Жорий йилда айрим йўналишларда фанлар мажмуаси ўзгартирилди

Хабарингиз бор, куни кеча Давлат қабул комиссиясининг баёни билан жорий йилги тест синовларида қўлланиладиган фанлар мажмуаси тасдиқланди. Фанлар мажмуасида ўтган йилгига нисбатан айрим йўналишларда ўзгаришлар кузатилган.

Расмийлар берган маълумотларга кўра, жами 461 та йўналишнинг 7%ида фанлар мажмуаси ўрни алмашган, яъни биринчи фан иккинчига айланган ва аксинча. 2,8% йўналишда эса битта фан ўзгарган. Фақат битта йўналишда 100% ўзгариш бўлган, яъни Биотиббиёт муҳандислиги йўналишида иккала мутахассислик фани ҳам алмашган.

❓Қайси йўналишларда қандай ўзгариш бўлди?

Фанлар мажмуасини таҳлил қилиб чиқиб, қуйидаги ўзгаришларни кўрдим. Балки яна бирортаси қолиб кетгандир, аниқланса қўшиб қўяман.

5313000 Биотиббиёт муҳандислиги

✅ Жорий йил: физика ва математика
❌ Ўтган йили: биология ва кимё

***

5313400 Геодезия ва геоинформатика
5311500 Геодезия, картография ва кадастр (функциялари бўйича)
5311501 Геодезия, картография ва кадастр (қурилиш)
5140800 Геология (фаолият соҳаси бўйича)
5311301 Кадастр (кўчмас мулк кадастри)
5311300 Кадастр (фаолият турлари бўйича)
5311302 Кадастр (ҳудудлар давлат кадастри)

✅ Жорий йил: математика ва физика
❌ Ўтган йили: математика ва география

***

5340202 Бино ва иншоотлар қурилиши (транспорт бинолари)

✅ Жорий йил: математика ва физика
❌ Ўтган йили: математика ва чет тили

***

5111200 Ўзбек тили ва адабиёт

✅ Жорий йил: ўзбек тили ва адабиёт ҳамда чет тили
❌ Ўтган йили: ўзбек тили ва адабиёт ҳамда тарих

***

Журналистика йўналишлари

✅ Жорий йил: касбий (ижодий) имтиҳон ҳамда чет тилидан тест
❌ Ўтган йили: она тили ва адабиёт ҳамда чет тили (иккаласи ҳам тест)


