❓Савол: контрактни 4 га бўлиб тўлаш имкони ҳозир ҳам борми? Институтимизда контракт тўламаган талабларни дарсга киритишмаяпти. Талабалар дарсга келса "НБ" қўйишяпти. Оралиқ назоратларга ҳам киритишмаяпти. Контактни 4 га бўлиб тўлаш имкони борку, десак шартномада ундай гап йўқ дейишяпти. Илтимос, шунга аниқлик киритиб берсангиз.

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, 4 га бўлиб тўлаш мумкин.

Ушбу мурожаатда қайд этилган масалага ойдинлик киритиш мақсадида, Олий ва ўрта махсус таълим вазирининг иқтисодий масалалар бўйича ўринбосари Сарвархон Бузрукхонов билан боғланиб, изоҳ олишга ҳаракат қилдим.

Берилган изоҳга кўра, Президентнинг 2020 йил 2 мартдаги ПФ-5953-сон Фармонига мувофиқ 2020/2021 ўқув йилидан бошлаб республика ОТМ талабаларига ўқув йили давомида тенг улушларда камида тўрт маротаба ўқиш учун тўловларни амалга ошириш имконияти тақдим этилган.

Давлат қабул комиссияси билан келишилган ҳолда тўловларни амалга ошириш муддати қуйидагича белгиланган:

— белгиланган тўлов миқдорининг камида 25 фоизини талабаликка тавсия этилган абитуриентлар учун 15 сентябргача ёки Давлат комиссияси томонидан белгиланган муддатгача ҳамда иккинчи ва ундан кейинги босқич талабалар учун 1 октябргача ёки ОТМ ректори (филиал директори) томонидан узайтирилган муддатгача;

— белгиланган тўлов миқдорининг камида 50 фоизи 1 январгача, 75 фоизи 1 апрелгача ва 100 фоизи 1 июлгача ёки ОТМ ректори (филиал директори) томонидан узайтирилган муддатларгача.

Шу билан бирга, Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 18 августдаги 527-сон қарори иловаси билан тасдиқланган Низомга мувофиқ ўқиш учун йиллик тўловнинг тўлиқ миқдорини белгиланган тартибда, тенг улушларда тўрт қисмга бўлиш йўли билан ўтказишга рухсат берилган.

Бундан хулоса қилиш мумкинки, бугунги кун ҳолатига 50% тўлов талаб қилишаётгани амалдаги тартибга зид. Аммо талабалар бугунги кунгача камида 25% тўловни амалга оширишлари керак эди.

Агар сизда ҳам шу масала бўйича муаммо юзага келаётган бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин. Тегишли мутасаддилар билан боғланиб, аниқлик киритишга ҳаракат қиламиз.


