Олий таълим вазирлигининг маълум қилишича, тўлов-контракт асосида талабаликка тавсия этилган абитуриентлар учун тўловларни амалга ошириш муддати узайтирилиши кутилмоқда.

Шу ўринда муддатни узайтираётган пайти вакцина олганларга бериладиган чегирма муддатини ҳам узайтириш керак. Аввалроқ 15 ноябрь деб айтилганди. Аммо амалиётда бу муддат вакцина олиш муддати эмас, ҳужжат топшириш муддати дея талқин қилинди. Яъни сентябрда охирги доза вакцина олган бўлса ҳам, 16 ноябрда сертификат олиб келса, қабул қилишмади. Бу умуман мантиққа зид.

Ҳали мен магистратура учун қўшимча қабул жавоблари худди атайин қилгандан кечикиб эълон қилингани ҳақида ҳеч нарса демаяпман.

Хуллас, гап аҳолининг вакцина олиши ва инсон саломатлиги ҳақида кетаётган экан, бюрократик муддатларни олиб ташлаш керак. Аслида қачон вакцина олса ҳам чегирма берилиши керак. Ҳеч бўлмаса, ҳозирги мантиқсиз ҳолатга чек қўйиб, 15 ноябргача вакцина олганларнинг барчасига чегирма бериш керак. Муддатни баҳона қилмасдан.


👉 @xushnudbek 👈

236 comments

Show 68 more comments
Sayida Shodmonova
Toshkentdagi bu yil ochilgan farmedan ham kiyengi yil perevod qilsa buladima shu haqida malumat bildiganlar bulsa aytivoringlar juda zarur edi javob uchun oldindan rahmat
Usmonaliyev
Yoq xali elon qilingqni yoq
Elon qilinsa bu qonun ichiga super kontrakt xam kiradimi
Chegirma muddati uzaytirilsin
Usmonaliyev
20gacha edi lekn 20 shanba kuni eng qizigi 18-19 kunlari shartnoma olingan
Obbo🤦 bir kunda qanaqa qilib toʻlash mumkin. Sal oldinroq harakat qilmabsizda, shartnomani qaysi kuni olgansiz balkim iloji bordir🤔
LATOFAT SAMANDAROVA
Xa muddat qo'yish noto'g'ri,hammaga bersin
$$$$$$$$$$ $$$$$$$$$$
Хушнидбек Минздрав вакцинанын шегирмасини узайтирип берса булар еди. Уйда ушта контракт аз гина ёрдам булар еди.
Usmonaliyev
Flowers
Obbo🤦 bir kunda qanaqa qilib toʻlash mumkin. Sal oldinroq harakat qilmabsizda, shartnomani qaysi kuni olgansiz balkim iloji bordir🤔
Shartnomani usha kuni tarqatishdida ozi 15 kuni tel qb olib keting didi kese odam ochiret umuman bir kunda olib boladu uji muddat otib ketib qoldi
Лекин вакцина олганлиги ту́грисидаги сертификатни сотиб олиб келаётганлар хам ку́п. Булар ахир бюджетни пулини олиб кетишябтику.
Тўлов муддати фақат хозирги 50 % тўлов учунми ёки қолган 50 % ини 1-2 марта бўлиб тўлаш учун хамми, мартгача бўлган тўловни назарда тутдим?
Rustambek
Xushnudbek aka erkak odamsizda shijoatinggiz so‘nmasin
Вакцина буйича ягона база яратилганми, базадан фойдаланиб контрактни аниклаш мумкинку
Таълим кредитини бериш муддати узайтирмадими? Ким билса айтинглар
Dilyayra Nosirova
Sirtqiga ham chegirma qilishadimi
Asalomu alaykum Hushnudbek aka boshida bizga vaksina olsak kontraktni tuliq summasini 10% miqdorda chegirma deyilgan edi hozir endi kontraktni 50%ni tulaysan keyingi semesrrda qolgan yarmini 50% tulaymiz deyobdi nima bu ahvol maqsad to'lamaslikmi yoki yoshlarga bo'lgan e'tibormi yoki rivojlanayotgan O'zbekistonmi?Bu aytgan gapida turmaslikmi xalq tilida tupurganni qaytarib olishmi? Xalq sizlarga ishonib saylaydi bular esa davri keldi soqqani qilishni uylaydi biz gapirmasak Hushnud aka siz gapirmasayiz kim gapiradi yoki qog'ozda yoshlarga e'tibor kuchli amalda .... .Xullas yoshlar yana Rossiyaga
Assalomu alaykum Xushnudbek aka men talim kreditni olmoqchi edim vaksina olgan talabaga chegirma berilsa bu talim kreditiga ham amal qiladimi yani yillik kantraktimdan 10 % chegirmani chiqarvorib talim krediti beriladimi yoki kredit olgan talabaga chegirma chiqarilmaydimi shu haqida to‘liq malumot ololmayabman javob uchun rahmad
Assalomu alaykum Xushnudbek aka, ijodlar bilan charchamayapsizmi! Bir masalada xolisona maslahatingiz kerak edi. Turmush o`rtog`im Samarqandda maqsadli grantda o`qiydi, men Toshkentda yashayman, doimiy propiska ham Toshkentda. Ayolim ham toshkentga ko`chib keldi, ammo o`qishini maqsadli bo`lgani uchun toshkentga ko`chira olmadi. Endi toshkentda yashab turib samarqandga qatnab o`qishni imkoni bo`lmayapti, shu vaziyatda akademicheskiy olmasdan o`qishni qanday davom ettirsa bo`ladi. Hozir o`qib turgan institutidan so`rab ko`rdik, sirtqi yoki online o`qishni davom ettirishga ruxsat berishmadi. Yana qanday yo`li bor?

Men bir narsani eshitdim, akademik mobillik dasturi bor ekan, shu narsani amalga oshirish tartibi qanday bo`ladi, shu haqida malumot bera olasizmi?
Show next 100 comments