❗️Контрактда ўқиётан талабалар учун XushnudbekUz канали таълим гранти эълон қилади

Хабарингиз бор, 1 йил аввал MetsenatUz лойиҳасини бошлаган эдик. Лойиҳадан асосий мақсад таълимга инвестиция киритиш, эҳтиёжманд талабаларга илм олишлари учун моддий кўмак бериш, жамиятда меценатлик (ҳомийлик) маданиятини шакллантириш эди. Тома-тома кўл бўлур деганидай, 1 йил давомида жами 5 млрд сўмдан ошиқроқ қийматдаги таълим гранти ва стипендиялар эълон қилинди.

Биз бу лойиҳани тўхтатмоқчи эмасмиз, бор куч ва имкониятларимиз билан ушбу лойиҳани ривожлантириш устида бош қотиряпмиз. Бугун мамнуният билан MetsenatUz лойиҳасида навбатдаги таълим грантини эълон қиламиз.

XushnudbekUz Телеграм канали номидан жорий қилинган таълим грантида 35 нафар талабага 3 млн сўмдан, жами 105 млн сўмлик маблағлар тўлаб беришни ният қилдик.

Балки бу катта сумма эмасдир, балки кимларгадир ярим йиллик контрактини қоплаш учун ҳам етмас, лекин имкон қадар эҳтиёжманд толиби илмларга ёрдам бўлади, деган умиддаман.

ℹ️ Маълумот: ушбу грант учун ажратилаётган маблағлар XushnudbekUz каналида эълон қилинган рекламалар ҳисобидан қопланади.

📲
ОНЛАЙН АРИЗА ТОПШИРИШ

Таълим гранти ҳақида маълумот:

Қайси ОТМлар учун:
Барча давлат, нодавлат, диний таълим муассасалари учун
Қайси босқич учун: бакалавриатнинг барча босқичи
Қайси таълим шакли учун: кундузги, сиртқи ва кечки
Қайси жиҳатларга устунлик берилади: ўзлаштириш кўрсаткичи юқори, ижтимоий ҳимояга муҳтож, етим ва чин етим, ногиронлиги бор талабалар.
Квота сони: 35 нафар (бунинг 10 нафари ТДЮУ талабалари учун)
Таълим гранти миқдори: 3 млн сўм (жами 105 млн сўм)
Ариза топширишнинг сўнгги куни: 31 октябрь

📲 ОНЛАЙН АРИЗА ТОПШИРИШ

P.S.: электрон тизим тўлиқ янгилангани учун, мабодо ҳужжат топширишда техник муаммо ёки тушунмовчилик бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

1272 comments

Show 100 more comments
Hoshimov Mirhojiddin
Shohruh Qodirov Mirzarasul öğli
Ha kamida 3 4 yil o'qigan
Bu natija uchun kamida 5 yil oqish kerak
Asslomu aleykum qanday royxatdan otiladi qanday shartlar mavjud iltimos toliq malumotni qanday bilish mumkun
Assalomu aleykum, men bugun aria topshirdim. Ayrimlar o'qiydigan joylarini tanlashgandi, lekin menda bunaqa malumotlar chiqmadi?
DILNOZA G'ULOMOVA💋
assalomu alekum Xushnudbek aka man zavchnida uqiyman uqishni perevod qilmoqchi edim qishki perevod ham bor ekan shu haqda ma'lumot berib utsangiz.
DILNOZA G'ULOMOVA💋
Assalomu alekum Xushnubek aka man uqiwimi pervod qilmoqchidim qishki pervod bor ekan shu haqda malumot berin .
Usmonova Yulduzxon
Assalomu aleykum. Men ariza toʻldirgandim. Lekin shaxsiy kabinetimda sizning arizalaringiz degan joyda topshirgan arizam chiqmayapti. Ariza topshira oldimmi yoki yoʻq shuni bilmayapman. Keyin oʻshanda ariza topshirayotganimda onam haqidagi maʼlumotlarni toʻliq toʻldira olmadim. Chunki, onamning pasporti yashil pasport emas, qizil pasport yaʼni chetga chiqolmaydi faqatgina Oʻzbekiston ichida yashagani va ishlagani va bu pasportning seriyasi va raqami toʻldirilishi kerak boʻlgan joyga tushmayapti chunki u joy aynan yashil pasportga moslashtirilgan ekan. Shuning uchun rus alifbosida yozganimda avtomatik tarzda oʻzidan oʻzi oʻchirib tashladi. Ariza topshira oldimmi yoki yoʻq shuni anigʻini qanday qilib bilsam boʻladi. Agarda topshirmagan boʻlsam hali shu nosozliklarni tuzatib berishlaringizni soʻrayman. Iltimos chunki ertaga oxirgi kun!!!!!!
Assalomu alaykum. Men talabaga madad loyihasida qatnawgandm. Lekin bi martta subsidiya berilgan yordam berolmimiz deyiwdi. Onam 2-guruh nogironi edi dadam ishsz men kontraktda oʻqiyman. Kam taminlangan oilalar roʻyhatida turamiz oʻzimiz. Nma yordam soʻrasam oʻwa subsidiya tikuv mawinasini aytiwyabdi. Iltimos shu haqda ham yozib qoldiring. Bir martta subsidiya olganga qaytb hec qanday yordam berilmaydimi.
каримова
Рахмат каттакон албатта сораб текширтираман
Ассалому алеком биз хали айди карта олмалик балки шунинг учун хам талабалар ройхатида чикмагандурман нма килсам болади
Azizaxon
Assalomu alaykum! Haligacha ham uwa rasm turibdi. O'ngga suring deyilgan yozuv. Kod keldi ammo yuborilmayapti
SHOHRUH TIRKASHEV
✊✊
Shoxrux sizda ham tuldirgan malumotlar uchib ketvottimi ???
To'ldirilgan malumotlar nega sekundga qolmasdan uchib ketvotti ?????
Assalamu alekum Xushnudbek aka tizimga kirib tuzatishlar kiritizlar 1 ta malumotni 10 martalab yozdim qayta qaytaaa uchib ketopti
Azizaxon
Assalomu alaykum! Haligacha ham uwa rasm turibdi. O'ngga suring deyilgan yozuv. Kod keldi ammo yuborilmayapti
Qaytatdan yangi varoq ochib tuldiring sung boshqa raqam kiritng uni kodini yozing yangi kod va yana koddi yozing deydi ushanga ham harf ham raqam ishtirok etsin maslaan Aziza4567 Aziza1234 shunga uxshash
Azizaxon
Umuman bowqa sahifaga utib bumayaptiku😔
Azizaxon
Qaytadan qanaqa buladi u
Aziza Abdullayeva
Manga ID berildi shu bn bo‘ldimi ariza shunday tugarmidi
Yodju talabalari ham ma'lumotlari kiritilganmi? Meni ma'lumotlarim topilmadi deb chiqayabdi.
Assalomu alaykum
1-kurs edim
Hali kontrakt toʻlamagan edim shu uchun buyruq chiqmagan.
Metsenatga kirayotganimda faqat talabalar uchun deb qabul qilmayapti.
Shuni to'g'rilashni iloji bormi.
Show next 20 comments