.
Вируснинг фойдали томонлари куп буляпти лекин,буларканку енгиллик берса
✪🅙🅐🅢🅤🅡✪
ABUTRENTLAR NAMOYISH OTKAZISH KK BU DTMGA .
XÒRLAB TASHLADIKU ABUTRENTLARNI. QACHON OZBEKISTONDA NOLIMAY YASHASH MUMKIN . HAR TOMONLAMA KAMCHILIK. BITTA ODAM AYTGAN EKAN ;;; ÒĞIRLIK QILMA HUKUMAT RAQOBATCHILARNI YOQTIRMAYDI DEB
UZURKU HAMMAGA SOG BOLSIN OSHA NONINI HALOLLAB TOPAYAPTURGAN DTM MASSULLARI
🎗Шахризода Собиржанова🎗
X variant yana chiqyabdimi, afsuslar bõlsin
Мақсуд Ғайратович
Qiyinlashtirvoribdi savollar oz bo‘lsa ball yig‘ish qiyin bo‘ladi noinsoflik
Nega ikkinci smena soat 7 da boshlanvotti vashe kecku bu vaqt yana ertalabkisiyam soat 7 da nimasi bu qanaqb ulguradi uzodan keladigan abituriyentla
Show next 100 comments