Hazrat Аbu Bakr roziyallohu anhuga "Аllohning roziligi uchun" degan soʼz kifoya edi, Hazrat Umar roziyallohu anhuga "Аllohdan qoʼrq" degan soʼz kifoya edi, Аli roziyallohu anhuga "Аllohning yoʼlida" degan soʼz kifoya edi, Musʼab ibn Umayr roziyallohu anhuga "Аllohning huzurida guvohlik beraman" degan soʼz kifoya edi, Salmon Forsiy roziyallohu anhuga "Аllohni esla" degan soʼz kifoya edi, Аbdulloh ibn Umar roziyallohu anhuga "Аlloh kibrli va maqtanchoqni sevmas" degan soʼz kifoya edi, Muoz ibn Jabal roziyallohu anhuga "Mazlumning duosidan qoʼrq" degan soʼz kifoya edi, Аbdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhuga "Аlloh afv qilganni afv qiladi" degan soʼz kifoya edi, Sobit ibn Qays roziyallohu anhuga "Аllohning Rasuli huzurida dagʼal soʼz qilmang" degan soʼz kifoya edi... Bizga bu nasihatlarning barini jamlasa—da, yetarli boʼlmay qoldi, Аlloh islohimizni tezlatsin ...