❗️Контрактда ўқиётан талабалар учун XushnudbekUz канали таълим гранти эълон қилади

Хабарингиз бор, 1 йил аввал MetsenatUz лойиҳасини бошлаган эдик. Лойиҳадан асосий мақсад таълимга инвестиция киритиш, эҳтиёжманд талабаларга илм олишлари учун моддий кўмак бериш, жамиятда меценатлик (ҳомийлик) маданиятини шакллантириш эди. Тома-тома кўл бўлур деганидай, 1 йил давомида жами 5 млрд сўмдан ошиқроқ қийматдаги таълим гранти ва стипендиялар эълон қилинди.

Биз бу лойиҳани тўхтатмоқчи эмасмиз, бор куч ва имкониятларимиз билан ушбу лойиҳани ривожлантириш устида бош қотиряпмиз. Бугун мамнуният билан MetsenatUz лойиҳасида навбатдаги таълим грантини эълон қиламиз.

XushnudbekUz Телеграм канали номидан жорий қилинган таълим грантида 35 нафар талабага 3 млн сўмдан, жами 105 млн сўмлик маблағлар тўлаб беришни ният қилдик.

Балки бу катта сумма эмасдир, балки кимларгадир ярим йиллик контрактини қоплаш учун ҳам етмас, лекин имкон қадар эҳтиёжманд толиби илмларга ёрдам бўлади, деган умиддаман.

ℹ️ Маълумот: ушбу грант учун ажратилаётган маблағлар XushnudbekUz каналида эълон қилинган рекламалар ҳисобидан қопланади.

📲
ОНЛАЙН АРИЗА ТОПШИРИШ

Таълим гранти ҳақида маълумот:

Қайси ОТМлар учун:
Барча давлат, нодавлат, диний таълим муассасалари учун
Қайси босқич учун: бакалавриатнинг барча босқичи
Қайси таълим шакли учун: кундузги, сиртқи ва кечки
Қайси жиҳатларга устунлик берилади: ўзлаштириш кўрсаткичи юқори, ижтимоий ҳимояга муҳтож, етим ва чин етим, ногиронлиги бор талабалар.
Квота сони: 35 нафар (бунинг 10 нафари ТДЮУ талабалари учун)
Таълим гранти миқдори: 3 млн сўм (жами 105 млн сўм)
Ариза топширишнинг сўнгги куни: 31 октябрь

📲 ОНЛАЙН АРИЗА ТОПШИРИШ

P.S.: электрон тизим тўлиқ янгилангани учун, мабодо ҳужжат топширишда техник муаммо ёки тушунмовчилик бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

