Nega biz Amerika, Hindiston yoki Yaponiya boʻla olma(ymiz)dik?
Bir kun oldingi
postimda ham alohida ta'kidlagan edim, farzand ta'limiga kiritilgan investitsiya - eng yaxshi sarmoya.
Yuqoridagi izohni yozgan inson qoyil qildim deb hisoblayotgan bo‘lsalar kerak. Nima ham derdik, farzandlarimiz kelajagi uchun emas "to‘y hasham, sarpo suru, cola-fanta, pista saqich,..." larga va odamlar "oooo" deyishi uchun pul sarflab yuraverar ekanmiz, hech qachon rivojlanmaymiz. Eng qizig‘i mobil ilovamizda oyiga maksimal (agar hamma testda qatnashsa) 45.000 so‘m bilan qatnashish mumkin. Bir oyga!!!
Katta xarajatlar bilan bo‘lsa ham Playmarketga qayta joylab, yana oldingidek
reklama orqali tanga ishlashni tiklashga harakat qilayotgan vaqtimizda zo‘r dalda bo‘ldi bu izoh bizga, tashakkur.
P.S: Ilova yaratilishiga, uni ishlashi uchun hostingga, testolog, tarjimon, ekspert, texnik xodimlar, xatto ro‘yxatdan o‘tishda sizga keladigan sms uchun ham pul to‘lashimizni bilganingizda edi. Exx...
Siz qanday fikrdasiz?
Notogri tushunmang, mening ota-onam ham ustoz, va ustozlarga bolgan hurmatim cheksiz.
Mana sizga tangani yana bir tomoni.
Ilova majburiymi?
Ilova - smartfoni bor odamlargina ishlata oladi. Sababi oddiy telefonlar programmani ishlata olmaydi. Smartfonga puli yetgan odam oyiga 45.000 soʻm (aslida unga bormaydi) topa olmasligi aqlga sigʻmaydi. Eng arzon smartfon 2 mlndan qimmat. Oyiga kamida 45.000 internetiga ham toʻlaydi.
Biror tekin va foydali ilova topsangiz bizga ham ayting.
Qoʻllab yozganingiz uchun tashakkur, boshim yerga tekkuncha ta’zimdaman. Loyihalarimizdan hech qachon foyda topish maqsadimiz boʻlmagan. Haligacha foyda ham topmadik. Agar moddiy manfaat koʻrsak oʻsha pulni ham xayriya va yangi loyihalarga ishlatamiz deb qaror qilganmiz.
Skrinshotda e’tibor bergan boʻlsangiz muallif nomi yashirilgan edi. Ularga shaxsiy adovatim yoʻq. Lekin oʻrinsiz gaplar bizning ishchalik qobiliyatimizga ta’sir qilishini bildirib qoʻyishib shart edi. Meni onam, juft-u halolim oʻqituvchi. Oʻzim ham shogirdlarimga ustozman. Bu yerda oʻqituvchilikka tegishli gap ham yoʻq aslida.
Salomat boʻling. Sizning mehringiz ila yangi kuch bilan ishlashga harakat qilamiz.
ozim ham oqituvchiman, pulsiz loyihalar bardavom bolmaydi, Sardorning bu gapiga 100% qoshilaman. keuin Sardorni hammamiz bilamiz, ozi avvalambor shu yutuqlardan bosib otib, bowqalarga motivatsiya beradi. bolalar uchun matenatikadan" kumir' inson . shunday platformalar uchun qancha tolansa ham oz.