Nega biz Amerika, Hindiston yoki Yaponiya boʻla olma(ymiz)dik?
Bir kun oldingi
postimda ham alohida ta'kidlagan edim, farzand ta'limiga kiritilgan investitsiya - eng yaxshi sarmoya.
Yuqoridagi izohni yozgan inson qoyil qildim deb hisoblayotgan bo‘lsalar kerak. Nima ham derdik, farzandlarimiz kelajagi uchun emas "to‘y hasham, sarpo suru, cola-fanta, pista saqich,..." larga va odamlar "oooo" deyishi uchun pul sarflab yuraverar ekanmiz, hech qachon rivojlanmaymiz. Eng qizig‘i mobil ilovamizda oyiga maksimal (agar hamma testda qatnashsa) 45.000 so‘m bilan qatnashish mumkin. Bir oyga!!!
Katta xarajatlar bilan bo‘lsa ham Playmarketga qayta joylab, yana oldingidek
reklama orqali tanga ishlashni tiklashga harakat qilayotgan vaqtimizda zo‘r dalda bo‘ldi bu izoh bizga, tashakkur.
P.S: Ilova yaratilishiga, uni ishlashi uchun hostingga, testolog, tarjimon, ekspert, texnik xodimlar, xatto ro‘yxatdan o‘tishda sizga keladigan sms uchun ham pul to‘lashimizni bilganingizda edi. Exx...
Siz qanday fikrdasiz?
Sardor aka o'zingiz aytgandek tushuntirish shart emas.
Oyiga bir bolasi uchun 600-700$ sarflayotganlarni ko'rdim.
Bunday katta loyihalar qanchalik mehnat va sarmoya talab qilishini tushunish uchun katta aql kerak emas.
Bu kabi platformalar davr talabi, ularning yanada rivoj topishi yo'lida charchab hormanglar
Alloh madadkor bo'lsin!
Guruch kurmaksiz bo'lmaydi. Ilmga intilayotgan odamlar juda ko'p.
Shaxsan men ijobiy o'zgarishlarni his qilyapman. Bu yurt insonidan nolishdan foyda yo'q. Hamma tushunib yetguncha "tushunganlar" harakat qilishi kerak deb hisoblayman