👉@xushnudbek👈

400 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum
Covid19 ga qarshi emlanganlik sertifikat bo‘lsa 10 % chegirma kontraktning umumiy summasiga nisbatanmi yoki ba‘zilar aytyotganday ikkinchi yarim yillikni tolovi ya‘ni kontraktning 50% ga nisbatan 10% mi kim aniq biladi
ЛДК 2-20 Группа..Лечебное дело😷
Assalomu alaykum!Men qirģiziston Tibbiyot universititida uqiyman .uqishimni Toshkent Tibbiyot universititiga super kontrakt qilish uchun dakumentlarimni asl variantini olib kelganman.lekin shartnoma tulash muddati 20 noyabir ekan.men bunga ulgura olmadim.endi meni dakumentlarimni Qirģiziston ham qabul qilmaydi .Bunday holatda qanday yordam berasizlar .?Super kontrakt tulash muddatini uzaytirilishini surayman ....Javob uchun oldindan raxmat .../.
Нархоздаям шу, биринчи 50%изи тулатилди
❖ Oρтιмιѕт
Tushsa kere
Бунинг учун Олий таълимга ариза ёзиш керекми
Xusniddin
Fargo'ona davlat universiteti
Манда хам шу Фаргона давлат университети хатто судга ариза мурожаат килдим жавоби энди чикади
👨‍💼 Mavlanov Ulug'bek 👨‍💻
Men talabaga madad loyixasi boyicha soramoqchi edim ukam 2 kursda kantrakt asosida oqiydi me bu yil oqishga kirdim sirtqi kantraktimmi 50% tolap qoydim oqish yanvardan ekan ukammi kantrakti 10mln 470ming shunga ariza tashagandik siz ishlaysiz ekan deyishdi oqishdan oldin ishlaganman oylik ozi 750 ming edi hech bolmaganda ukamni kantraktiga yordam berilar desan senlar kam taminlangan emassizlar deyishdi shu togrimi talabaga madadloyixasida oilada ikki va undan ortiq farzand kantrak asosida oqisa yordam beriladi deyilgandi
🌙🌚
Имтихон топшириб 73 бал олдим 2 курс сиртки рус тили йу́налишига перевод бу́лдим лекин шартнома олишга кеч колдиз деб кайтариб юборишди сиздан хозир хам шартнома олиб контракт ту́ласам буладими шу саволга жавоб беринг
Qaysi universitet. Siz imtihondan o'tgan bo'lsangiz, qaytarib yuborishga haqqi yo'q. Biz ham shu hafta oldik shartnomalarni.
Universitetning ichki tartibi ham bor boshqa tomondan.
Misol uchun perevod qilganlar, palonchi sanagacha kelib hujjatini topshirsin, o'zini bazaga kiritib ketsin degan bo'lsa-yu, siz muddatdan ancha keyin, hujjatlarni qabul qilib bo'lingandan keyin borgan bo'lsangiz qaytargan bo'lishi mumkin.
ㅤㅤ ㅤㅤㅤ ㅤㅤㅤ ㅤㅤㅤ ㅤ
KONTRAKT TO‘LAGANLAR BUGALTERIYA BOLIMIGA STEPENDIYA BILAN MUROJAAT QILSA XAMMA TO‘LASA BERILADI DEYISHYABDI NIMA ENDI YILNI OHIRGACHA KUTAMIZMI XAMMA HAM HA DEGANDA MANA DEB TO‘LAY OLMAYDIKU SENTYABRDAN BERI STEPENDIYA BERILMADI 4OYNIKI NIMA QILISH KERAK TALABA AXIR
Assalomu alaykum oʻqishni prevot qilganlarga ham shunday imkoniyat beriladimi
Hozirda ham katrakni uzaytirish boʻyicha qanday yangiliklar bor shu haqida ham maʼlumot bering
☪ 𝐃𝐚𝐯𝐫𝐨𝐧 𝐀𝐤𝐛𝐚𝐫
Qaysi universitet. Siz imtihondan o'tgan bo'lsangiz, qaytarib yuborishga haqqi yo'q. Biz ham shu hafta oldik shartnomalarni. Universitetning ichki tartibi ham bor boshqa tomondan. Misol uchun perevod qilganlar, palonchi sanagacha kelib hujjatini topshirsin, o'zini bazaga kiritib ketsin degan bo'lsa-yu, siz muddatdan ancha keyin, hujjatlarni qabul qilib bo'lingandan keyin borgan bo'lsangiz qaytargan bo'lishi mumkin.
Фаргона давлат университети маркетинг булими ID киритганимиздан су́нг хужжатларнинг оригинал нусхасини олиб келасиз кейин шартнома берамиз диийшган лекин на огохлантириш на бир почта оркали малумот жунатилманган
Javoxir
Assalomu alaykum men Toshkent Davlat Texnika Universiteti Qo'qon filialiga tabaqalashtirilgan kontraktga o'qish istagini bildirgan edim menga TDTUQ filiali tomonidan kontraktning 50%i ni to'lashim kerakligini aytishdi ya'ni o'n million bir yuzming so'm. Lekin men yetti million to'rtyuzming to'ladim 20-noyabrgacha qolgan ikki million yettiyuzminggini to'lamaganim uchun talabalikka tavsiya etishmadi. Qolganini to'lamoqchi bo'lganimda kech bo'lganini aytishdi. Shu qanchalik to'g'ri ozroq vaqtga kechikkanim endi menga qimmatga tushadimi. Iltimos maslaxat mering
Adhamxõjayev Dilmuhammad
Xushnudbek aka univesitetlarga kontrakt tõlash muddati uzaytirilmadimi iltimos javob bering javob uchun haxmat
TDSI da ham huddi shunday muammo🤦‍♂️🤦‍♂️🤦‍♂️

25% to'laganlarni imtixonlarga kiritmayapti, lekin kontrak shartnomasida huddi yuqorida(postda) yozilganidek 1-yanvar ko'rsatilgan.

Zamdek, dekanlar esa talabani "siquvga" olish bilan ovora?!
🌙🌚
Йук хужжатларими топшириш учун муждат бермаган факат укиш бошланса гурухга булиб контаркти тулаб берасилар дийишган
Siz haqqingizni talab qiling. Universitetni sudga bering. Bilasizmi prevod qanchalik azob bo'lganini. Perevod imtihonida yetarli bal to'plab, o'zbekistonga o'tib kelasizu, ular qabul qilmaymiz deyishi bu qonunga mutlaqo zid. Sudga bering, qo'rqmang. Kontraktni to'lash perevodchilarga 1 yanvargacha vaqt berilgan. Nimaga unda bizni haydab yubormayapti, biz ham to'lamadikku hali. Nimadirlar bo'lyapti, universitetingizda. Yana sizning o'rningizga boshqalarni tiqib" yuborishmasin.
Show next 100 comments