Yotoqxona ochilmasa, studentlarni pandemiya sababli uylarga joylolmasak nima qilamiz? Online darslar ham yaxshi bo'layotgan edi . Bu mening fikrim. Talabalarga qiyin xozirgi vaqtda.
Zulkhayo Parakhadova | Uzbekistan
Assalamu aleykum Xushnudbek aka! Fikringizga 1000% qòshilaman. Endi chekka viloyat va qishloqdagilar qiynaladigan bòldi. Òzim ham talabaman, ukam va singlim ham talaba. Buning ustiga hammamiz kontraktmiz. Endi bizlarda òqishga borib - kelish xarajatlari, pul muammolari boshlandi. Haqiqatan òqiyman degan odam online ham òqiydi, òqimiydiganlar an' anaviyda ham baribir òqishmiydi. Katta rahmat xalqni òylaganingiz uchun. Iloyim fikrlarizi inobatga olishsin
Asalimalekum man ozim talaba bolganligim uchun ozim bildim onlayin darslar umuman sifatsiz internet muammo, darslarni tushunish biroz qiyin man, an'anaviy oqish tarafdoriman
Тўлаков Улуғбек
Талабага мазза ота-онага жабр бўлди. Буни ўйлайдиган одам йўқми. Сўровномада ҳам ота-оналар номидан талабалар жавоб берган. Чунки уларга озодлик керак, ота-она назоратидан безиб кетган. Ҳали ўзлари ҳам ота ёки она бўлишади, бизларни тушунади лекин ўшанда кеч бўлади.
Ассалому алайкум. Фикрларингизга 100 фоиз кушиламан.Янги йилдан кейин бошлаш керак эди.
Xondamir Xonda
Assalomu alaykum Xushnudbek sizga savolim bor edi bitta oilada 3 ta kantrak bola o'qisa,ularga kantrak puli 30% chegirma qilinadi deb eshitdim bu qanchalik to'gri? Yoki yurtimizda shunaqa qonun bormi?
Madina
Assalomu alekum Xushnudbek aka fikrlarizga qo'shilaman juda to'g'ri gaplarni aytgansz nima uchun shu qarorni chiqarayotganlar oddiy xalqni o'ylashmaydiya sizga o'hshab, yangi yildan keyin boshlashsa ham bo'lardi o'zingiz aytganingizday 1oy da ta'lim sifati oshib qolmaydi
Соҳибахон Абдуллаева
Гапизга 100% қўшиламан.Янги йил арафаси ўқиш учун эмас ўйин кулгу учун чалғишади.Хар томонлама талабаларни ўзига ҳам ўқитувчиларни ўзига ҳам муаммо кўпаяди.
Assalomu alaykum, rahmat aka sizga. Men Rishton tumanidan, Fatg‘onaga qatnab o‘qiyman, hozirgi kunda borib olish uchun 20 ming so‘m harajat qilish kerak,qaytishga ham shuncha, va albatta o‘qish boshlansa bu narx oshishi aniq, abed eng kambag‘aliyam 10 so‘m, bu degani bir kunda kamida 50.60 ming so‘m harajat, o‘zi 428 ming so‘m stependiya olsak, oilamizda hech kim ishlamasa, bizdakalar nima qilish kerak, nima o‘qishni tashlab yuborish kerakmi endi, Ollohim o‘zing sabr va quvvat bergin.
Assalomu aleykum. Ananaviy o'qigan yaxshi deb o'ylayman. Bekordan bekor kantrak to'lab uyda ko'r ko'rona o'qishga qarshiman. Qachongacha kasallikdan qo'rqib uyda yashirinib o'tiramiz. Biz darsga bormasak ham ko'chaga chiqmasak ham pul topaman yediraman ichiraman deb ota onalatimiz ko'chaga chiqishadi. Man qishloq tomonda turaman. Bizda internet chetda tursin telefonda gaplashish uchun tashqariga teparoqqa chiqish kerak. Vazirlikni qarorini maqullayman. U uerdagilar bir ikki ikishini emas ko'pchilikni o'ylab qilishyapti bu ishni. Talim tizimimiz ham bizni talabalar ham onlaynga tayyor emas. Onlaynni maqullayotganlarni kopchiligi uyda utirishga urganib qolganligi uchun onlaynni maqullayapati. Talabalardan ruy rost imtihon olsalaringiz. Onlayn talimni qanaqa uzlashtirayotganliklarini bilib olasiz. Barbir ananaviy talim yaxshi. Man kasallikdan qo'rqmayman. Man ko'r ko'rona o'qib bilimsiz bo'lib qolishdan qo'rqaman. Alloh peshonamga yozganini ko'raman. Agar ertagayoq dars desa jon deb universitetga boraman.