Олий таълим вазирлигининг маълум қилишича, тўлов-контракт асосида талабаликка тавсия этилган абитуриентлар учун тўловларни амалга ошириш муддати узайтирилиши кутилмоқда.

Шу ўринда муддатни узайтираётган пайти вакцина олганларга бериладиган чегирма муддатини ҳам узайтириш керак. Аввалроқ 15 ноябрь деб айтилганди. Аммо амалиётда бу муддат вакцина олиш муддати эмас, ҳужжат топшириш муддати дея талқин қилинди. Яъни сентябрда охирги доза вакцина олган бўлса ҳам, 16 ноябрда сертификат олиб келса, қабул қилишмади. Бу умуман мантиққа зид.

Ҳали мен магистратура учун қўшимча қабул жавоблари худди атайин қилгандан кечикиб эълон қилингани ҳақида ҳеч нарса демаяпман.

Хуллас, гап аҳолининг вакцина олиши ва инсон саломатлиги ҳақида кетаётган экан, бюрократик муддатларни олиб ташлаш керак. Аслида қачон вакцина олса ҳам чегирма берилиши керак. Ҳеч бўлмаса, ҳозирги мантиқсиз ҳолатга чек қўйиб, 15 ноябргача вакцина олганларнинг барчасига чегирма бериш керак. Муддатни баҳона қилмасдан.


👉 @xushnudbek 👈

236 comments

Show 100 more comments
Ассалому алайкум Хушнутбек. Телеграм канализда аьзоман.
Тиним билмай чарчамай кунда янгиликлар яратасиз.
Доимий кузатувчи мухлисингизман

Ишларизга омад, чарчаманг.
Сиздек углонлар ватанимизда борлиги бу шараф.
Ишларизда омад ёр болсин.
35 ёшдан юкори 3-4 тадан фарзанди бор талаба аёлларга хам канакадур янгиликлар чегирмалар яратиш таклифини киритишингизни кутиб коламиз 🤝
Assalomu alaykum. Tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt miqdorini to'lash ham uzaytiriladimi
Дилобар
Хайрли кун контракт тулов канча муддатга узайтирилди
Rajabov Islomboy
Qachon olsa xam chegirma berilishi tarafdorimiz
HUNARMAND Baxtni izlama izlasang yoningdagi BAXTni ko'rmay, sezmay qolasan
Assalomu aleykum ustoz...shu yil T.K.T.I sirtqi taʼlimga oʻqishga kirdim...oilaviy sharoitim kelishmaydi . TOSHKENTGA BORIB OʻQISHGA ... OʻQISHIM 2021-YIL 29 NOYABRDAN BOSHLANADI...QOʻLIMDA 11 OYLIK QIZIM BOR...UNI USTIGA 7 OYLIK HOMIDORMAN...DEMOQCHIMANKI HOMILADOR YOKI YOSH BOLASI BOR TALABALARGA OʻQISHNI ONLEIN QILSA BOʻLADIMI... ILTIMOS JAVOB YOʻLLANG...KANALIZGA...BILISHIMCHA BU SAVOL KOʻPCHILIKNI QIZIQTIRADI...OLDINDAN RAHMAT.
khamdamova.
Salom Xushnudbek oka 45 balldan yuqori boʻlgan talabalar tumanlarga loviya berilgan edi faqat oʻqituvchilarga edi dakument topshirgan edim xali natijasi kelmayapti qachon natijasini bilamiz iltimos javob ayting
.......$$$$$$.****$$$$$$
Ассалому алайкум хушнутбек ака контракт учун ортикча тулов килинса кейинги йил учун тулов учун кабул килинадими? олдиндан рахмат.
Abdulaziz Yusufov
Bularda mantiq yo'q
Bizda tizim faqat jazolashni biladi
Mantiqni yeb yutib yuborishgan xe gapirsa gap ko'p.....
15- noyabrgacha deyilganda shu kun ham inobatga olinishi kk. Ammo bu rostdan ham mantiqsizdir🤦‍♂️.
Toshimova
Assalomu aleykum
Savollarimizni qanday yullaymiz va qanday javob olamiz
Toshimova
Sport buyicha imtiyozi borlaga sentyabrda dars bowlanishi kk edi . Ammo har kuni sanasi uzgartirilyapdi . Endi bizga yangi yildan kn yoki 2 smestrdan kn deyishyapdi
Shunga oydinlk kiritib bering
Toshimova
Qanday hollarda perevot qilsa buladi uz hududiga
MMMMM🌸💮🌸💮
Хушнудбек диом хакикатни гапирасиз сизни роса хурмат киламан
Sharof Yarashboyev
Sharof Yarashboyev:
ASSALOMU ALAYKUM MEN UrDU Da MAKTABGACHA TAʼLIM YOʻNALISHIDA OʻQIR EDIM BU YIL OʻQISHIMNI OʻzMU NING PSIXOLOGIYA YOʻNALISHIGA KOʻCHIRDIM MAMURYAT TOMONIDAN SIZNING 2 TA FANDAN RAZNITSANGIZ BOR EKAN SHUNING UCHUN 3.295 MING TOʻLOV QILING DEYISHDI. MAMURYAT TOʻGʻRI TALAB QILAYAPDIMI? Javob uchun oldindan raxmat!

Asos: VMQ 824-sonli va 393-sonli qarori dedi.
Assalomu alaykum xushnudbek aka man bu yil urdu ning tuproqshunoslik fak ning sirtqi bo‘limiga o‘qishga kirdim lekin oilaviy sharoitim to‘ri kemagani uchun kantrakt pulini 20 noyabrgacha to‘lamadim 20 chi kuni shanba edi to‘layman disam bankda kassadagila ishlamas ekan 22 chi sanada sirtqi bo‘lim bilan gaplashsam aytdilarki vazirlik yopib tashlagan ekan agar dekabr oyigacha ochilsa to‘lirkanman bo‘masam o‘qishdan qolarkanman uzi 2 yil kirganman o‘qishga yana o‘qiyomiy qosam manga qanaqa maslahat berolisiz iltimos yordam bersayiz oldindan katta raxmat
Toʻppa toʻgʻri, tezroq yuqoridagila koʻrib chiqishsa yaxshi boʻlardi buni. Masalan menxam 20- noyabrda kantrakni 50% ni toʻladim, 2- vaksinam 26 noyabrda olaman
Saidaxmadovna
Assalomu alaykum vaksina bòyicha sizni bezovta qilaman yana uzuzr òtkan yilgidan qolgan ozgina qarzi bòlib lekin vaksina qoģozini olib borsa nima uchun qabul qilmayapti talaba biladi yopadi kantraktin sharoit bòlmayothandir lekin vaksina qoģozini qayatarvorish òrinsizku bu yilgi kantirakti hanna kamayadiku hamma ham bir xil tòlab tashlolomiydiku kantraktni ham ishlab ham oilani boqishi kk vaksina varoģini olib kantrakt pulini ozgina kamaytirib bersa bòladiku
Umidjon
Toppa tugri
Muhammad Jahongirov
Ха муддат қўймасдан чегирма қилиш керак .
Kamalov
Assalomu aleykum man savolim vaksina olganlarga 10% chegirma xaqida chegirma kantraktni umumiy miqdoridan kamaytiriladimi yoki 50 foizidanmi masalan kontrakt 8 million shundan 800 ming kam to'lash kerakmi yoki 4 millionni 10 foizini chegirma qiliwadimi iltimos shu savolimga javob bersangiz oldindan rahmat
Show next 64 comments