Олий таълим вазирлигининг маълум қилишича, тўлов-контракт асосида талабаликка тавсия этилган абитуриентлар учун тўловларни амалга ошириш муддати узайтирилиши кутилмоқда.

Шу ўринда муддатни узайтираётган пайти вакцина олганларга бериладиган чегирма муддатини ҳам узайтириш керак. Аввалроқ 15 ноябрь деб айтилганди. Аммо амалиётда бу муддат вакцина олиш муддати эмас, ҳужжат топшириш муддати дея талқин қилинди. Яъни сентябрда охирги доза вакцина олган бўлса ҳам, 16 ноябрда сертификат олиб келса, қабул қилишмади. Бу умуман мантиққа зид.

Ҳали мен магистратура учун қўшимча қабул жавоблари худди атайин қилгандан кечикиб эълон қилингани ҳақида ҳеч нарса демаяпман.

Хуллас, гап аҳолининг вакцина олиши ва инсон саломатлиги ҳақида кетаётган экан, бюрократик муддатларни олиб ташлаш керак. Аслида қачон вакцина олса ҳам чегирма берилиши керак. Ҳеч бўлмаса, ҳозирги мантиқсиз ҳолатга чек қўйиб, 15 ноябргача вакцина олганларнинг барчасига чегирма бериш керак. Муддатни баҳона қилмасдан.


👉 @xushnudbek 👈

236 comments

Twitter ishlayaptimi?
ЖДПИ да хам шу ахвол
To'g'ri inson salomatli o'ylanyapdimi... uni 1-o'ringa qo'yish kerak unaqa muddatni sog'liqqa nma aloqasi bor
@Xushnudbek Prezident atrofidagi jarayonlardan boshqa narsani yozmay quydingiz sezyapsizmi?
"xalq" ham odam?
Orasta Sattorova G‘uzor t.Apardi MFY qizlar koordinatori
Xushnud aka sizdan bir masalada maslahatlashmoqchiman.iltimos òzingizni huquqiy bilimlariz bilan yordam bersangiz..
HojiSoliyev Doniyorjon (Namuna MFY)
ВАКЦИНАГА ИМТИЁЗ БЕРИЛМАЯПТИ
Tògri Xushnud aka , vaksina olgan hammaga chegirma bòlishi kerak
Адолат Сайдалиева
Ассалому алайкум Хушнудбек. Вакцина олганларга чегирма чет эл ўқув юртларига хам амал қиладими? Аниқроғи Вебстер университетига.
Abdullo
Assalomu alaykum
Vaksina uchun chegirma yil oxiragacha berilsin....
Assalomalekum Xushnudbek aka sizdan bir narsani soramoqchi edim. OTM bitiruvchilari uchun o'tkan yili bitiruv malakaviy ishi qilish ixtiyoriy bo'lgan edi. BMI qilish majburiymi yoki òtkan yildan qanaqadur qonun bn BMI tayyorlash ixtiyoriy qilinganmi shunga aniq javob topishda yordam bersangiz. Universitet masul shaxslaridan soralganida ular bu faqat utkan yili karantin bo'lganligi uchu dgan javob berishdi
Uzemi qanaqa tashkilot kim biladi?
Nimaga vaksina oldim amalga osh
HojiSoliyev Doniyorjon (Namuna MFY)
Ака сизга шунчаки савол. 2-мутахассисликни (сиртқи) ўқиш муддатини 3 йилдан 4 йилга ўзгартиришдан мантиқ борми. Хужжат топширилаётганда ўқиш муддати 3 йил эди. Хамма хужжат топшириб бўлгандан кейин вазир буйруғи деб 4 йилга ўзгартиришяпти.
3ta kontrakt qiynayapti uzaytirsin
Bizning OTM da vaksina sertifikatini chegirmasi keyingi yarim yillik uchun amal qiladi deyishdi. Bu qanchalik qonunga mos? Undan tashqari kontrakt to‘lanish muddati haddan tashqari qisqa muddat etib belgilangan. Bu oliy ta'limda kimdir kimgadir hisob beradimi yoki kim nima xoxlasa o‘shani buyurib bilganini qilaverishadimi? Nega vaksina uchun chegirma to‘liq emas 50% uchun amal qilishi kerak? Qonuniy asos qani bu yerda?
SAPAYEVA
Isiohot inson uchunmi yoki inson islohot uchunmi maqsad aholining salomatligini yoki......
Vaksina olganlik haqidagi sertifikatni topshirgan bo'lsakda hali chegirma qilib bergani yo'q
Assalomu alekum
Lekin vaksina olganlaga imtiyoz berilotgani yo'q degan gaplarniyam eshityammz
Vaksina kontrakt talim sifatini yaxshilab quymaydi. Rektorlarni amaldorlar saylashini.... OTM ga pedagogni propessor deb yozilgan ozi esa bir tiyinga qimmat kadrni ishga olmaslik masalarini kurish kerak. Kontraktni talaba bilan qanday kelishadi qancha chegirma qiladi bu OTM ni ozini muomosi bulishi kerak davlat chiqishi kerak bu jarayonga aralashuvdan
Oilada 2ta kantrakt bo‘lsa yarim yillikni to‘lab berishadi deyilgandi qachon bo‘larkan ariza topshirilgan.
Assalom aleykum Xushnud aka bu chegirma nodavlat va qo‘shma institutlarga amal qiladimi. Shunga aniqlik kiritib bering. Ko‘pchilikni shu savol qiynayapti. Chunki chegirma bermay to‘liq to‘latiyapti
Show next 100 comments