Жорий йилда айрим йўналишларда фанлар мажмуаси ўзгартирилди

Хабарингиз бор, куни кеча Давлат қабул комиссиясининг баёни билан жорий йилги тест синовларида қўлланиладиган фанлар мажмуаси тасдиқланди. Фанлар мажмуасида ўтган йилгига нисбатан айрим йўналишларда ўзгаришлар кузатилган.

Расмийлар берган маълумотларга кўра, жами 461 та йўналишнинг 7%ида фанлар мажмуаси ўрни алмашган, яъни биринчи фан иккинчига айланган ва аксинча. 2,8% йўналишда эса битта фан ўзгарган. Фақат битта йўналишда 100% ўзгариш бўлган, яъни Биотиббиёт муҳандислиги йўналишида иккала мутахассислик фани ҳам алмашган.

❓Қайси йўналишларда қандай ўзгариш бўлди?

Фанлар мажмуасини таҳлил қилиб чиқиб, қуйидаги ўзгаришларни кўрдим. Балки яна бирортаси қолиб кетгандир, аниқланса қўшиб қўяман.

5313000 Биотиббиёт муҳандислиги

✅ Жорий йил: физика ва математика
❌ Ўтган йили: биология ва кимё

***

5313400 Геодезия ва геоинформатика
5311500 Геодезия, картография ва кадастр (функциялари бўйича)
5311501 Геодезия, картография ва кадастр (қурилиш)
5140800 Геология (фаолият соҳаси бўйича)
5311301 Кадастр (кўчмас мулк кадастри)
5311300 Кадастр (фаолият турлари бўйича)
5311302 Кадастр (ҳудудлар давлат кадастри)

✅ Жорий йил: математика ва физика
❌ Ўтган йили: математика ва география

***

5340202 Бино ва иншоотлар қурилиши (транспорт бинолари)

✅ Жорий йил: математика ва физика
❌ Ўтган йили: математика ва чет тили

***

5111200 Ўзбек тили ва адабиёт

✅ Жорий йил: ўзбек тили ва адабиёт ҳамда чет тили
❌ Ўтган йили: ўзбек тили ва адабиёт ҳамда тарих

***

Журналистика йўналишлари

✅ Жорий йил: касбий (ижодий) имтиҳон ҳамда чет тилидан тест
❌ Ўтган йили: она тили ва адабиёт ҳамда чет тили (иккаласи ҳам тест)


