Жорий йилда айрим йўналишларда фанлар мажмуаси ўзгартирилди

Хабарингиз бор, куни кеча Давлат қабул комиссиясининг баёни билан жорий йилги тест синовларида қўлланиладиган фанлар мажмуаси тасдиқланди. Фанлар мажмуасида ўтган йилгига нисбатан айрим йўналишларда ўзгаришлар кузатилган.

Расмийлар берган маълумотларга кўра, жами 461 та йўналишнинг 7%ида фанлар мажмуаси ўрни алмашган, яъни биринчи фан иккинчига айланган ва аксинча. 2,8% йўналишда эса битта фан ўзгарган. Фақат битта йўналишда 100% ўзгариш бўлган, яъни Биотиббиёт муҳандислиги йўналишида иккала мутахассислик фани ҳам алмашган.

❓Қайси йўналишларда қандай ўзгариш бўлди?

Фанлар мажмуасини таҳлил қилиб чиқиб, қуйидаги ўзгаришларни кўрдим. Балки яна бирортаси қолиб кетгандир, аниқланса қўшиб қўяман.

5313000 Биотиббиёт муҳандислиги

✅ Жорий йил: физика ва математика
❌ Ўтган йили: биология ва кимё

***

5313400 Геодезия ва геоинформатика
5311500 Геодезия, картография ва кадастр (функциялари бўйича)
5311501 Геодезия, картография ва кадастр (қурилиш)
5140800 Геология (фаолият соҳаси бўйича)
5311301 Кадастр (кўчмас мулк кадастри)
5311300 Кадастр (фаолият турлари бўйича)
5311302 Кадастр (ҳудудлар давлат кадастри)

✅ Жорий йил: математика ва физика
❌ Ўтган йили: математика ва география

***

5340202 Бино ва иншоотлар қурилиши (транспорт бинолари)

✅ Жорий йил: математика ва физика
❌ Ўтган йили: математика ва чет тили

***

5111200 Ўзбек тили ва адабиёт

✅ Жорий йил: ўзбек тили ва адабиёт ҳамда чет тили
❌ Ўтган йили: ўзбек тили ва адабиёт ҳамда тарих

***

Журналистика йўналишлари

✅ Жорий йил: касбий (ижодий) имтиҳон ҳамда чет тилидан тест
❌ Ўтган йили: она тили ва адабиёт ҳамда чет тили (иккаласи ҳам тест)