👉 @xushnudbek 👈

270 comments

Show 100 more comments
Yomon ish bulibdida
Bizda Yoshlar Ittifoqi degan tashkilot bor. Qani o'sha tashkilot. Nimaga bu qarorga munosabatini bildirib munosabat bildirmaydi. Oddiy xalqni, yoshlarni huquqi va taqdiri o'yinchoqmi. Nimaga hech qaysi bir tashkilot loaqal nomiga bo'lsa ham munoosabat bildirmadi
Boshlangichdan qaysi soxaga perevot qilsak boladi masalan
Yusupova Shirin Karimbayevna
Xushnudbek aka sizdan ham iltimos mana shu masalaga o'zingiz ham fikr bildiring? Iltimos sizdan 10mingdan ko'p abituriyentlarning iltimosi sizdan tarixni qaytarib berishlari bo'yicha munosabat bildiring! BUTUN O'ZBEK TILI VA ADABIYOTIGA TOPSHIRUVCHI YOSHLARNING NOMIDAN!
90% oʻzgarish talabga javob bermaydi! Faqat jurnalistika qolgan fan bloklari oʻtgan yili toʻgʻri qoʻyilgan, kasbdan kelib chiqib quyilgan edi (!) Bu nima ahvol???
Qarorlar o'zgarilmasin ilohim
Xushnudbek sizdan iltimos. Ona tili va Adabiyot va Tarixni o'rnida qolishiga munosabat bildirsangiz. Har holda tajribaliroqsiz.
Kecha bir ota ona kelib yig'lab ketdi. Mardikorlik qilib 2 yildan beri qizimni o'qitaman. Ularni ko'zidagi yoshni ko'rsangiz. Qizi bir ahvolda. Bunaqa holatga tushganlar qancha ekan. Bu o'zgarishlar yoshlar ongiga yomon ta'sir qilyabdi.
" М@£tuN "
Нима учун бундай адолатсизлик?
Хуп 7000 минг марта улчаб карор чикаришаркан ушбу карорни келаси йилга жорий килса булади-ку ахир.
Даврон
Imtihonga bir hafta qoganda ozgartirsa katta sovga bolardi abituryentlarga.Kallasiga nima kelsa qilaveradi ekanda bular yana bular oliy ma'lumotli oqitish kerak qaytadan.Qanday qilib ichki muhitni o'rganmay turib qaror qabul qilish mumkin. Omiligi shu yerdan ma'lumda. Bular vazir bolib turib qaysi abituryent bilan suhbat qib organganki qaror ozgartiradi.Menimcha ular ta'lim tizimi ishlayapti mana ko'rib qo'yilar degan maqsadda katta burilish qilishdi.Shu paytgacha nima ishlar qilgani xammaga qorong'u.Ikki,uch yil tayyorlangan abituryentning mehnatini bittada xal qildiku bu tupoylar. Chekka qishliqdagi shaharda tayyorlanishga sharoiti yoq yoshlar deyarli tayyor edi.Endi bu qisqa vaqt ichida qanday tayyorlanishini o'ylamagan eknda bular.Bekorga ro'za ramazon kunlari minglab yoshlarni qarg'ishiga qob.
Chumoligin bittada ma'lum qib qoydida lekin
Zahro Sadriddinova
Assalomu alaykum.. Dtm masullari nega unaqa bir joyda oʻtirib olib bilgan ishini qilishadi.. axir qanchadan qancha yoshlarni mehnati tunlari uxlamay vaqtini bilmga sarflaganini bir pul qilishayabdiku... Abituriyenlarni har tamonga uloqtirguncha Dtm masullarini oʻzini qaytadan yaxshilab oʻqitish kerak zora aql qaytadan kirib qolsa...
👑👑👑
Bu turishda hech Kim uqimay quyadi talimga ishonch yuq deydida
Abdullayeva.M
Tibbiyot oliygohlariga ham ingliz tili qoshilishi kerak Kimyo biologiya ingliz tili asosiy bolishi kerak
Ситора :)
Assalomu alaykum,koʻpchilik ôquvchilar ôz ona-tilisiga qiziqadi.Men taniydigan juda kôp tanishlarim,singlim ham tarix ôqib yurgandi.Shu majmua tasdiqlangandan buyon yig'lab,mazasi boʻlmay kasal boʻlib yuribdi,bir u emas juda kôpchilik ôquv markazni hamma shu yônalishlarida tayyorlanib yurgan larning barchasida shu holat! Iltimos,qayta koʻrib chiqilsin bu ôquvchilar kelajakda ôzbek tili va adabiyoti ga ôz hissalarini qoʻshishdi hali,bu qaror ularga jiddiy salbiy taʼsir yetkazdi. Hattoki ôqimayman bu nohaqliklarda kerak emas deganlari ham bor.(tôg'ri bu shaxsiy muammo ) ln Vatanimiz kelajagi uchun qayta koʻrib chiqilsin! Boshqa holatlarda anonim soʻrovnomalar olardik nimaga endi 3oy qolganda hech kimni fikri BN qiziqmay faqat ôz qarashlari ni bayon qildilar)2022-2023 ôquv yili talabalaridan emas 2023-2024 balki shu yildan boshlansin. Shunda keyingi yilgilarda ôqishlari uchun yetarli vaqtlari boladi! Iltimos qayta koʻrib chiqilsin! Bu nohaqlik,adolatsizlik😑😑😑
Shunaqa niyati bor ekan oldinroq chiqarishsin. Masalan 2023yilgi imtihonni qarorini 2022ni imtihoni tugagandan chiqarishsin salgina aqlini ham ishlatishsin. Óylab kórishsin shu vaqtda qanday ózini ónglab oladi deb. Yana Dtm imtihoni ótgandan kn taqsimlab ham qóyishadi shu yil óqish kirish past boldi viloyatlar boyicha ham taqsimlab eng kam abituriyent paloncha viloyatda deb. Qarorla ham xalq manfaatiga qaratilmaganmi aslida... Yana yoshlar qólida kelajak deyishadi.
❤Fazelovna❤
Ona tili va tarix uz urnida qolsin Bu qanaqa adolatsizlik 3oy qolganda
Iqtisod yunalishiga tasiri yoqmi
Bu qarorga hamma qarshi. Lekin oddiy xalqni qo'lidan nima ham kelardi. Inson taqdirini bilmaydiganlar inson qadrini qaydan bilsin. Tarixni chiqarib tashlab o'zlaricha tarix yozadiganlarga insof bersin. Afsuski bizda ta'lim shunaqa. Qancha qancha yoshlar bu qarordan keyin o'qishga bo'lgan qiziqishi so'nib boryabdi.
Arxitektura yonalishining ham blok fanini oldingi holiga qaytarish kerak edi. 2019-yilgacha 1-ijodiy chizma va qalam tasvir 2-matematika edi.
Hozir esa ijodiy olib tashlangan 1-Matematika 2-ona tili bu mantiqqa togri kelmaydi
chunki arxitektorlar ijod qilmasa qalam ushlamasa qanday boladi .Shuni ham bir oylab korish kerak mening fikrimch.
Mas'ullarga qayga qarayapti nega unaqa qiladi. Ona tili va tarix fanidan 2 yildan beri tayyorlanayotgan o'quvchilarim nima bo'ladi.
Show next 99 comments