⚡️РАСМАН: тест синовлари 5 августдан бошланади

Бу ҳақда Давлат қабул комиссияси қарор қабул қилди.

Унга кўра, пандемия шароитидаги эпидемиологик вазиятдан келиб чиқиб, жорий йилги кириш тест синовлари 2021 йил 5 августдан бошланади ҳамда тест синовлари очиқ стадион ва хиёбонларда ўтказилади.

Тест синовлари қоида тариқасида, кунига икки сменада ўтказилади ва 1-смена 07:00 да, 2-смена 19:00 да бошланади.

Шунингдек, саволлар сони ҳам қисқартирилди. Илгари 5 та фандан жами 105 та савол берилар эди, ҳозир 5 та фандан жами 70 та савол берилади. Шунда 3 та мажбурий фанлардан 10 тадан савол (илгари 15 тадан эди), 2 та мутахассислик фанларидан эса 20 тадан (илгари 30 тадан эди) савол бериладиган бўлди.

❗️70 та савол учун жами 3 соат вақт берилади.

Тўплаш мумкин бўлган максимал балл — 189 балл.


👉 @xushnudbek 👈

1380 comments

Show 100 more comments
Madina
🦋𝑀𝑎𝑓𝑡𝑢𝑛𝑎🦋
Sz qayerdan blasz
Testlar soni qisqargani sayin testlar ham murakkablashishi mumnikku
Урозова Барно
Nima bulganda ham Yana bir oy davomida tekshirmasa buldi tezroq teshiriladimi testlar
Savollar darajasi qanaqa bularkin ular uzgargani yuqmikan uzi
Алия
2. 3 йиллаб таерланганларга нисбатан адолатсизлик болларимиз куну тун укишвотти ухламайди чарчап саволлар даражаси канака булар екан енди
Saman×͜×
🎀Madina🎀
Kechki payt soat 7 da bogani hammasidan qiziq😂. Pashsha talanib qoronguda
Qorongidayam yaxwiyu sekin wpargalkani ocb aa😂
BLACK STAR
Kechki payt 7 juda kech boshqa tumanlarda keladiganlar nima qiladi 11 da ketadimi uyga bu DTM yaxshi ishlamayapti
BLACK STAR
Imtixon shu paytgacha adolatli bolmagan bunday keyinam bolmaydi imtixon javobi 20-25 kunda chiqadi ungacha gaplawadiganlar gaplawib pulini qivoladi bizda hohlagan payt qonun chiqarib ozgartirib yoq qivorishadi hullas biz korrupsion tizimda yashayapmiz
MUZAFFAR
Testda xaqiqat bor. Nima bolsa xam test yoqolmasin. Mana akademiyalar xammasi pul boldi. Yonimizda tayyorlanmay yurganlar pul bilan kirdi ketdi
Marjona Abdurahmanova
Yana o'zgaruvchan qarorlar Milliy serifikat olganlarga 20taga 100foizlik ball bersin unda.istisno tariqasida sportchilarga qulaylik yaratavermasdan.Bu yil ham 2ta fandan bo'lsa yaxshiroq edi majburiylarni olib tashlab.Barbir ham mutaxassislik fani asosiyku majburiyga qaraganda.🤦🏻‍♀️buyog'i nima bo'larkin endi.Savollar murakkablik darajasi qanday bo'ladi,qay tartibda ,namuna qachoon chiqadi???
2smenada 7da test bowlaniwi tastiqlanganmi
Abdullayeva Asal
O'rtacha ball qancha bo'ladi???
Savol darajasi qanaqa boladi yengil yo qiyinmi
Majburiy fanlarni qiymati oshib ketadigan bòldi. Kim shularni yaxshi òqigan bòlsa talaba bòlishi deyarli aniq!
🐊
Savol darajasi qanaqa boladi yengil yo qiyinmi
Menimcha, savollar darajasiga taʼsir qilmidi. Shunchaki, karantinni inobatga olib savollarni qisqartirib qòya qolgan!
Saydullayev
Test savollarini qisqartirish oʻrniga har bir NOTOʻGʻRI JAVOB uchun ball ayirib tashlash kerak.Shunda haqiqatga muvofiq boʻladi
Nima bu yana. O'tgan yilgi senari takrorlanyaptimi? 5 ta fan 105 ta savol qolayversin edi. Tavvakkalchilarga yana mazza bolarkanda. Shuncha vaqt qattiq tayyorlanib lekin o'qishga kira olmaslikdek yomon narsa yoq. Iltimos hurmatli dtm o'zgartirish qilsaylar sal oldinroq qililar bolmasa umuman dtm ni yopib tashaylar.
Choriyeva Marjona_
Bir hafta qolganda yangi qarorlar chiqariwadi, kupchilik ikkita fandan tayyorlangan, chunki 4-5ta fanlarni bir meyorda olib boriw hammani qo'lidan kelmaydi. Nimaga ovozga quyishmaydi,
Nimaga kelajak yosh-avlodlarni eshitishmaydi. Agar shu tariqa davom etsa hammada raqobat kuchayadi yoki uqiwga qiziqish o'ladi.
Show next 71 comments