Жорий йилда айрим йўналишларда фанлар мажмуаси ўзгартирилди

Хабарингиз бор, куни кеча Давлат қабул комиссиясининг баёни билан жорий йилги тест синовларида қўлланиладиган фанлар мажмуаси тасдиқланди. Фанлар мажмуасида ўтган йилгига нисбатан айрим йўналишларда ўзгаришлар кузатилган.

Расмийлар берган маълумотларга кўра, жами 461 та йўналишнинг 7%ида фанлар мажмуаси ўрни алмашган, яъни биринчи фан иккинчига айланган ва аксинча. 2,8% йўналишда эса битта фан ўзгарган. Фақат битта йўналишда 100% ўзгариш бўлган, яъни Биотиббиёт муҳандислиги йўналишида иккала мутахассислик фани ҳам алмашган.

❓Қайси йўналишларда қандай ўзгариш бўлди?

Фанлар мажмуасини таҳлил қилиб чиқиб, қуйидаги ўзгаришларни кўрдим. Балки яна бирортаси қолиб кетгандир, аниқланса қўшиб қўяман.

5313000 Биотиббиёт муҳандислиги

✅ Жорий йил: физика ва математика
❌ Ўтган йили: биология ва кимё

***

5313400 Геодезия ва геоинформатика
5311500 Геодезия, картография ва кадастр (функциялари бўйича)
5311501 Геодезия, картография ва кадастр (қурилиш)
5140800 Геология (фаолият соҳаси бўйича)
5311301 Кадастр (кўчмас мулк кадастри)
5311300 Кадастр (фаолият турлари бўйича)
5311302 Кадастр (ҳудудлар давлат кадастри)

✅ Жорий йил: математика ва физика
❌ Ўтган йили: математика ва география

***

5340202 Бино ва иншоотлар қурилиши (транспорт бинолари)

✅ Жорий йил: математика ва физика
❌ Ўтган йили: математика ва чет тили

***

5111200 Ўзбек тили ва адабиёт

✅ Жорий йил: ўзбек тили ва адабиёт ҳамда чет тили
❌ Ўтган йили: ўзбек тили ва адабиёт ҳамда тарих

***

Журналистика йўналишлари

✅ Жорий йил: касбий (ижодий) имтиҳон ҳамда чет тилидан тест
❌ Ўтган йили: она тили ва адабиёт ҳамда чет тили (иккаласи ҳам тест)


👉 @xushnudbek 👈

270 comments

Show 45 more comments
Akmal Turdaliyev
Rossiyaga topshiring afsus qilmaysiz
Assalomu alaykum Xushnudbek aka bilan qanday bog'lanish mumkin aytvoring
Malohat
Maqsad imtihondan yiqitish shekilli. Kvotadan oshib ketardi har yili. Testlarni soddalashtirdi, endi yo'nalishlar o'zgardi. Umuman tayyorlanmagan fanidan imtihon topshiradi. Xaaa, nimadir o'ylab topish kerak edi , Afsus ((
Ассалому алейкум. Узбекистан ичида перевод олиш буйча хам малумотлар чикарсангиз илтимос. Оллиндан катта рахмат
Biotibbiyotga matematika, fizika nima aloqasi bor biologiya va kimyo qolgani yaxshi edi o‘zi. Nima qilayotganini bilmaydi bular
Ona tiliga bu yilcha tarixni qaytarilarrr
Assalomu alaykum
Toshkent arxitektura qurilish instituti Arxitektura yonalishda matematika ona tili qilib qoyishgan asosiy fanlarni
Oldin ijodiy boʻlar edi
Ona tili adabiyot oqib Arxitektura ga kirib ketishvotti
Chizishni biladigan , Arxitekturaga qiziqadigan va tushunadiganlar qolib ketyapti
Rayxan Kabulova
Yil boshida nega aytmaydi shu oʻzgarishni mening qizim ham ona tili tarix edi 3 oy qolganda eʼlon qilindi yilda yil oxirida bir oʻzgarish qiladi oʻylab koʻrmaymi avval
🌝🌝🌝
Abuturentlar bi necha yillab o'zbek tili va dabiyot yunaalishi bo'yi tarix faniga tayyorlanib kelishdi. Lekin bu holat tarix fanining olinishi nohaqlik bulayapdi. Agar shunaqa bulishi kerak ekaan oldindan ogohlantirishlari kerak edi. Hozir endi imtihonga 2oy qolganda qanday ingliz tiliga tayyorlanamiz oz muddat qolganda kim uquvchi tayyorlaydi endi. shularni uylaab kurishdimi hech. Bu qaror kiyingi yildan kuchga kirsa ham bulardi.
Кейинги йилга килиш керак.
Assalomu aleykum. Bunday òzgarishlar oquv yili boshida yani sentyabrdan bo'lishi kerak emasmi 8oy bitta fanga tayyorlanib yurishsayu yòq endi òzgarishlar bòldi endi 3oyda boshqa fanga tayyorlan deyish nohaqliq qu. Asosiy fanlarga ham teng ball berilishi kerak. Nega 1chi fanga 3.1 ball berilyapdi ikkla fanning ham ahamiyati birdekqu endi hamma bor etiborini 1chi faniga qaratadi. Iltimos bunaqa òzgarishlarni qilmoqchi bolsalar oquv yilini boshida qilsinlar bie emas shuncha talaba bolish istagida yurganlarning ustidan kulib ularni qòģirchoqday òynash ku bu ahir🥺
Geogragiya ni qaytarish kerak
Shu yil uz joyiga qaytarilar iltimos kelasi yildan Amal qilsin bu ahmoqona qarorlar
Prezidentga murojaat qilaylik.Bu yilgi bechora bolalar uvol bo'lmasin
мохи
Абитурентлар одаммас еканда буларни бошқа қиладган ищи йоқми осон еканда фан озгартириш нима хақи бор 3 ой қолганда озгартириб ертароқ озгартириш керак еди ойинчоқмасмиз биз буларга
DTM nimaga kerak o'zi
.💦
Ona tili-tarixdagi qolgan yo'nalishlarga odamni topshirgisi ham kelmaydi.Eng yaxshisi o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi edi...Sentabrda chiqarsa bo'lardi bu qonunni😐😐😐😐
Bu Aqlsizlarga hech aql kirmaydi yil oxiriga kelib qiladi hamma xunarini. Majburiy fanlarga 10 tadan savol qoʻyib 11 ball bergandan koʻra umuman olib tashlasa boʻladi. Keyingi yillarda hech kim eʼtibor ham bermaydi
мохи
Қиладган ишини йоқотиб қойган фан озгартириш
Salimov Sayyodjon .....
O‘zbek tilini rasvo qilishdi abiturientlarning ba‘zilari 2-3 yildan buyon tarix o‘qib kelishayotgan edi. Birdan imtihonga 3 oy qolganda blokni o‘zgartirib balo bormi. Shu niyat bor ekan a baraka topkur sentabr e‘lon qilib qoy. Exx...
Show next 100 comments