❗️Контрактда ўқиётан талабалар учун XushnudbekUz канали таълим гранти эълон қилади

Хабарингиз бор, 1 йил аввал MetsenatUz лойиҳасини бошлаган эдик. Лойиҳадан асосий мақсад таълимга инвестиция киритиш, эҳтиёжманд талабаларга илм олишлари учун моддий кўмак бериш, жамиятда меценатлик (ҳомийлик) маданиятини шакллантириш эди. Тома-тома кўл бўлур деганидай, 1 йил давомида жами 5 млрд сўмдан ошиқроқ қийматдаги таълим гранти ва стипендиялар эълон қилинди.

Биз бу лойиҳани тўхтатмоқчи эмасмиз, бор куч ва имкониятларимиз билан ушбу лойиҳани ривожлантириш устида бош қотиряпмиз. Бугун мамнуният билан MetsenatUz лойиҳасида навбатдаги таълим грантини эълон қиламиз.

XushnudbekUz Телеграм канали номидан жорий қилинган таълим грантида 35 нафар талабага 3 млн сўмдан, жами 105 млн сўмлик маблағлар тўлаб беришни ният қилдик.

Балки бу катта сумма эмасдир, балки кимларгадир ярим йиллик контрактини қоплаш учун ҳам етмас, лекин имкон қадар эҳтиёжманд толиби илмларга ёрдам бўлади, деган умиддаман.

ℹ️ Маълумот: ушбу грант учун ажратилаётган маблағлар XushnudbekUz каналида эълон қилинган рекламалар ҳисобидан қопланади.

📲
ОНЛАЙН АРИЗА ТОПШИРИШ

Таълим гранти ҳақида маълумот:

Қайси ОТМлар учун:
Барча давлат, нодавлат, диний таълим муассасалари учун
Қайси босқич учун: бакалавриатнинг барча босқичи
Қайси таълим шакли учун: кундузги, сиртқи ва кечки
Қайси жиҳатларга устунлик берилади: ўзлаштириш кўрсаткичи юқори, ижтимоий ҳимояга муҳтож, етим ва чин етим, ногиронлиги бор талабалар.
Квота сони: 35 нафар (бунинг 10 нафари ТДЮУ талабалари учун)
Таълим гранти миқдори: 3 млн сўм (жами 105 млн сўм)
Ариза топширишнинг сўнгги куни: 31 октябрь

📲 ОНЛАЙН АРИЗА ТОПШИРИШ

P.S.: электрон тизим тўлиқ янгилангани учун, мабодо ҳужжат топширишда техник муаммо ёки тушунмовчилик бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

1272 comments

Show 100 more comments
Salom chin yetim bola boʻlsayu 2 chi kursni zavushni qilgan boʻlsa xam boʻladimi
Salom man Xorazm viloyat Shovot tumani Qunduz mahalla Temur Malik 116 uyda yashovchi oliy malumotli 1toifali 25yil stajga ega Kalandarova Surayyo Saparbayevnaman darsim kam oyligim 3ta kontraktga yetmayotganligi maktabda vakantda 2ta bosh boshlangich turgani uchun 3kurs 2mutaxassis Urduda boshlangichda kontrakt oqiyapman 43yoshda beshikdan qabrgacha ilm izlab katta qizim Urdu biologiyada 2kurs sirtqi kichik qizim Toshkent tibbiyot akademiyasini Urganch filialida 1kurs kunduzgi oqiyapti qizlarimni 2alasi ham ishsizligi sababli yoshlar daftarida oyogi operatsiya bulgan yoshlar agenligidan kontrakt uchun moddiy yordam suradik berilmadi talim kredit uchun ariza topshirsam oyligim kam kafil yoqligi uchun berilmadi qizlarimni oqishdan chetlatishmoqchi nima qilay 2alasi ham 2urinishda kirgan bunday imkoniyat bulmasligi mumkin ozimnikini ham otgan yildan 86ming som uchun ochslen deyshdi bu jamiyatga bilimli inson kerakmasmi ariza topshirolmayapman yordam bering iltimos oxirgi umidimiz sizdan
Assalomu alaukum Xuahbudbek aka men ariza topshiraolmayappan nima qilsam bo'ladi?
Mahliyo
e mail yoq topshirsa.boladimi
Assalamu alaykum. Qanday holatdagi talabalarni bu summani olishda imkoniyati katta?
Assalomu alaykum. Biz tabaqashtirilgan kantrakka termiz pedagogika universitetiga oflayn ariza topshirgan edik. U yerdagi masullar online arizani o'zlari tuldirib nizomiy universitetini tanlab yuboribdi. Endi nima qilsak buladi
Xushnudbek Xudoyberdiyevga shu savolni yullamoqchi edim. Bog'lanishning ilojini topolme shu yerga yozayapman.
Bilganlar yordam beringizlar
Aka hayrli ishlar bilan charchamag
Baxtigul ⚘🌹⚘🌹🌱⚘
Menga universitet talabalari uchun deyapti. Men ham universitet talabasiman shartlarda barcha OTM lar uchun deyilganku
Baxtigul ⚘🌹⚘🌹🌱⚘
Nega bunday deyapti
Ulugbek
Gap yuq omadingizni bersin!
Assalomu alaykum online arizani qanday topshiramiz bilganlar aytvorilar iltimos
Assalomu alaykum. Men ariza topshirish uchun degan joyiga kirsam tanlov universitet talabalari uchun deyapti. Men ham talabaman. Nega unday bo'lyapti
Алхамдулиллах
Кантракчиларга анча йенгиллик булибди 👏👏👏☝️👍
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Menda savol bor edi. Kursdoshim ikkinchi kursni tamomlab, uchinchi kursga o'tgan. Lekin ikkinchi kurs uchun shartnoma to'lovini to'lamagan. Hozirda esa talabalar safidan chetlatilgan. Agar o'qishini biror yildan so'ng tiklasa nechanchi kursdan o'qiydi?
Rustam
Assalomu alekum hammaga men ariza topshrdim endi nma qlsh kerak
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Men Surxondaryo viloyati "Kelajak liderlari" klubi a'zosiman. Siz bilan klubizmiz a'zolarimiz o'rtasida jonli yoki onlayn tarzda uchrashuv tashkil qilsak, agar vaqt ajratolsangiz bizni hursand qilgan bo'lardik. Agar imkoni bo'lsa, fikringizni bildirsangiz. Oldindan rahmat(+998888088833)
Menga ham ushbu grantdan ajratilganida yaxshi boʻlardi
Olloh rozi bo'lsin iwlariz ga omad aka
Show next 100 comments