👉 @xushnudbek 👈

270 comments

Show 100 more comments
Muhammadjonova
Yoki vaxliroq aytish kerak edi Bizga òylagani vaqt yooo
Muhammadjonova
Abituriyent larni ham eshitib kóringlar
Мен Хушнудбекка сизлардек бир бутун бўлим яни 100тадан кўпроқ ходимларни қийнаётган иш муаммосини ёздим тиббиет ходими сифатида афсус ўқимадиям шекилли ,вақтимиз ,мб-тимиз кетгани қолди,вазирликларга хам шу муаммони хат қилдик биз кутган жавоб йўқ .
Хеч қайси блогер ёки хуқуқшуносга ишонмай Хушнудбекни танлаб группасига азо бўлгандим
Padariga lanat boru DTMdagilarni, imtihonga bir kun qolganda o'zgartirardi... Shuncha talaba yillab tayyorlangan tarixni shunday olib tashlabdi... Ikki oyda chet tilini o'rganib bo'lmaydiku... 😡😡😡😡
Nodira Mamatqulova
Qarorlarni yilning boshida o'zgartirmaydimi hammani axmoq qilmay DTM dagilarni kallasiga qoyiley
Yodgorov S.S
Tezroq javob kutamiz
Hilola Rasulova
Endi jurnalistikaga ona tili va adabiyoti kerak emasmikan
Ha shuncha òqigan ona tilimizni olib tashlagan.Bu ahmoqona òzgarishlari bilan odamlarni bezor qiladigan Dtm Abituriyentlar hayotini òyinchoq qiladi ikki uch yillik mehnatni uch oy qolganda hatto òzlari ham anglamas sabablar bilan òzgartirib yuboradi.
Hammani omadini bersin. Nima bulsa ham.
Sarvinoz
rus tili (milliy ) ni ham bloklari o'zgartirildimi? Ya'ni russkiy ona tili emas, russkiy va istoriya bo'lib ?
Otabek Hasanov
Nimaga dtm muncha o'yin qiladi ularni o'zini farzandlari yo'qqa o'xshaydi
Otabek Hasanov
Ha aytganday dtm xodimlarining farzandlari rektireski gruopaga tushadi va javoblarni olad
Munisa
Assalomu alaykum. Ona tili tarix yo‘nalishi qaytib ko'rib chiqilsin iltimos shu o'zgartirishni 2023 yildan qilishni ilojisi borku Biz yana o'z o‘rniga qaytishini kutmoqdamiz. Iltimos
Iltimos ballar tizimi shunday qolsin 🙏
ㅤㅤㅤㅤㅤ
Man ona tilidan tayorlanb maxx ishlab, nemistilini tahminlamoqchi edm. Sharmanda👍
Assalomu alaykum qadrli yurtdoshlar,qadrli taʼlim tizimi lavozimdagilari.Malumki 2022-2023-oʻquv yili uchun fanlar majmuasi tasdiqlangan ya'ni oʻzgartirilgan holatda tasdiqlangan.Hammasida emas,ayrim yoʻnalishlarda.Xususan,oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishida.Avvalgi yillarda bu yoʻnalishga kirish test sinovlari ona tili va adabiyot,tarix fanlaridan abituriyentlar tayyorgarlik koʻrib kelishgan.Joriy yilda ham barcha abituriyentlar ushbu fanlar boʻyicha tayyorgarlik koʻrishgan.Lekin chiqarilgan qarorda bloklar oʻzgartirilgan.Chunonchi,tarix fani oʻrniga ingliz tili qoʻyilgan.Bu koʻp holatlarda etirozga sabab boʻladi.Nima uchun buni avvalroq aytishmadi.Biz oldinroq bilishimiz kerak edi degan etirozlar bildiriladi.Etirozlar albatta oʻrinli Aynan shu yoʻnalishning bloklari oʻzgartirilganligi achinarli va notoʻgʻri holat.Negaki bloklari oʻzgartirilgan yoʻnalishlardan yana boshqa biri yani kadastr yoʻnalishi,bu yoʻnalishniki oʻzgartirilgani hech kimning etiroziga sabab boʻlmadi chunki bu yoʻnalishga kam odam topshiradi.Lekin oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishiga (pedagogika)ga talab yuqori.Aytmoqchimanki,koʻp odam topshirgan.Oʻtgan yili kamida besh ming abituriyentlar topshirgan.Lekin qabul kam boʻlgan.Demakki,oʻtgan yil yiqilganlar bilan qoʻshib hisoblasak bu yil oʻtgan yilgidan ham koʻp odam tayyorgarlik koʻrayotgan edi.Xususan,oʻzim ham.Biz yoshlarga yengillik yaratib berish oʻrniga noqulay axvolga solayotgani shu emasmi?Har kuni gapiriladi:yoshlarga imkoniyat berishni koʻpaytiryapmiz,imkoniyat beraylik koʻproq deb,shumi imkoniyat.SHu yoʻnalishga topshirmoqchi boʻlgan yani yaxshi pedagog boʻlishni oʻz oldiga maqsad qilib olgʻa qadamlar bilan tayyorlanayotgan qanchadan qancha abituriyentlarni(yoshlarni) ruhiy tomonlama sindirish emasmi bu? Oliy taʼlimga nisbatan,hukumatga nisbatan ishonchsizlikni yuzaga keltirmaydi deb oʻylaysizlarmi? Nuqul qogʻozbozlikmi? Qachon xalqni,yoshlarni(bizni) eshitasizlar? Jonlaringga tegmadimi shuncha buyrokratiya?Qachon bir eshitasizlar!Hammamiz insonmiz axir.Bir birimizni qoʻllab quvvatlash oʻrniga qilayotgan (yoshlarga qilayotgan)ishlaringizga sirtdan qaranglar.Bu qanaqasi?Oʻsha men ta'kidlayotgan oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishiga belgilangan fanlar majmuasi(Ona tili va adabiyoti, tarix) shu yil oʻz holicha qoldirilishini soʻrab qolaman va talab qilaman.Ana, keyingi yil oʻquv yili boshida oʻzgartilidi deb aytasizlar.Yil yakunida emas hurmatli lavozimdagilar.Bu gaplarim yuqori lavozimdagilarga yetib borishini istayman.Yuqorida aytganlarimga hammasiga javob beraman.Sizlar ham Prezidentimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan imkoniyatlarni oʻz joyiga qoʻyib javob beringlar!(Kamoliddin Rahmatov.Samarqanddan murojaat qilyapman, abituriyentman).