1272 comments

Show 100 more comments
Sarvinoz
Assalomu aleykum zo‘r ishga qo‘l uribsizlar omad.
🌹 Г . ТОГАЕВА 🌹
Ассалому алайкум. Углим менга ёрдам бериб 6-синфдан буён ишлаб юрарди. Ёлгиз бокувчиман. Шу йил оллохга шукур укишга кирди. Кантракт. Имкони булса бизга хам кантракт учун ёрдам булса анчагина ёрдам буларди. К,анча мик,дорда булса хам.
Садовник
Kirib bo'lmayapti login parol kiritilgandan keyin kirishda xatolik diyapti
Assalomu alaykum Xushnud aka
Men shu yil TATU talabasi bo'ldim shartnoma asosida kontrakt. Otam vafot etgan. Men ham 35 tani ichida bo'la olamanmi. Ancha yordam bo'lardi onamga. Oldindan raxmat
Diyora Smart
Kirib royxatdan otdim endi nima boladi?
Parol yaratishda xatolik korsatyabdi
Assalomu aleykum Xushnudbek aka Alloh qilayotgan hayrli ishlaringizda bardavom bõlishingizni nasib qilsin 🤲
Men bu yil Yakkasaroy da yangi ochilgan Al Bukhari unversiteti birinchi kurs talabasiman . Meni bir dõstim bor Jizzaxdan men õzim Qõqondanman shu dõstimni dadasi vafot etgan ekan onasi ishledi oilani boshqa boquvchisi yoq . Ustiga ustag bu yil qarz havola qilib yangi kichik uy qurishyapti uni ham Tom qismini yopishlari kk dõstimni kantraktiga yaqinlari yordam berishyapti. Dõstimni õzida õqishga layoqati kuchli lekin kunlik ishlarga chiqib unchalik dars tayyorlay olmayapti agar shu dõstimga yordam bersak yaxshi bõlardi . Men qõlimdan kelgancha yordam qilyapman lekin õzm ham talabaman kantraktda õqiman Agar kimdir qodr bõlsa shu dõstimga yordam berib yuboraylik . Payg'ambarimiz alayhissalom aytganlarku Kim bir yaxshilikka dalolat qilsa shu yaxshilikni qilganni savobini oladi Deb In Shaa Alloh shu dõstimga yordam berishsa sababchi bõlib savobidan umidvorman . Iltimos shu dõstimga yordam qilaylik . Aka qilayotgan ishlaringizdan Alloh rozi bõlsin 🤲
Yordam bermoqchi bõlgan insonlar ushbu(93 9704102) nomerga telfon qilishlari mumkin Alloh barchamizdan rozi bõlsin 🤲
Assalomu aleykum Hammaga men Jumaniyozova Mastura Otam vafot etgan Onam 2- guruh nogironi men Qoraqolpog'istondanman bu yil kantrakt asosida óqiwga qabul qilinganman hozirda Samarqand shaxrida óqiyman wu paytgacha kantrakni hali tólolmadim iloji bólsa yordam bering
Jurnalist
Assalomu aleykum! Xushnudbekdan aka. Men bilan ukam bu yil uqishga kontraktga kirdim. Men kechkiga ukamniki esa sirtqi ishlaylik desam hali yoshmiz. Qulimizda diplom yo. Shunchaki bozor ishlari bilan shug'ullanyapti ukam. Lekin bu bilan ikkimizni kontraktimizni to'lab bo'lmaydi. Oyim shu oy bog'chaga ishga kirdila yordachi bolib. Dadam ham davlat ishida ishlamaydila. Hozir ariza topshirishni bilmadim. Notug'ri deyapti. Shunga bizga ham yordam qilsa boladimi?
Assalomu alaykum ro‘yxatdan o‘tganla bo‘sa parol joyiga qanday yozilarkan aytvoringlar men kirita olmayapman xatolik bor deyaveryapti
Ro'yhatdan o'tolmadim. Kompaniya joyiga yozolmayapman
Assalomu alaykum Xushnudbek aka juda yaxshi uylabsiz ALLOH rozi bo'lsin. Jamiyatimizda siz kabi insonlar. shunaqa g'oyalar loyhalar kupaysin ilohim. Men ham havs qildim ALLOHIMDI uzi shunday ishlarga sababchi qilsin🤲🤲
Azizbek
Assalomu alaykum Alloh rozi bo‘lsin savobli ishingiz bardavom bo‘lsin. Kanalizda ikkinchi talim uchun ham malumot bering. meditsinaga ham ikkinchi talimga topshirish mumkinmi kimlar uchun bakalavirni grand ga o‘qigan bo‘lsa ikkinchi talimga qancha muddatdan keyin topshirsa bo‘ladi
Assalomu alaykum
Allah rozi bulsin
Ssilka orqali kirib bumayapti
Diyora Smart
Assalomu alaykum Xushnudbek aka,yuqoridagi barcha yordamga muhtoj insonlar qatori bizga ham yordam kerak chunki oilada 6 insonmiz ...4 farzand Opamla kontrakt man kontrakt ukam va singlim maktab oquvchilari Faqat dadamla ishlaydilar shunga Iltimos nasib bolsa risqimiz qoshilgan bolsa...
Yusuf
Assalomu alaykum Xushnudbek menda elektron pochta yóq va akkaunt ham yôq róyhatdan óta olmadim nima qilsam bóladi. Oldindan rahmat.
Ассалому алайкум бу сайт ишончлими ?
Show next 100 comments