​​⚡Абитуриентларга X-вариант ёдлатиш бошланиб кетибди

Айтишларича, Х-вариант ёдлатиш бошланиб кетибди. Кўпчилик коттакон ўқитувчилар 500-1000$ атрофида пул олиб Х-вариант ёдлатишга киришиб кетишибди. Бу ҳақда tentakminds қуйидагича ёзмоқда:

"Схема ўша-ўша, ўқитувчи ўзи ёки шогирдларини ДТМга эксперт қилиб киритади, бутун йил давомида тест тузиш жараёни тестлар битта-битта чиқиб келаверади ва охирида мана шундай соққа қилинади.

Таклиф: Келинг, бу ишга бутун жамият бўлиб биргаликда курашамиз, ДТМ бу иллатни йўқота олмайди, чунки бошқача тизимни ўйлаб топа олмайди.

Қандай курашамиз?

Сиз бу ишга алоқадор кимни билсангиз ёки шундай иш қилаётган ўқитувчи, ўқитувчилар жамоаси ҳақида билсангиз, хабар беринг, уни барча блоггерлар, каналлар орқали жамоатчиликка олиб чиқамиз, халқ ўз “қаҳрамонларини” таниб қўйиши керак. Сиз билан биз бу иллатга қарши курашмасак, эртага ўша х-вариант ёдлаб ўқишга кирган думбуллар сиз билан бизни бошқаришга тушади, натижа эса кимнингдир ўлими билан тугайди. Бу ўлим айнан сизга алоқадор бўлиши мумкин.

Жим турманг, қўрқманг, келажак авлод сизни кечирмайди, ҳеч бўлмаса, ўшалар учун қўлингиздан келганча жанг қилинг.

Келажак авлод сиздан жасорат кутади!"

Вазиятга оид қўшимча маълумот ва фактларингиз бўлса изоҳларда ёзиб қолдиринг!

Сафимизга қўшилинг:
👉 @davlattestmarkazi 👈

38 comments

Show 16 more comments
Nohaqlikku bu x variant adolat qayerda qoldi tunu kun uxlamay uqigan abuturent qolib faqat gina qanaqadir variant yodlagan bola kirsa vatanimz qanaqa yowlarni qulida qolyaptiya😕😏😏😏korrupsiyaga yuq deymiz deb bu yoqdan iwini qilaveradiya bular 😡😡
Nargiza
Xudo jazosini bersin òshalarni Ilohim. Omin. Olgan pullari buyurmasin.
Ularga chora ko'rish kerak
Assalom-alaykum, bu x variant dastavval tashqariga qanday chiqib qolgani haqida biiiir o'ylab ko'raylik, kim?, qachon?, qayerda?va qanday qilib? olib chiqdi buni, bunga mas'ullarning ko'zi qayerda degan fikr uxlatmayapti bugun abituriyentni(agar uni DTM degan allambalo odam o'rnida ko'rsa), ularni tekshiradigan tashkilot bormi o'zi?
Машраббек
Tori bazi almashtirishar balki faqat 5 kundan kein baribir chiqib ketadi qolganlar uchun
Yana ta'limni rivojlantiramiz deb bong urib yotibmiz bu yoqda, chaqirtikanakni ildizi bn yulib olmasangiz, yana va yana o'sib chiqaveradi, dermidi "Oq kema"da
Endi kelajakda o'zini Vatanimiz kelajagini belgilovchi sifatida ko'rayotgan haqiqiy iste'dodli yoshlar 2 baravar ko'proq ishlashi kerak. Shundagina buni yengsa bo'ladi
Qanaqa odamlar bular oz kuchi bn kirmaydimi uqiwga kirsa shu da ahvol ana undan keyin davlat poraxorlani orasida qoladida hozirdan noturi yol bn uqiwga kiryaptimi ertaga amalga ega bolgach ham shunday davom etadi keyin rivojlanish bolarmidi qancha abutiryentlar koz nurini ketkizib tayyorlanyapti uvoli tutadi hali
Sobirova_M
Haqiqiy tayorlangan abiturient albatta kiradi.x variantlar ham tasdiqlangan kitoblar bo'yicha tuziladi.bu ishlarni qilib yurganlarni Alloh ko'rib turibdi!!!
To'ppa to'g'ri yozishibdiku. Nimasi noto'g'ri 🤣🤣🤣
Men bilaman barcha x varyandlar toshkentdan viloyatlarga tarqaladi
Menga murojat qilingizlar men kim yodlatyotganini bilaman faqat men sir qolishim kerak
@salah0201 telegramdaman
Bu tirpilalik emas faqat haqiqat uchun
Mani ikki yil oldin bitta sinfdowim X variantni 500$ga sotvolib bittayam òxwaw savol tuwmadi db instdan yiqilganidi. Uwanicun iwonib bòmidi varyant paryantlaga😂😂😂
Bu yilgi abiturientla xic siqilib òylanmela
Dumbul kallala instda pul iwda pul hayotini oxirigacom pul sarflab òtib ketadi😁😂
Hamma òzini bilimiga tayanib topshirvotganlaga Omad
Yunus
Bu tirpilalik emas faqat haqiqat uchun
Etb etb tawaganiz bn hcic narsa òzgarmidi instga kirsa òwala malumot tòplab qòygan bòsez ucuriwlari mumkun uni ham hamma blafigan kanallga tarqatgandan keyin hal qiliwi òylap kòriwadi😁😂
hamma ayb ekspertlarda savollarni ular beradi ozini oquvchilariga hozir ham aniq ularga test yodlash jarayonlari
Шаропов Шахзод
Assalomu aleykum. Menimcha bu yerda DTM ma'suliyatni bo'yniga olish kerak. X variant chiqqanini bila turib,nima uchun chora ko'rmaydi. Axir yaqinda korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat tashkiloti tashkil qilindi. Mansab egalari haligacha o'z ishlariga ma'suliyat bilan qaramaydi. Haqiqiy repetitor hech qachon o'z o'quvchilarini x variant bilan tayyorlamaydi, x variantni repititorsiz ham ishlay oladi abiturentlar. Hammaga xususan mansabdor shaxslarga Alloh iymon-insofini bersin Inshoalloh
Bunday abuturiyentlar kelajakda qanday bóladi.
DTM ôz aybini qanday ôqituvchilarga ag'darayapti. Insofsiz ôz xodiming shu ishni qilmaslik uchun chora topish ôrniga chiqib ketdi ularni tutish kerak deb ôtiribman. Tasavur qilaylik ôz oilamiz orasida maxfiy saqlanadigan sir bor edi u kôchaga chiqgach kim aytdi bizga ayting sharmanda qilamiz ..
Show next 1 comment