Каналимиз обуначилари орасида шу кунларда таълим кредити олган талабалар борми? Жараёнлар қандай кечди, тажрибангиз билан ўртоқлашсангиз.
Ёки таълим кредити олиш учун ариза берган, лекин муаммоларга дуч келганлар борми? Ўша муаммоларни билдирсангиз, тегишли ташкилотларга етказиб, ҳал қилишга ҳаракат қилар эдик.
👉 @xushnudbek 👈
o'qishni ko'chirish bo'yicha ariza topshirgan edik... Arizamiz statusi
"Davlat komissiyasiga taqdim etildi" xolatida turibdi 4/09/2021 dan
buyon... Bu turdagi ko'chirishlar oxiri qanday yakunlanadi? Qanchadur
miqdorda to'lov qilamizmi? Shu to'g'risida ma'lumot bersangiz iltimos...
Assalomu alaykum Xushnudbek aka men Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidanman tumanimizga ta'lim krideti buyicha murojaat qilgan edim Xalq Bankiga ammo ular kafillikka ota-onang, opa-akang dan tashqari bironta odam utolmaydi deyishdi. Men otamning akasi amakimning oyligini quymoqchi edim ular bo'lmaydi deyishdi nima ota-onam davlatdan maosh olmasa men o'qimasligim kerakmi axir men taqdim etdimku aytgan hujjatlarini agar ta'lim krideti olmasam o'qiyolmayman. Kontraktim ham anchagina baland 18 mln. Yeoju technical instutiti in Tashkentga kirgan edim. Ular ta'lim kridetini olsa bo'ladi deyishdi ammo ba'zi bir qushtirnoq ichidagi masul xodimlari ya'ni bank xodimlari hujjatimni qaytarishdi. 1 oktabrgacha tulamasam o'rin kuyadi va o'rnimga vakaunt uringa topahirganlarni olishadi. Shu masalaga e'tibor bering. Javob uchun oldindan rahmat.