Олий таълим вазирлигининг маълум қилишича, тўлов-контракт асосида талабаликка тавсия этилган абитуриентлар учун тўловларни амалга ошириш муддати узайтирилиши кутилмоқда.

Шу ўринда муддатни узайтираётган пайти вакцина олганларга бериладиган чегирма муддатини ҳам узайтириш керак. Аввалроқ 15 ноябрь деб айтилганди. Аммо амалиётда бу муддат вакцина олиш муддати эмас, ҳужжат топшириш муддати дея талқин қилинди. Яъни сентябрда охирги доза вакцина олган бўлса ҳам, 16 ноябрда сертификат олиб келса, қабул қилишмади. Бу умуман мантиққа зид.

Ҳали мен магистратура учун қўшимча қабул жавоблари худди атайин қилгандан кечикиб эълон қилингани ҳақида ҳеч нарса демаяпман.

Хуллас, гап аҳолининг вакцина олиши ва инсон саломатлиги ҳақида кетаётган экан, бюрократик муддатларни олиб ташлаш керак. Аслида қачон вакцина олса ҳам чегирма берилиши керак. Ҳеч бўлмаса, ҳозирги мантиқсиз ҳолатга чек қўйиб, 15 ноябргача вакцина олганларнинг барчасига чегирма бериш керак. Муддатни баҳона қилмасдан.


👉 @xushnudbek 👈

236 comments

Show 99 more comments
Toĝri men ham
Magistrman
50%ni to'ladim lekin hali 10% chegirma qilmadi
G.Farmonova
Assalomu aleykum.
Xayrli kun!
Hurmatli Xushnudbek,shu mavzuda yozib juda yaxshi ish qilibsiz.
Bizning oilada ham shu muammo hozir.
Bilasizmi o‘g‘lim QMI da ikkinchi kurs talabasi.
Biz ham vaksina oldik,ham sog‘lik uchun ham kontraktga harna yordam deb.
Sertifikatni o‘g‘lim kuratoriga bergan qog‘oz variantini.
Bilasiz yaqindan Tyutor tayinlandi.
Sertifikat avvalgi kuratorida qolgan va o‘g‘lim ham ishonib qolavergan ro‘yxatdan o‘tqazmasi.
Endi sertifikatiz o‘tmaydi,kontraktni to‘liq to‘laysizlar deyapti.
Sertifikatni yil davomida taqdim etishiga ruxsat berishi kerak emasmi?
Ma'lum vaqt belgilash bu mantiqqa to‘g‘ri kelmaydiku?
Bu talabalarni ustidan kulish emasmi?
Shu holatni qanday tushunish kerak,vaqt chegarasi haqida?
Vaksina setifikati elekronnisini bergandik universister so'raganda, keyin 15 ga bir kun qolganda aytishdi qog'oz topshirila deb, ulgurmay 16 sida topshirdik qabul qilmaymiz muddat o'tdi deb turib olishdi, talim vazirligiga telefon qildik elektronnisini topshirdik nega bunaqa qilishyapti deb yordam so'rab, vaqt o'tdi, bu universister ichki qoidasi, dekanat hal qiladi deyishdi. Agar ta'lim vazirligi shunaqa desa, boshqasidan nima kutish mumkin
ВАКСИНА ОЛИШ МУДДАТИ УЗАЙТИРИЛСИН
Izoh talab qilamiz Oliy Ta'lim Vazirligidan!
Assalom alekum Xushnudbek aka siz bergan talabaga madad elon boʻyicha yoshlar agentligiga murojat qilgandim kantrakt to'lab berish boʻyicha xujjatlarni topwirdm maʼqul deb topiwdi lekn biz bilan iwlaydigan masulni ozi yoq xamasi bir biriga aytadi Denov tuman yoshlar agentligi
Salomaleykum aka qishda xorijdan uqishni kuchirish uchun imkoniyat buladimi
Хулкар
Ассалому алайкум Хушнудбек яхшимисиз кушма таьлимда перевод борми .Масалан миллий унверситет билан Казан унверситети хамкорлигида очилган йуналишдан,Миллий унверситетни узига перевод килса буладими.Жавобингиз учун олдиндан рахмат.
Assalomu alekum men bu yil o'qishga kirdim lekin ayrim sabablar bn o'qishga bora olmadim endi hozr o'qishimni boshlash imkonim bormi hujjatlarimni qaytarib bolgani yoq hech qanaqa ariza ham yozmadim
Mastura Atanazarova
Ассалому алайкум. 1-курс сиртки таьлимдан укишни кундузги таьлимга качон кандай тартибда узгартирса булади. 1-курсни узида узгартирса буладими масалан 2-сместирдан
Abdulaziz Abdulatif
Assalomu aleykum Xushnud aka juda xursand boldim shu mavzuni yoritayotganizga men ham Adu talabasiman 3 chi vaksinam 26 noyabrga togri keldi poliklinikamiz 2 tasini oldi 3 chisi 26 chida oladi degan malumotnoma bersada otmadi shuncha harakat qilib qolaverdim oilam 2 farzandim bor 830 ming som ham harna degandik otinib sorardimki oliy talim vazirligi mutasaddilardan hech bolmaganda yangi yilgachami yoki bu yerda inson sogligi hayoti haqida gap ketyapti vaqtini cheklamashini sorardim
Vaksinani sertifikatiga chegirma berish muddati uzaytirilsin
Xushnudbek aka shu masala bizda ham magistraturada o'qiyman institut boshlig'i nomiga bildirgi yozib sertifikatlarni ilova qilib topshirdik hali ham imtiyozdan darak yo'q
Ha bizadayam bermadi. Virus bo‘lganim un vaksinani kech olgandim. 2 chisini ham to‘liq olish kkkan
Alhamdulillah
Assalomu Aleykum Xushnud aka men bu yil Arxitektura qurilish institutiga magistiratura yo'nalishidan 53 ball bilan imtihondan o'tolmadim lekin qo'shimcha qabulga meni olishmadi 40 ball diyishgan edi lekin chaqirishmadi bunga aniq sabab ham ko'rsatishmadi o'qishga imkonim bor o'qishni xoxlayman lekin Arxetektura Unvirsiteti qabul komisyasidagilar xech qanday asosiz rad etishdi
Икром Бекказиев
Вакцина буйича иитиез хакида тугри айтибсиз шу позицияда охиригача хаоакат килинг
Gazini bosing brat yorvaravering xalq orqangizda
Ассалому алайкум Хушнудбек ака ман тошкент шахридаги Ёджу техника институтда 2-курс талабасиман.15 йилдан буён ўрта махсус маьлумот билан таьлим сохасида ўқитувчи бўлиб ишлайман Ўқув ишлари бўйича директор ўрин босарига мани тўлиқсиз олий деб тафикатсиядан ўтказинг десам сен нодавлат олий таьлимда ўқийсан нотарификатсия қилиш керак деб ў.и.б.д.ў.б айтяпти бу қанчалик тўғри жавоб учун олдиндан рахмат
Tori wunaqa umuman mantiqqa zid bu holat
Assalomu alaykum. Haqiqatga yaqin gaplar
Assalomu alaykum Xushnud aka ijara shartnomani soliģi bekor qilindimi, hozrda amaldami yoki 2022-yildan òz kuchiga kiradimi shu masalada oydinlik kiritib bering iltimos.
Show next 100 comments