Олий таълим вазирлигининг маълум қилишича, тўлов-контракт асосида талабаликка тавсия этилган абитуриентлар учун тўловларни амалга ошириш муддати узайтирилиши кутилмоқда.

Шу ўринда муддатни узайтираётган пайти вакцина олганларга бериладиган чегирма муддатини ҳам узайтириш керак. Аввалроқ 15 ноябрь деб айтилганди. Аммо амалиётда бу муддат вакцина олиш муддати эмас, ҳужжат топшириш муддати дея талқин қилинди. Яъни сентябрда охирги доза вакцина олган бўлса ҳам, 16 ноябрда сертификат олиб келса, қабул қилишмади. Бу умуман мантиққа зид.

Ҳали мен магистратура учун қўшимча қабул жавоблари худди атайин қилгандан кечикиб эълон қилингани ҳақида ҳеч нарса демаяпман.

Хуллас, гап аҳолининг вакцина олиши ва инсон саломатлиги ҳақида кетаётган экан, бюрократик муддатларни олиб ташлаш керак. Аслида қачон вакцина олса ҳам чегирма берилиши керак. Ҳеч бўлмаса, ҳозирги мантиқсиз ҳолатга чек қўйиб, 15 ноябргача вакцина олганларнинг барчасига чегирма бериш керак. Муддатни баҳона қилмасдан.


