❓Савол: контрактни 4 га бўлиб тўлаш имкони ҳозир ҳам борми? Институтимизда контракт тўламаган талабларни дарсга киритишмаяпти. Талабалар дарсга келса "НБ" қўйишяпти. Оралиқ назоратларга ҳам киритишмаяпти. Контактни 4 га бўлиб тўлаш имкони борку, десак шартномада ундай гап йўқ дейишяпти. Илтимос, шунга аниқлик киритиб берсангиз.

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, 4 га бўлиб тўлаш мумкин.

Ушбу мурожаатда қайд этилган масалага ойдинлик киритиш мақсадида, Олий ва ўрта махсус таълим вазирининг иқтисодий масалалар бўйича ўринбосари Сарвархон Бузрукхонов билан боғланиб, изоҳ олишга ҳаракат қилдим.

Берилган изоҳга кўра, Президентнинг 2020 йил 2 мартдаги ПФ-5953-сон Фармонига мувофиқ 2020/2021 ўқув йилидан бошлаб республика ОТМ талабаларига ўқув йили давомида тенг улушларда камида тўрт маротаба ўқиш учун тўловларни амалга ошириш имконияти тақдим этилган.

Давлат қабул комиссияси билан келишилган ҳолда тўловларни амалга ошириш муддати қуйидагича белгиланган:

— белгиланган тўлов миқдорининг камида 25 фоизини талабаликка тавсия этилган абитуриентлар учун 15 сентябргача ёки Давлат комиссияси томонидан белгиланган муддатгача ҳамда иккинчи ва ундан кейинги босқич талабалар учун 1 октябргача ёки ОТМ ректори (филиал директори) томонидан узайтирилган муддатгача;

— белгиланган тўлов миқдорининг камида 50 фоизи 1 январгача, 75 фоизи 1 апрелгача ва 100 фоизи 1 июлгача ёки ОТМ ректори (филиал директори) томонидан узайтирилган муддатларгача.

Шу билан бирга, Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 18 августдаги 527-сон қарори иловаси билан тасдиқланган Низомга мувофиқ ўқиш учун йиллик тўловнинг тўлиқ миқдорини белгиланган тартибда, тенг улушларда тўрт қисмга бўлиш йўли билан ўтказишга рухсат берилган.

Бундан хулоса қилиш мумкинки, бугунги кун ҳолатига 50% тўлов талаб қилишаётгани амалдаги тартибга зид. Аммо талабалар бугунги кунгача камида 25% тўловни амалга оширишлари керак эди.

Агар сизда ҳам шу масала бўйича муаммо юзага келаётган бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин. Тегишли мутасаддилар билан боғланиб, аниқлик киритишга ҳаракат қиламиз.


