Жорий йилда айрим йўналишларда фанлар мажмуаси ўзгартирилди

Хабарингиз бор, куни кеча Давлат қабул комиссиясининг баёни билан жорий йилги тест синовларида қўлланиладиган фанлар мажмуаси тасдиқланди. Фанлар мажмуасида ўтган йилгига нисбатан айрим йўналишларда ўзгаришлар кузатилган.

Расмийлар берган маълумотларга кўра, жами 461 та йўналишнинг 7%ида фанлар мажмуаси ўрни алмашган, яъни биринчи фан иккинчига айланган ва аксинча. 2,8% йўналишда эса битта фан ўзгарган. Фақат битта йўналишда 100% ўзгариш бўлган, яъни Биотиббиёт муҳандислиги йўналишида иккала мутахассислик фани ҳам алмашган.

❓Қайси йўналишларда қандай ўзгариш бўлди?

Фанлар мажмуасини таҳлил қилиб чиқиб, қуйидаги ўзгаришларни кўрдим. Балки яна бирортаси қолиб кетгандир, аниқланса қўшиб қўяман.

5313000 Биотиббиёт муҳандислиги

✅ Жорий йил: физика ва математика
❌ Ўтган йили: биология ва кимё

***

5313400 Геодезия ва геоинформатика
5311500 Геодезия, картография ва кадастр (функциялари бўйича)
5311501 Геодезия, картография ва кадастр (қурилиш)
5140800 Геология (фаолият соҳаси бўйича)
5311301 Кадастр (кўчмас мулк кадастри)
5311300 Кадастр (фаолият турлари бўйича)
5311302 Кадастр (ҳудудлар давлат кадастри)

✅ Жорий йил: математика ва физика
❌ Ўтган йили: математика ва география

***

5340202 Бино ва иншоотлар қурилиши (транспорт бинолари)

✅ Жорий йил: математика ва физика
❌ Ўтган йили: математика ва чет тили

***

5111200 Ўзбек тили ва адабиёт

✅ Жорий йил: ўзбек тили ва адабиёт ҳамда чет тили
❌ Ўтган йили: ўзбек тили ва адабиёт ҳамда тарих

***

Журналистика йўналишлари

✅ Жорий йил: касбий (ижодий) имтиҳон ҳамда чет тилидан тест
❌ Ўтган йили: она тили ва адабиёт ҳамда чет тили (иккаласи ҳам тест)


👉 @xushnudbek 👈

270 comments

Show 31 more comments
Assalomualaykum Hushnudbek aka
Bitta savolim bor edi shu yil yurispretensiya ta'lim yo'nalishlarida imtihonlar tarix fanida qoldi keyingi yil Huquq faniga o'zgarishi mumkinmi hozir ikki yildan buyon tarix o'qisak keyin Huquqga almashsa o'rganish qiyinku to'g'rimi javob uchun oldindan rahmat
Bu abiturientlarning mehnatini qadrlaylik nima maqsadda oʻzgartirib quyadi 2 oy qolganda
Mansur Abdumuratov
Abituryentlar yillar davomida o'z yoqtirgan yo'nalishi bo'yicha tayyorgarlik ko'rishida. Qolganlar esa seni nima qilayotganingga qiziqmaydilar ham. Qancha o'quvchilarim yig'lab qolyapti. Men ularni ko'rib chidash berolmayapman
Bu isqirt QABUL KOMISSIYASIga barcha ONA TILI va ADABIYOT va TARIX fani òqib, Alisher Navoiy universiteti Òzbek tili va Adabiyoti yonalishiga kirmoqchi bòlgan abituriyentlardan alangali LA'NATLAR. Isqirtlar 3 oy qolganda ozgartirasanmi. He seni osha urug aymoģinga eshshakni qotagi
ИЖОДИЙ КАСБИЙ ИМТИХОНЛАРНИ ХАМ БУ ЙИЛГИ МЕЗОНЛАРИНИ БИЛИБ БЕРИНГ ХУШНУДБЕК АКА
ХАР ЙИЛИ УЗГАРТИРИШ КИРИТИЛАДИ
МАСАЛАН ТАСВИРИЙ САНЪАТ ВАМ МУХАНДИСЛИК ГРАФИКАСИ
Otabek Allayorov
Endi ulgurmaydiku aytaylik, tarix o‘qib yurganlar birdan chet tilini o‘qishga. Bu o‘ta ketgan ahmoqgarchilikdek tuyulyapti menga. Shuni o‘tgan yil sentyabrda aytsa bo‘lmaydimikan?
Mashhura Haydarova
Ha, ayniqsa, òzbek tili yo'nalishda. Shu yo'nalishga kiraman deb 3 yildan beri òqiyotganlar bor edi. Endi ular shunday qolishaveradimi
O'zbekiston O'zbekiston O'zbekiston bu.
Abituryentlar chetel oqishlariga topshirorilar. Kamroq afsuslanasila
Elbek Raxmatullayev
Exx Ta'lim metodislariga kimlar o'tiribdi naqadar ayanchli xolat Geodeziya Kartografiya nomi bilan aytib turibdiku geografiya kerakligi bekorga 2-blokni geografiya qilgani yo'q ediku kim yana bunga fizikani qo'shdi qoyile
Bu yilgi abiturientlarga qiyin bolarkanda🙁🙁🙁
Mashhura Haydarova
Juda tushkun kayfiyatga tushib qolishdi
Akmal Turdaliyev
Rossiyaga topshiring afsus qilmaysiz
Assalomu alaykum Xushnudbek aka bilan qanday bog'lanish mumkin aytvoring
Malohat
Maqsad imtihondan yiqitish shekilli. Kvotadan oshib ketardi har yili. Testlarni soddalashtirdi, endi yo'nalishlar o'zgardi. Umuman tayyorlanmagan fanidan imtihon topshiradi. Xaaa, nimadir o'ylab topish kerak edi , Afsus ((
Ассалому алейкум. Узбекистан ичида перевод олиш буйча хам малумотлар чикарсангиз илтимос. Оллиндан катта рахмат
Biotibbiyotga matematika, fizika nima aloqasi bor biologiya va kimyo qolgani yaxshi edi o‘zi. Nima qilayotganini bilmaydi bular
Ona tiliga bu yilcha tarixni qaytarilarrr
Assalomu alaykum
Toshkent arxitektura qurilish instituti Arxitektura yonalishda matematika ona tili qilib qoyishgan asosiy fanlarni
Oldin ijodiy boʻlar edi
Ona tili adabiyot oqib Arxitektura ga kirib ketishvotti
Chizishni biladigan , Arxitekturaga qiziqadigan va tushunadiganlar qolib ketyapti
Show next 100 comments