Audio
❗️Биологиядан Миллий тест натижалари эълон қилинмайди

Бугунги овозли чатда ДТМ директори ўринбосари Сардор Ражабов биология фанидан Миллий тест тизими доирасида 9-10 июнь кунлари ўтказилган тест синовларининг натижалари эълон қилинмаслиги ва талабгорлар олган баллар бекор қилиниши ҳақида маълумот берди.

Биологиядан тест синовларида иштирок этган барча талабгорларга тестда қатнашиш учун тўлаган пуллари қайтариб берилади.

Бундай қарорга келинишига сабаб биология фанининг тест натижалари таҳлил қилинганда тестология қоидаларига тўғри келмаган ва шубҳа уйғотган. Шу сабабли натижаларни эълон қилмасликка қарор қилинган. Қолган ҳолатлар бўйича ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар текшириш ишларини олиб боришмоқда.

ℹ️ Эслатиб ўтамиз, бу фақат 9-10 июнь кунлари олинган биология фанидан тестлар учун тааллуқли. Март ойида ўтказилган, шунингдек бошқа фанлардан олинган тест натижалари ўз кучида қолади.

Яна ҳам батафсил маълумотни юқоридаги аудиофайлдан эшитишингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

478 comments

Show 100 more comments
GENERAL DOCTOR
Sertifikat imtixoniga kasal bòlib bormaganlarni puli ham qaytariladimi
GENERAL DOCTOR
GENERAL DOCTOR
Sertifikat imtixoniga kasal bòlib bormaganlarni puli ham qaytariladimi
Mani qòlim kuyganiga borolmagandimda òng qolim baribir yozolmasdim shunga bormadim
GENERAL DOCTOR
Kim bilsa aytvorila
DTM dagilar zoʻr ishlayapti😊😊😊😊 kattakon raxmat lekin oʻsha testologiya mutahassislari yaxshilab etibor berishsa sertifikatni pullaganlar aslida martdan boshlangan hech kim kafolatlamedi bugun qgan ishini kecha qmagan dgani sertifikatni 1chi bosqichida koʻpchilik eshitmagan shu bois qoʻli qingʻir insonlarni noqonuniy ishlari unchalik oshkor boʻlmagan. Meni oʻzim guvox boʻldm. Essiz bilim essiz ota onani pullari sertifikat uchun ota onalar farzandi uchun hattoli garrovga bir nimalar qoʻyib boʻlsa ham oberidhgan edi. Men DTM dan talab qilar edim. Tabiiy fanlarni 2ala boshqichidagi natijalarni ham yoʻq qilsin chunki sertifikatni qiyin tushadi DTM savolidan darajasi yuqori ddi. Chiqqan savollarni koʻrdm abituriyent asosiy blogi uchun boshlangʻich bilimlarni yigʻib qoʻyishgan. Milliy test savollari saviyasi past. Davlatimizga pul kerak boʻlsa bunaqangi ishlarda pul yutb emas. Kerakli kadrlarni ragʻbatlantirib oʻz soxasida muvaffaqiyatlarga erishib dunyoga opchiqsin. Bizni mamlakatda oʻqishga kirish qiyin. Oʻqish oson nmaga oʻzbekistonda sport kuchli chunki u dunyo boʻyicha haqqoniy oʻtkaziladi yo koʻrganslami bilim boʻyicha Oʻzbekiston birinchilardanlihini yoki oxirgi paytlarda koʻrdilami bror bir yangi ixtiro qilinganini. Aytish joizki, mazkur qonun loyihasining navbatdagi yigʻilishi birinchi boʻlib oʻtgan milliy sertifikatni ishinibham qaytadan koʻrib chiqishadi....
O‘sha sertifikatni bekor qilib ozgina jasorat ko‘rsatishdi, harholda bir guruh nomardlarni qing‘ir ishi natijasiz qoldi
Магистрларди имтихон куни қачон чиқади маълумотлар бериб кетин Хушнудбек ака
Nigora Muhammadjonovna
Xushnudbek sizga kattakon rahmat.Doimo dilimdagi gaplarni gapirasiz.Ilohim koʻz tegmasin.Oddiy xalq fikrini yuqori tashkilotga yetkazish bu juda katta jasorat.Ota onangiz sogʻ omon boʻlishsin
Vazira
Avvalgi kimyo va biologiya fanlarining natijalarini ham bekor qilish kerak,chunki unda ham sotilgan
Нилуфар Мирзаева
Тиббиётни хорижий давлатдан кучириш бали качон чикади
ХуршидБек
Йуз фоиз қушиламан купчилик сотиволдик саволлани йодлаб ертасига бориб бемалол йечиб келдик дейишди шаффофлик булиши учун умуман хисобламаслик керак
Нигора
Зур иш булибли. Энди ДТМ ходимлари охиригача туриб беришсинда тест саволларини сотмаса булди. Шунда хакикат карор то пади.
Пул кайердан кайтариб олинади?
Davronov Nasimjon
Assalomu alaykum qolgan sertifikatlar ham pulg sotilgan
Bitta biologiya emas kimyodaham pora borku
Ifloslar ochiqchasiga sotishdiye
Ilohim janozasiga ishlatsin shu pullarni
Assalomu alaykum Xushnudbek aka rahmat borizga shukur haqiqat bor ekan shu Milliy testni yòq qilish kerak. Ilgari tizim yaxshi edi. Hamma teng huquqli va teng imkoniyatli edi.
Xushnud aka mening nazarimda DTM ni istefoga chiqarib yuborish kerak menimcha
Xolmatova Nodira
U.Abdullayeva
O‘sha sertifikatni bekor qilib ozgina jasorat ko‘rsatishdi, harholda bir guruh nomardlarni qing‘ir ishi natijasiz qoldi
DTM i bozor yoki do'kon emasku xohlagan odam kirib xarid qiladigan,usha sotilgan testlarni ham o'zlari sotishgan ,bu yerda o'z mavqeyini saqlab qolmoqchi bo'lishibdi -yu......lekin o'quvchilarga imtihon oldidan psixologik jihatdan yaxshi ish bo'lmabdi,imtihonga tayyorgarlik ko'rayotgan qorako'zlarni ko'zlarini javdiratib yuragiga hadik solib qo'yishibdi,usha bundan bir necha yil oldin rahmatli Omonulla Madayev ustoz to'g'ri gapirgan ekanlar DTM xodimlari haqida
B_T..Uz
Yaxshi ish bo'libdi Xushnudbek akka iloyim umuriz uzoq bo'lsin xarbir ishda xaqiqat qaror topsin
Show next 100 comments