Жорий йилда айрим йўналишларда фанлар мажмуаси ўзгартирилди

Хабарингиз бор, куни кеча Давлат қабул комиссиясининг баёни билан жорий йилги тест синовларида қўлланиладиган фанлар мажмуаси тасдиқланди. Фанлар мажмуасида ўтган йилгига нисбатан айрим йўналишларда ўзгаришлар кузатилган.

Расмийлар берган маълумотларга кўра, жами 461 та йўналишнинг 7%ида фанлар мажмуаси ўрни алмашган, яъни биринчи фан иккинчига айланган ва аксинча. 2,8% йўналишда эса битта фан ўзгарган. Фақат битта йўналишда 100% ўзгариш бўлган, яъни Биотиббиёт муҳандислиги йўналишида иккала мутахассислик фани ҳам алмашган.

❓Қайси йўналишларда қандай ўзгариш бўлди?

Фанлар мажмуасини таҳлил қилиб чиқиб, қуйидаги ўзгаришларни кўрдим. Балки яна бирортаси қолиб кетгандир, аниқланса қўшиб қўяман.

5313000 Биотиббиёт муҳандислиги

✅ Жорий йил: физика ва математика
❌ Ўтган йили: биология ва кимё

***

5313400 Геодезия ва геоинформатика
5311500 Геодезия, картография ва кадастр (функциялари бўйича)
5311501 Геодезия, картография ва кадастр (қурилиш)
5140800 Геология (фаолият соҳаси бўйича)
5311301 Кадастр (кўчмас мулк кадастри)
5311300 Кадастр (фаолият турлари бўйича)
5311302 Кадастр (ҳудудлар давлат кадастри)

✅ Жорий йил: математика ва физика
❌ Ўтган йили: математика ва география

***

5340202 Бино ва иншоотлар қурилиши (транспорт бинолари)

✅ Жорий йил: математика ва физика
❌ Ўтган йили: математика ва чет тили

***

5111200 Ўзбек тили ва адабиёт

✅ Жорий йил: ўзбек тили ва адабиёт ҳамда чет тили
❌ Ўтган йили: ўзбек тили ва адабиёт ҳамда тарих

***

Журналистика йўналишлари

✅ Жорий йил: касбий (ижодий) имтиҳон ҳамда чет тилидан тест
❌ Ўтган йили: она тили ва адабиёт ҳамда чет тили (иккаласи ҳам тест)


👉 @xushnudbek 👈

270 comments

Show 100 more comments
Shu fanlar 2024 yildan bo'ladi deyilsa adolatdan bo'ladi. Bolla 2yil uch yil tayyorlangan fanlari oxirgi uch oyda atkaz bo'lsa.🤬 Miyasini ishlatmaydimi bular
Islom
Yana tarixga qaytish iloji yoqmi
Kadastr yo’nalishiga matematika fizika bolishi mantiqan ham togri kelmaydiku Uzi utgan yili matematika geografiyaga ozgargandi kadastr sohasiga fizikadan geografiya muhim
Joyiga qaytarish kk abituriyenlarni kim o’ylaydi (men shu yonalishda talabaman)
Husniddin BARATOV
8 oydan buyon tayyorgarlik kòrayotgan abituriyentlarning mehnatini yuqorida òtirgan mutasaddilar qayerdan ham bilardi. Bu narsa faqat yoshlarni ertangi kunga bòlgan ishonchini yòqotyapti. Bu butunlay notòģri qaror bòldi biz bunga qarshimiz.
$$ _uzb _$$
Barcha abiturentlar 3 oy qolganda nimaga oʻqishini ham bilmay qoldi shu marsani 2023_2024 oʻquv qilidan qoʻllasa boʻladiyu qisqa vaqt qolganda qoʻllaguncha
O'zbekiston ta'lim tizmida 2ta narsa yo'q "Birinchisi ta'lim ikkinchisi tizim" Har ikki yilda o'zgarish qiladi DTM qizig'i testga 1. 2 oy qolganda.
Abdugʻani
🤦🤦🤦🤦🤦🤦🤦
Sherzod Normuminov
Xususiy oliy uquv yurtlari haqida qanaqa fikrdasizlar ?Hozir tulovini qilib uqisa keyin kuyib qolmasmikinmiz?
Zarifa Nurmatova
Jurnalistikada kasbiy ijodiy imtihon qanday bo‘ladi chet tilida bo‘ladimi yoki o‘zbektilidami
💗💗💗
Assalamu alaykum endi peravodlar nima boladi masalan men Qoraqalpoq davlat universitetiga Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar yo'nalishiga topshirgandim.Yangi qaror bo'yicha endi men o'zbek tili va adabiyoti fokultetiga o'zgartira olmaymanmi?
İmtihonga 1hafta qolganida aytish kerak edi...
Assalomu alaykum Xushnudbek aka jurnalistika yo'nalishida ijodiy imtihon qay tartibda o'tadi. Suhbatmi? Inshomi? va hakozo. Iltimos iloji bo'lsa bilib bering. Allox rozi bo'lsin.
Zarifa Nurmatova
Jurnalistikada kasbiy ijodiy imtihon qanday bo‘ladi chet tilida bo‘ladimi yoki o‘zbektilidami
???
Avvalgi yili "nima sababdan Kasbiy imtihon bekor qilindi?" degan savolga Korrupsion holatlar boʻlmasligi uchun mazmunidagi Javob olgan edik. Xoʻsh,
⁉️ endi nimaga yana Kasbiy(ijodiy) imtihon belgilandi?
❓ Korrupsiya bo'lmaydi deb ishonch bilan aytish uchun mutasaddilarimizda qanday amaliy chora asoslari bor?
❓Kasbiy imtihon qay tartibda oʻtkazildi? ( Bu haqidagi maʼlumotlarni qayerda topish mumkin).
Har bitta savolimizga javob kutamiz.
Rahmat oldindan❗
Yodgorov S.S
Assalomu aleykum. O'tgan yil ham o'zbek tili va adabiyot yo'nalishini ona tili va Chet tili fanlaridan imtihon bo'ladi deyishgandi. Keyin esa yana ona tili va tarixga o'zgartirishdi. Bu yil ham shunaqa bo'ladi xudo xohlasa.
Jurnalistika Universitetiga ijodiy imtihon oʻtkazish tartibi haqida maʼlumot bersangiz. Iltimos
Nega DTM abituriyentlarning ustidan kuladi oʻyinchoqmi abituriyentlar😭 Xohlagan vaqtda oʻzgartiradi nima qilsin tarix va ona tili oʻqiyotganlar 3oyda oʻrgana olmaydiku🤨🤨ingliz tilini
Nega 3 oy qolganda uzgartiradi, axir chet tilini 3 oyda urganiw imkonsizku.
Agar shunday o'zgarish boliptimi unda Ona tili va tarix yo'nalishidagi kvotalar sonini kòpaytirishsin. Ana shunda hech bo'lmaganda abutrentlaga nisbatan sal adolatliroq bolardi
🌼HULKAR🌼
Jurnalistika Ijodiy imtihoni tartibiga izoh qoldiring
..
Nega 3 oy qolganda uzgartiradi, axir chet tilini 3 oyda urganiw imkonsizku.
Avvalgi yilda ham shunaqa bomba xabar qilgandi dtm bunisi oshib ketdi
Show next 67 comments