👉@xushnudbek👈

400 comments

Show 100 more comments
Muxlisa
Assalomu alaykum Xushnudbek aka men Qashqadaryo yuridik texnikumda o'qiyman. Savolim 1-kurslar kontraktini 4 ga bo'lib to'lasa bo'ladimi
Assalomu alaykum men 18-noyabr kuni qo'shimcha qabul uchun shartnoma oldim va 19-noyabr kuni shartnomada belgilangan 50 foizni 6mln 250 mingini to'ladim. Qolgan 500 ming so'm ayrim sabablarga ko'ra 22-noyabr kunida to'landi. O'tkazilgan summa Universitet hisob raqamiga tushgan deb pechat bosib berishdi. Lekin muddatdan o'tgansiz deb hujjatni olishmayapti. Vazirlik call markazi, Universitet ma'muriyatiga ham murojaat qildim. 15 kundan buyon tayinli javob aytishmayapti. Maslahatiz kerak edi.
R M A95
Assalomu alaykum! Superkantraktni 50 % ni toʻlab boʻldim qolganini 2 yoki 3 boʻlib 1kurs tugagunicha toʻlasam boʻladimi? Javob uchun oldindan rahmat!
Sadoqat Otamurodova
Салом хаммага.Шу Бир савол мани Уйлантириш куйди.Углим шу йил магстратурага кирди .Вакцина олганга 10 фоиз чегирма деган эди лекин бизга ярмини тулик тулаб берасиз .Колганини 2 Чи ярим йилликда гаплашамиз деди.Биз Уни туладик.Шу гап нечоглик хакикатга тугри.Углим Сам.Чет.тиллар инс.га кирган.Сизни жуда яхши хукукшунос дейдилар.Шу саволга ойдинлик киритиб беринг илтимос.Олдиндан рахмат
Бехзод
Assalomu alaykum !
Men Namangan davlat universitetida to'lov-kontrakt asosida o'qiyman.Kontrakt to'lovining 25% qismini 20-noyabrgacha to'laganman.Ammo menga buyruq chiqmabdi.Buyruq chiqishi uchun kamida 50% to'lovni amalga oshirish kerak ekan.Bu qanchalik to'g'ri ?
Men kabi talabalar safiga qabul qilish to'g'risidagi buyrug'i chiqmaganlar juda ko'p !
Бехзод
Assalomu alaykum !
Men Namangan davlat universitetida to'lov-kontrakt asosida o'qiyman.Kontrakt to'lovining 25% qismini 20-noyabrgacha to'laganman.Ammo menga buyruq chiqmabdi.Buyruq chiqishi uchun kamida 50% to'lovni amalga oshirish kerak ekan.Bu qanchalik to'g'ri ?
Men kabi talabalar safiga qabul qilish to'g'risidagi buyrug'i chiqmaganlar juda ko'p !
Assalomu aleykum! 1- kurs talabalari 50 foizini toʻlamagunicha buyruq chiqmasligi rostmi yoki 25 foizini toʻlasa ham buyruq chiqaveradimi?
Dурбек Oмонов
Assalomu alaykum perevod. 1-semesterda qilsa boʻladimi javob uchun oldindan raxmat
1234567
Xa menda ham filalogiya ingliz tili 2 mutaxassislikka oʻqishga kirganman kantrak toʻlashda ozgina uydagilar sharoiti ogʻir men birinchi bitirgan institutda dekanatda dispetcherlik lavozimida ishlayman yarim shtat oyligim juda kam oylada mendan boshqa hech kim ishlamaydi men institut rektoriga vaziyatni tushuntirib menga yordam berishini soʻragan edim ammo menga sabir qilishimni aytishdi 9 oydan beri yarim shtatda ishlab kelaman oylada boquvchimiz yuq onam hech qayerda ishlamaydi ukam va singillarim hali voyaga yetmagan oldindan uzur shaxsiy hayotimni yozib sizlarni bezovta qilganim uchun Qar.mii.Geologiya va konchilik ishi despetchiri tomonidan
kumush
Menda ham shunday muammo ishlashim kerak lekin 2 chi kursman qayerdan ish qidirishni bilmayapman
kumush
Oshnini zavushniy qachon qay vaqtda qilsa bo'ladi qayerga murojat qilishim kerak
Dilnora Shamsiddin qizi