👉 @xushnudbek 👈

270 comments

Show 100 more comments
Bular uchun xalq fikri bir tiyin ekan yana demoktatiya
Paxta emes biraq Hushnudbek uyde shay iship otir ekensiz tusimde Nokiske kelseniz aytin bir shay bereyin
Qishloqda mardikorlik qilib repga 5 ta domlaga millionlab pul berib o'qitib endi tugab qoldi imtihonga kam qoldi deb turgan joyida qilgan ishini qarang
Sõkinay desam mumkinmas.Sõkinmay desam ham iloji bomayapti ee.
Gapi qisqasi karochi DTM dagi qo'ylar mani taqdirimi 2 yil oldin o'zgartirgansala tarixga ona tilini o'rniga geografiya qo'yib yana shu xunarlarni boshladilarimi san qoylaga maslaxatim endi ona tili va adabiyot fakultetiga kirish uchun kimyo va fizika qilila hahaha
Yaxshi bo'pti uri qaror o'zgarmasin kuchida qolsin
Abituriyentlar va ota-onalarining ustidan kulish bu. O'quvchilarimiz 3 yildan beri "Ona tili o'qituvchisi bo'lamiz " deb harakat qilishgandi. Izohda 2,8% deyapti, ammo sonda hisoblang, o'n mingdan ziyod insonni kelajagini, orzularini poymol qilishdi. Nega yilning boshida e'lon qilishmadi? Izoh berganda, faqat gapni olib qochishadi. Qachongacha yuqoridagi amaldor oddiy xalqning ustidan kuladi?! Xalqning e'tirozi nega bir tiyinga ham o'tmaydi? Nachora, biz mana shunday "O'zbekiston"da yashashga va uning "amaldorlari" chiqargan "buyuk" qarorlariga bo'ysunib yashashga majburmiz!!!
Qaror o"zgartirilmasin bilimi borlar kirsin o'qishga inshaalloh
Pora umuman bo'lmasdi imtiyozlar kivotalar amalga olsin
Assalomu Alaykum Xushnudbek aka
Avvallari Oʻzga tilli guruhlarda Rus tili yo'nalishida Birinchi fan Rus tili ikkinchi fan esa Oʻzbek tili edi. Bu yil Oʻzbek tili birinchi fanga chiqdimi?
Qani bu adolat. Nima 3 oyda qolganda o'zgartirish kirifadi. Yo o'quv yilini boshidamas. Nimaga shularni bu qarori bilan qiziqadigan tashkilot yo'q. Bunaaa axmoqona qarorlar chiqarishdan maqsad nima?
Assalamu aleykum men hozi FJSTI da biotibbiyot yonalishida 2 kursda oqiman meni kelajakim qanaqa boladi endi
O'tkir Normatov
Bosh ko'tarish kerak. qo'zg'alish kerak xalq. oq bayroq ko'k bayroqlarni olib ko'chaga chiqinglar
Oʻzbekistonda meting qilishdi jazosi bor endi bularga farqi yuq boshqa iloj ham yoqda brat
An’andan chetlashib, erta kunda e’lon qivorishiptiyu-e.Xalq oʻrganib qolgandi 24soat oldin eshitib!..
Shuncha payt ona tili va adabiyot va tarix o'qigan. Vaqtini kerak bo'lsa mablag'ini sarflab tayyorlangan o'quvchilarni taqdirini hech o'ylab ko'rdimikin bular
Assalomu aleykum o'zgarishlar faqat shu fanlardan xolosmi pedagogikada yomi
Ehh abituriyentlar silarga ham qiyin boʻldi 3 oy qolganda fanlar oʻzgardi imtihon bulib oʻtgandan keyin mandatni kutasilar bir oy hayot shunisi bn qiziq ekanda
Yusupova Shirin Karimbayevna
Assalomu alaykum. DTM mutasaddilaridan shu narsani iltimos qilib qolar edikki, faqat shu yili til+tarixni qaytarib berishlarini iltimos qilamiz. Axir bitiruvchining taqdiri, necha yillik mehnati kuyib ketayapti-ku! O'zbekistonda o'zbek tili va adabiyoti ta'lim yo'nalishiga qiziqadigan o'quvchilar juda ham ko'p. Men ham oddiy bir o'qituvchi sifatida shu narsani ayta olamanki, Qoraqalpog'iston Respublikasida ham o'zbek tiliga qiziquvchilar juda ko'p. Bung misol sifatida necha yildan beri ixlos qo'yib o'zbek tili fanidan Fanlar olimpiadasiga qatnashib sovrinli o'rin olib, Respublika bosqichiga yo'llanma olgan o'quvchilarimizning mehnatlari nima bo'ladi? Ushbu qonunni chiqarayotganlar abiturientlarning ko'pchiligi o'smir yoshidagilar. Bularning psixologoyasiga bu holat salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Mana you tubedagi videolarda ham viloyat xalq qabulxonasiga qatnayotgan abiturientlar ko'paymoqda. Biron bir narsani o'tkazish bo'yicha oldindan nima uchun xabar berilmaydi? Har kim xohlagan paytda qaror chiqaraveradimi shunda? DTM Oliy ta'limga Oliy ta'lim esa DTMga to'nkaydi. Chet davlatlarda agar ob-havo haqidagi ma'lumotda yomg'ir yog'ishi haqida ogohlantirish bermasa Gidrometreologiya markazini sudga berish holatlarining guvohi bo'layapmiz-ku!!! Ushbu holatga qanday qaraysiz? O'zgaradi ekan nima uchun ijtimoiy so'rovnoma o'tkazilmadi??? Bizda butun bir yoshlarning taqdiriga ta'sir ko'rsatilayapti-ku!!! Hurmatli mutasaddilar ana shu abiturientlarning o'rniga o'z farzandlaringizni qo'yib ko'ring! Shundagina holatini tushunasiz. To'g'ri ingliz tilini bilish lozim. Lekin bu haqida baribir yil boshida e'lon qilinishi kerak edi! Iltimos bu yil tarixni qaytarib bering abiturientlarga. Ularni talabalikday baxtdan benasib qoldirmang!!!
Show next 100 comments