Bu o‘zgardi degani atayin ingliz tili yoki boshqa fan o‘rniga boshqa o‘qiganlar rasa so‘kyabdimi ano‘lardi
2021-yil 20-oktabrda Adliya vazirligidan ro'yhatdan (raqami 42) o'tgan yangi klassifikatorga amal qilishni talab qilaman.
Qonun ijodkorligiga mas'ul rahbarlar e'tiborli bo'lsa yaxshi bo'lar edi.
Raxmatov Kamoliddin
Assalomu alaykum qadrli yurtdoshlar,qadrli taʼlim tizimi lavozimdagilari.Malumki 2022-2023-oʻquv yili uchun fanlar majmuasi tasdiqlangan ya'ni oʻzgartirilgan holatda tasdiqlangan.Hammasida emas,ayrim yoʻnalishlarda.Xususan,oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishida.Avvalgi yillarda bu yoʻnalishga kirish test sinovlari ona tili va adabiyot,tarix fanlaridan abituriyentlar tayyorgarlik koʻrib kelishgan.Joriy yilda ham barcha abituriyentlar ushbu fanlar boʻyicha tayyorgarlik koʻrishgan.Lekin chiqarilgan qarorda bloklar oʻzgartirilgan.Chunonchi,tarix fani oʻrniga ingliz tili qoʻyilgan.Bu koʻp holatlarda etirozga sabab boʻladi.Nima uchun buni avvalroq aytishmadi.Biz oldinroq bilishimiz kerak edi degan etirozlar bildiriladi.Etirozlar albatta oʻrinli Aynan shu yoʻnalishning bloklari oʻzgartirilganligi achinarli va notoʻgʻri holat.Negaki bloklari oʻzgartirilgan yoʻnalishlardan yana boshqa biri yani kadastr yoʻnalishi,bu yoʻnalishniki oʻzgartirilgani hech kimning etiroziga sabab boʻlmadi chunki bu yoʻnalishga kam odam topshiradi.Lekin oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishiga (pedagogika)ga talab yuqori.Aytmoqchimanki,koʻp odam topshirgan.Oʻtgan yili kamida besh ming abituriyentlar topshirgan.Lekin qabul kam boʻlgan.Demakki,oʻtgan yil yiqilganlar bilan qoʻshib hisoblasak bu yil oʻtgan yilgidan ham koʻp odam tayyorgarlik koʻrayotgan edi.Xususan,oʻzim ham.Biz yoshlarga yengillik yaratib berish oʻrniga noqulay axvolga solayotgani shu emasmi?Har kuni gapiriladi:yoshlarga imkoniyat berishni koʻpaytiryapmiz,imkoniyat beraylik koʻproq deb,shumi imkoniyat.SHu yoʻnalishga topshirmoqchi boʻlgan yani yaxshi pedagog boʻlishni oʻz oldiga maqsad qilib olgʻa qadamlar bilan tayyorlanayotgan qanchadan qancha abituriyentlarni(yoshlarni) ruhiy tomonlama sindirish emasmi bu? Oliy taʼlimga nisbatan,hukumatga nisbatan ishonchsizlikni yuzaga keltirmaydi deb oʻylaysizlarmi? Nuqul qogʻozbozlikmi? Qachon xalqni,yoshlarni(bizni) eshitasizlar? Jonlaringga tegmadimi shuncha buyrokratiya?Qachon bir eshitasizlar!Hammamiz insonmiz axir.Bir birimizni qoʻllab quvvatlash oʻrniga qilayotgan (yoshlarga qilayotgan)ishlaringizga sirtdan qaranglar.Bu qanaqasi?Oʻsha men ta'kidlayotgan oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishiga belgilangan fanlar majmuasi(Ona tili va adabiyoti, tarix) shu yil oʻz holicha qoldirilishini soʻrab qolaman va talab qilaman.Ana, keyingi yil oʻquv yili boshida oʻzgartilidi deb aytasizlar.Yil yakunida emas hurmatli lavozimdagilar.Bu gaplarim yuqori lavozimdagilarga yetib borishini istayman.Yuqorida aytganlarimga hammasiga javob beraman.Sizlar ham Prezidentimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan imkoniyatlarni oʻz joyiga qoʻyib javob beringlar!(Kamoliddin Rahmatov.Samarqanddan murojaat qilyapman, abituriyentman).
Shu postni mas'ullar kõrishi shart. Aynan shu qarorga meni ham fikrim salbiy. Qanchadan qancha abituriyentlarni noqulay ahvolga solish yaxshimas. Ular Sentyabrdan uzoq va tinimsiz mehnat qilishdi. Ularning ham õziga yarasha orzu umidlari bor. Bu yil blok õzgarishi kerakmasidi. Ahir,qani ADOLAT bu yerda???
Bu ishi bilan katta maqsadni ko'zlagan kadrlarni o'ldirishyapti.Bu qonunni imzolaganlarda ertani o'ylash tushunchasi umuman yo'q.
Show next 4 comments