Assalomalekum,maniyam murojaatim boriydi ochigi bu yonalishda kimdan aniq qonuniy javob olishni bilmayamman.men nogironligi bo'lgan bolalar uchun 2-son Muruvvat uyida tarbiyachi bolib 10yildan beri faoliyat yuritaman,ish soatim xaftasiga 30soat,bu bir shtat birligiga tori keladi,ishimiz ikki smenali bolib bir xafta ertalab,bir xafta tushdan keyin 5soatdan ishlaymiz,bu yil Nizomiy nomidagi TDPUga qoshimcha to'lov kontrakt (15mln)asosida magistratura bosqichiga tavsiya qilindim.22-noyabirdan o'qishlar boshlandi,lekin ish joyim bilan muammolar yuzaga kelayapti,kadrlar bo'limi o'qiyotgan talaba bir shtat birligida asosiy orinda ishlash mumkinmas,yarim stavkaga o'ting,bolmasa ishdan bo'shang.deyapti.qonunda magistratura ishlab chiqarishdan ajralgan holdagi ta'lim turiga kirishini rokach qilishyapti.Lekin ahamiyat bersak magistraturaga ko'pincha ish joyiga ega bo'lgan,oilali va o'rta yosh qatlamidagilar o'qishadi.Kredit-modul tizimida o'qish shakliga otganakanmiz,nega unda shuu tizimga mos ravishda mustaqil ta'limga urg'u berilmagan.o'qituvchi proffesorlar ma'ruza o'qishni ham majburmasligini,asosiy etibor mustaqil ta'limga qaratilganini bo'lajak kadr sifatida mustaqil izlanishimiz lozimligini uqtirishadiyuu nega magistrant auditoriyada o'tiribdimi yoqmi deb doim yo'qlama qilishadi.
Ikkinchi va asosiy masala nega birinchi bosqichdan ishlashga ruxsat berilmagan,yoki berilgan bo'lsa bu holda korxona,tashkilotlar o'qib ishlayotgan ishchi hodimlariga ish soatlarini o'qishga xalaqit bermaydigan qilib tog'irlab berish yuzasidan biror nizom,qonun doirasida belgilab qo'yilganmi.
Sizdan iltimos shuu murojaatim yuzasidan yuridik maslaxat bersangiz.
Oldindan raxmat
Ассалому алайкум. Мани кизим СамДЧТИ да 4 курсда укийди. Контракини доим ойлигимни утказиб тулаб келаман. Октябргача ярмини мартгача ярмини тулик тулаб келганман. Мани бошка нарса уйлантиряпти. 4 курсда сентябрдан практика беришди, декабрни охиригача булади деб узимизни вилоятга келди(Кашкадарёга) тусатдан 15чи ноябрдан дарс деб чакириб колишди. Шошилиб практикасини тугатиб Самаркандга кетди. Энди на ётткхонада жой бор, на квартира топишни имкони бор. Талабаларга квартира пулини ярмини тулаб берилади деб укигандим. Лекин у карор факат эхтиёжманд оилаларга, ногиронларга берилади дейишибди. Энди хусусий ётокхона очилибди ойига 500минг дан. Унга маркетингдагила шартнома килинса 135 мингни институт томонидан тулаб берилади деса, зам декани хеч кандай тулаб берилмайди дейишибди. Нима килишга хайрон бб турибмиз. Ойига 500мингдан тулашга кийналяпмиз. Яна 3 ойлини бирдан тулаш керак экан.
Жавоб учун олдиндан рахмат
G‘ayratjon Qodirov
Assalomu alaykum menda ham shunday muammo bizi Dekan ham toʻloʻv kontraktni 50 % toʻlanglar aks holda yakuniy imtihonlarga kiritilmaysizlar deyapti bu qanchalik toʻgʻri
Men sirtqi taʼlim 2-kursman
🌹🥀🌹ФИРДАВСЖОН ❤🌷💗 🌹🥀🌹МУХАММАДЖОН❤💗🌷
Assalom mani savolimga jb kemadi
🌹🥀🌹ФИРДАВСЖОН ❤🌷💗 🌹🥀🌹МУХАММАДЖОН❤💗🌷
Chetga uqishga topshirgandim fevraldan uqish. Fevral oyiga pervod buladi digan gaplani eshitdim. Uqishni uzimizga kuchirsam buladimi. Hali 1 chi kursman
🌹🥀🌹ФИРДАВСЖОН ❤🌷💗 🌹🥀🌹МУХАММАДЖОН❤💗🌷
Uqishimni kuchirsam buladimi
🌹🥀🌹ФИРДАВСЖОН ❤🌷💗 🌹🥀🌹МУХАММАДЖОН❤💗🌷
Iltimos jb kutaman
Assalomu alaykum. Iltimos qo'shimcha kvota bilan magistraturaga qabul bo'yicha ham ma'lumot bersangiz kontrakt to'lash muddati uzaytiriladi degan habar chiqqan edi uzaytirilishi haqida ma'lumot bormi men ta'lim kreditini kutib 20-noyabrgacha to'lolmadim. 2-dekabr kuni to'ladim.
Show next 46 comments