👉 @xushnudbek 👈

236 comments

Show 100 more comments
Mokhlaroyim___
Assalomu aleykum men arizani 16 kuni olip bordim lekin qabul qilishmadi lekin vaksinani ancha oldin olgan edim ayrim sabablarga kora oʻqishni koʻchirish boʻyicha muammolarim bor edi otmga topwirmagan edim lekin qabul qilishmadi
Mokhlaroyim___
Iltimos shu savolimgaxam oydinlik kiritsangiz men Andijon qishloq xoʻjalik instituti da oqiyman Andijon davlat universiteti biologiya fakultetiga oʻqishga kochirgani ariza yozganman hozirgacha javob kelmadi boshida aytilgan edi supper kontrakt asosida oqishni koʻchirishda ruxsat etiladi dep endi arizamda xech qanday oʻzgarish yoq kimga murojaat qilishni ham bilmiman rad ham qilinmadi ozgarishsiz turipdi shu savolga ham iltimos oydinlik kiritip bersangiz kanalizda kutaman menga oʻxshagan talabalar kop
Inomjon Nabiev
НИМА КИЛСИН У БЕЧОРАЛАР ХАМ КАТТАЛАРИНИ БУЙРУГИНИ БАЖАРАДИ. МАНТИК ДЕСАНГИЗ УЛАР МАНТИ ДЕБ ТУШУНАДИ.ЭССИЗ КОРА КУЗ УЗБЕКЛАР ШУНАКАНГИ АХХМОКЛАРНИ КУЛИДА КОЛДИДА
О.К
Ректор олдга киринг тўғри, ё. Адлияга мурожаат қилинг
Е ОНАСИНИ ЕМСИН ХАКИКАТ КИДИРИБ 2 МАРТА ТОШКЕНТГА БОРИБ КЕЛДИМ .УЗИ СУРХОНДАРЕДАН МАН .БИРОР БИР ГАП ЙУК .
Oybek
Тошкент Жаҳон тиллари университетида ҳам эмланганлик сертификати вақтида топширилган бўлса ҳам 10% лик чегирма беришмаяпти...
Portalga yozish kerak.
Boshqasini foydasi yo'q
Shahnoza Odilovna
Assalom alaykum Jahon tillari universitetida ham xuddi shunday holat kuzatildi. Men ham vaksinani 15noyabrgacha olganman. Lekin sertifikatni dekanatga shu muddatgacha olib borish kerak ekanligi haqida xabarim yo'q edi. Endi esa dekanat 10% lik chegirma berilmaydi deyishyapti. Muddatni uzaytirishlarini iltimos qilib qolardim.
Assalomu alaykum. Ushbu 10 % lik toʻlov qachon amalga oshiriladi. Bor gapmi yoki yoʻq. Talabalarga ijara haqining 50 %i toʻlanishi ham qolib ketdi. Universitetlarda IT guruhlari tashkil va ularga dasturlash boʻyicha treninglar oʻtkazish ham qolib ketdi.
Javobingiz uchun rahmat
Xadidja Xo'jamberdiyeva
Assalomu alaykum men horijdan O'zbekistonga perevod qilgandim. 6 ball yetmagandi 8 barobar ekan . O'shanda ham 8 barobari 10% chegirma bilan 53 mln bulyapti. Men yig'ib terib 19 mln topib to'ladim. Shu pulni topish ham oson bo'lmadi bugun kvitansiyalarni universitetga olib borsak marketing bo'limidagilar qabul qilmaymiz deb turib olishdi. O'zi qonunchilikda 25-50% foizgacha deyilgan ekan. Buni universitetdagilar tan olishmayapti. Buyruq chiqmas emush. Xushnud aka iltimos kanalingizda shu haqida ham malumot bersangiz yaxshi bo'lar edi.
Assaolomu alaykum men iyun oyida biollogiyadan milliy sertifikatga topshirgan edim, lekin natijalar elon qilinmadi va pullar o'z egalariga qaytarilishi haqida ishtimoi tarmoqlarda o'qigan edim hozir qanday pulni qaytib olishni bilmayapman iltimos shu haqida yoliq qilib tushuntirishizzi soraradim kimga murojat qilay bu masalada
Assalom u alaykum .Texnekumga hujjat topshirgan edm. Texnekum talabalari 2-kursdan Oliy talimga o'qishni pervod qilsa bo'ladi degan mish mishlar yurpti shu gaplar qanchalk rost !? Javobingiz uchun rahmat
Salom vaksina olganlarga chegirma muddatini uzaytirishni mumkinmi
Men Nav DPI 2-kurs Sirtqi talimda oqiyman 15-noyabrgacha sertfikatni instutga olib borshmni aytilar lek men Jizzax viloyati chekka bir qiwlogda yashayman.
10% chegirma 740 000 lar atrofida bu esa meni Navoyiga instga sertfikatni olib borshmga yo'lkramga ketib qoladi dekanatga tell qilsam online qabul qulmasliklarni aytilar.
Gavhar Habibullayeva Namangan international school
Ukam magistraturaga qo‘shimcha qabul qilindi. 20-noyabrgacha 50% 1yarim barobar kontrakt puli to‘lashi kerak edi. 18-noyabr kuni 5yarim mln to‘lagan. Lekin 19 ming so‘m kam ekan. E‘tibor bermabdi. 21-kuni qolgan 19mingni to‘lab qo‘ydik. Havotirdaman. Buyrug‘i chiqarmikin? Bir kun kechikdi-ku... iltimos javob yozing.
Ассалому алайкум. Фарзандим INXA нинг 2- курс талабаси. 100 % шартнома асосида укийди. Йилига 30 млн сум. Вакцинация августда утган. Лекин INXA вакцина сертификатини белгиланган муддатда олмаган. Давлат рахбари томонн белгиланган 10% чегирма бермаймиз деган. Энг кизиги, укув йилининг биринчи куни 6 - сентябрда шартнома пулини туламаган талабалар укишга, контракт пулини туламагунча беш- олти кун, айримлар икки хафталаб сарсон булиб юришган. Ректор Жалолов
Yusupova M
Assalomu alaykum Xushnud aka men shu yil Otm ga topshirib oʻqishga kira olmadim.Maʼlumotim oʻrta-maxsus maktabda ishlayman.Sentabr oyida 2021-2022 oʻquv yilida otmga imtihon topshirib talabalikka tavsiya etilmagan hozirda maktablarda faoliyat yuritayotgan oʻrta maxsus maʼlumotga ega oʻqituvchilarni otmga qabul qilish,, maqsadli qabulʼʼ ga hujjatlarimizni olishgandi XTBga lekin haligacha xabar yoʻq shu masalada yordam bersangiz iltimos!Viloyatlarda juda koʻp oʻrta-maxsus oʻqituvchilar kutishyapti
MAXINA
Assalomu aleykum yaxwimisz man o'qiwimni Nukus pedagogika institutidan Farg'ona davlat universitetiga ko'chirgandim kontrakt to'lash mudati 20 noyabrgacha edi shartnoma berish muddati ham wu kungacha ekan .lkn man toyim munosabati bln bulardan xabardor emas edim.25 noyabr kuni kontrakt tolamoqchi edim wunaqa diyushdi.shartnoma berishmas ekan sizdan iltimos shu masalani yuqori tashkilotlardan sorab bering shartnomani 20 noyabrdan keyin bermasligini sababi nima endi mani oqishim nima boladi bir yil o'qidim bir yil kontrakt to'ladim .iltimos shu masalaga oydinlik kiritib bering
Мен хам 10% ваксина чегирмасини муддатсиз килишлари тарафдориман сабаби хужайним хам шартнома оркали укийдилар сертификатни топширишга улгурмадик
Soxibov Ğolib
Хуллас ваксина учун куйилган 15 ноябир вактини узайтириш керак перевот килган талабалар орасида ваксина олишга улгурмвганллар жуда купчилиг...
OYGUL SATTOROVNA
Qachon olsa xam chegirma berilishi tarafdorimiz
Show next 86 comments