Жорий йилда айрим йўналишларда фанлар мажмуаси ўзгартирилди

Хабарингиз бор, куни кеча Давлат қабул комиссиясининг баёни билан жорий йилги тест синовларида қўлланиладиган фанлар мажмуаси тасдиқланди. Фанлар мажмуасида ўтган йилгига нисбатан айрим йўналишларда ўзгаришлар кузатилган.

Расмийлар берган маълумотларга кўра, жами 461 та йўналишнинг 7%ида фанлар мажмуаси ўрни алмашган, яъни биринчи фан иккинчига айланган ва аксинча. 2,8% йўналишда эса битта фан ўзгарган. Фақат битта йўналишда 100% ўзгариш бўлган, яъни Биотиббиёт муҳандислиги йўналишида иккала мутахассислик фани ҳам алмашган.

❓Қайси йўналишларда қандай ўзгариш бўлди?

Фанлар мажмуасини таҳлил қилиб чиқиб, қуйидаги ўзгаришларни кўрдим. Балки яна бирортаси қолиб кетгандир, аниқланса қўшиб қўяман.

5313000 Биотиббиёт муҳандислиги

✅ Жорий йил: физика ва математика
❌ Ўтган йили: биология ва кимё

***

5313400 Геодезия ва геоинформатика
5311500 Геодезия, картография ва кадастр (функциялари бўйича)
5311501 Геодезия, картография ва кадастр (қурилиш)
5140800 Геология (фаолият соҳаси бўйича)
5311301 Кадастр (кўчмас мулк кадастри)
5311300 Кадастр (фаолият турлари бўйича)
5311302 Кадастр (ҳудудлар давлат кадастри)

✅ Жорий йил: математика ва физика
❌ Ўтган йили: математика ва география

***

5340202 Бино ва иншоотлар қурилиши (транспорт бинолари)

✅ Жорий йил: математика ва физика
❌ Ўтган йили: математика ва чет тили

***

5111200 Ўзбек тили ва адабиёт

✅ Жорий йил: ўзбек тили ва адабиёт ҳамда чет тили
❌ Ўтган йили: ўзбек тили ва адабиёт ҳамда тарих

***

Журналистика йўналишлари

✅ Жорий йил: касбий (ижодий) имтиҳон ҳамда чет тилидан тест
❌ Ўтган йили: она тили ва адабиёт ҳамда чет тили (иккаласи ҳам тест)


👉 @xushnudbek 👈

270 comments

Show 100 more comments
Arxitektura yonalishining ham blok fanini oldingi holiga qaytarish kerak edi. 2019-yilgacha 1-ijodiy chizma va qalam tasvir 2-matematika edi.
Hozir esa ijodiy olib tashlangan 1-Matematika 2-ona tili bu mantiqqa togri kelmaydi
chunki arxitektorlar ijod qilmasa qalam ushlamasa qanday boladi .Shuni ham bir oylab korish kerak mening fikrimch.
Mas'ullarga qayga qarayapti nega unaqa qiladi. Ona tili va tarix fanidan 2 yildan beri tayyorlanayotgan o'quvchilarim nima bo'ladi.
Abituryent ham odammi, ming la'nat hammasiga
Bunaqa syurprizlarni yana qabul qilib olurar ekanmizda abutiryent ham odammi qölidan kelsa 3 oyda bowqa fanga tayyorlanib öqishga kirsin demoqchimislar qoyil tariflashga til ojiz
Ingliz tili özgarmasa böldi bu yoğiga
Oliy talim qanaqa ongsiz insonlarni qölida qolib ketyapti bu ketishda yangi Özbekiston juda ham rivojlanib ketadi
Iltimos onatili tarix òz òrnida qolsin
Bu adolatsizlikku 3 oy qolganida qaysi fanga tayyor bòlish mumkin. Qancha abituriyetlarning taqdiri hal bòlyapdi. Qaytadan kòrib chiqilsin.🙏🙏🙏
Bu fikr kimning fikri bòlsa ham biz abituriyetnlarni hayotini aģdar tòntar qildi bizga òxshaganlar 3 yildan beri tayyorlanadi shu tarafini òylab kòrishishmapdi 😔😔😔
Abbos
Yoʻqole kaltafahm
fahming bo'lsa birovga bunaqa yozmagin. haqni aytish qo'lingdan ham kelmaydi sendaqalarning. yuraver qo'yga o'xwab. xo'b bo'ladi aka deb :)))
ㅤㅤㅤㅤㅤ
Jurnalistikadagi kasbiy imtihon qay tarzda bòladi keyin ingliz tilidan test deyilgan Ielts sertifikati borlar testni bajarmaydimi bilganlar aytvorsin oldindan rahmat
Assalomu alaykum.Xushnudbek aka iltimos bu commentim shaxsan uzizga.Biz 3-kurs studentmiz lkn ESHAGIM LOYDAN O'TTI BULDI TAMOM db qarab turolmaymiz.Tarix masalasini xatyabi wu yil realniy uzgartiw kk ligini Butun Uzbekiston yoshlari tamonidan faqat siz DTM rahbariyatiga aytolasiz.i keyn wu yaqin soatlar ichida bu masalada
DTM rahbariyatini,Alisher Sadullayev va barcha tegishli mutasiddilarni TG kanalizda ovozli chat o'tkazishni iltimos qlgan bulardim.Ular haqiqatda tongni tong demay,tunni tun demay tayorlanayotgan abituryentlarimmizzi e'tirozlarini ewitiwsin.Yoki u rahbarlar shundog'ligicha qo'shtirnoq ichidagi odamlarni"qanaqadir bitta gapi bn Universitetga kirib bitirib ketgan abituryentlikni bir kunini ham qis qilolmaydigan manqurtlarmi?
Shu fanlar 2024 yildan bo'ladi deyilsa adolatdan bo'ladi. Bolla 2yil uch yil tayyorlangan fanlari oxirgi uch oyda atkaz bo'lsa.🤬 Miyasini ishlatmaydimi bular
Islom
Yana tarixga qaytish iloji yoqmi
Kadastr yo’nalishiga matematika fizika bolishi mantiqan ham togri kelmaydiku Uzi utgan yili matematika geografiyaga ozgargandi kadastr sohasiga fizikadan geografiya muhim
Joyiga qaytarish kk abituriyenlarni kim o’ylaydi (men shu yonalishda talabaman)
Husniddin BARATOV
8 oydan buyon tayyorgarlik kòrayotgan abituriyentlarning mehnatini yuqorida òtirgan mutasaddilar qayerdan ham bilardi. Bu narsa faqat yoshlarni ertangi kunga bòlgan ishonchini yòqotyapti. Bu butunlay notòģri qaror bòldi biz bunga qarshimiz.
$$ _uzb _$$
Barcha abiturentlar 3 oy qolganda nimaga oʻqishini ham bilmay qoldi shu marsani 2023_2024 oʻquv qilidan qoʻllasa boʻladiyu qisqa vaqt qolganda qoʻllaguncha
O'zbekiston ta'lim tizmida 2ta narsa yo'q "Birinchisi ta'lim ikkinchisi tizim" Har ikki yilda o'zgarish qiladi DTM qizig'i testga 1. 2 oy qolganda.
Abdugʻani
🤦🤦🤦🤦🤦🤦🤦
Sherzod Normuminov
Xususiy oliy uquv yurtlari haqida qanaqa fikrdasizlar ?Hozir tulovini qilib uqisa keyin kuyib qolmasmikinmiz?
Show next 80 comments