Audio
❗️Биологиядан Миллий тест натижалари эълон қилинмайди

Бугунги овозли чатда ДТМ директори ўринбосари Сардор Ражабов биология фанидан Миллий тест тизими доирасида 9-10 июнь кунлари ўтказилган тест синовларининг натижалари эълон қилинмаслиги ва талабгорлар олган баллар бекор қилиниши ҳақида маълумот берди.

Биологиядан тест синовларида иштирок этган барча талабгорларга тестда қатнашиш учун тўлаган пуллари қайтариб берилади.

Бундай қарорга келинишига сабаб биология фанининг тест натижалари таҳлил қилинганда тестология қоидаларига тўғри келмаган ва шубҳа уйғотган. Шу сабабли натижаларни эълон қилмасликка қарор қилинган. Қолган ҳолатлар бўйича ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар текшириш ишларини олиб боришмоқда.

ℹ️ Эслатиб ўтамиз, бу фақат 9-10 июнь кунлари олинган биология фанидан тестлар учун тааллуқли. Март ойида ўтказилган, шунингдек бошқа фанлардан олинган тест натижалари ўз кучида қолади.

Яна ҳам батафсил маълумотни юқоридаги аудиофайлдан эшитишингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

478 comments

Show 100 more comments
Xushnud aka mening nazarimda DTM ni istefoga chiqarib yuborish kerak menimcha
Xolmatova Nodira
U.Abdullayeva
O‘sha sertifikatni bekor qilib ozgina jasorat ko‘rsatishdi, harholda bir guruh nomardlarni qing‘ir ishi natijasiz qoldi
DTM i bozor yoki do'kon emasku xohlagan odam kirib xarid qiladigan,usha sotilgan testlarni ham o'zlari sotishgan ,bu yerda o'z mavqeyini saqlab qolmoqchi bo'lishibdi -yu......lekin o'quvchilarga imtihon oldidan psixologik jihatdan yaxshi ish bo'lmabdi,imtihonga tayyorgarlik ko'rayotgan qorako'zlarni ko'zlarini javdiratib yuragiga hadik solib qo'yishibdi,usha bundan bir necha yil oldin rahmatli Omonulla Madayev ustoz to'g'ri gapirgan ekanlar DTM xodimlari haqida
B_T..Uz
Yaxshi ish bo'libdi Xushnudbek akka iloyim umuriz uzoq bo'lsin xarbir ishda xaqiqat qaror topsin
Ким сотганлиги ва кимларга сотганлиги яна жим очикланмайди .
DTM dagi savollarni pullab yotgan kalamushlarni ushlash kerak,chora ko'rish kerak.Bitta o'zining qornini deb,hammani sarson qildi.Undan ham battari agar bu narsa fosh bo'lmaganda qancha dub kallalar bilimli bolalarning o'rnini egallab olishgan bo'lardi.
𝓜𝓾𝓼𝓱𝓽𝓪𝓻𝓲𝔂
Allohga wukur Raxmat sizga Xushnud aka
Виждонсизлар очик ошкора сотишди биринчисиниям. Ким каерда кандай олганини исботлансаям ДТМ хам давлат хам четга чикволдия. Болаларни ёлгонга нохаклик голиблигига Яна бир далили булдия. Шунча йилдан бери IELTST бирор марта нохаклик килмаган.Шунинг учун ривожланиш борда
بارشببذو ي
Assalomu alaykum men shu gaplarga tushunmadim nima bulyapti bu yerda 9-10kunlaridagi imtihon nima bularkan boshim qotib qoldi umuman tushunmayapman ozroq tushuntirizlar
Assalomu aleykum, Xushnud akaga qanday murojaat bilan chiqsam bo'ladi, biladiganlar bormi? Xushnud aka komentni o'qisangiz ayting, sizga bir masalada murojaat bilan yozmoqchiman
Нега факат биология Химия фанидан хам шундай булди ку. Айбини яшириш учун биттаси хато деб кутилиб кетадими аслида Шу жавобларни ДТМ узи пуллаганку четан хечким олиб сотмаса керак.
Шу каламушларни деб яхши абутуриент укищга кира олмайди узларини ворисирслари порахорларлар киради. Бу занжир качон узилади оддий миллат тамом булдику сал инсоф билан пора олинглар
Мана хакикат маладец буларканку
muhaddasa
Agar birinchisini yo‘q qilmasa ular yutib ketishadi biz 1 ta xato qilsak xam nima ikkinchisida yeganlar birinchisida yemagan db o‘ylislarmi yaxahilab o‘ylab ko‘rishsin dtmdagilar kuchni tenglashtirsin noxaqlik bo‘lyabdi faqat iyundagisi men o‘zim eshitganman martdagisida biologiyani o‘zimas kimyo xam sotilgan shaxsan guvox bo‘lganman faqat unda ko‘pchilik bilmay qolib ketib olisholmagan martdagidayam pul bo‘lgan xammasiii yo‘q qisin martdaginiyam
🕊🕊🕊🕊
Assalomu aleykum biologiya sertifikat bekor bolgani yaxshi bolibdi lekn may oyidagi kimyo va biologiya savollari ham chiqib ketganku kopchilik abutiruyentlar sotib olgan nimaga bu haqda hech kim indamadi bu natijalarni ham bekor qilishsin shunda haqiqat qaror topadi
muhaddasa
Biz xam shu fikrdamiz👍👍👍
ОРИФЖОНОВА ОЗОДА
Ассалому алайкум нега энди факат биология бекор килинади . Бошка фанларчи узи хамма фанникини бекор килиш кк яхши укиган абитурентлар укишга киролмайди . Имтихон олдидан тушкунликка тушиб булди улар . Миллий сертификатни бутунлай бекор килиниши керак
muhaddasa
Hammani miyasini zaxarladii sertifikatga ishonib o‘qimaganmiz biz yo‘q bo‘larkan nega chiqdi
👊 ✊
Menda bir taklif bor dtmga taklifim shundan iboratki shunaqa sertifikat degan narsani yo‘q qilib uni o‘rniga xar bir fandan 100 ming xil testni xar yili chiqarib qo‘yisin shundan imtihonda xar bir abituriyentga 20 ta savol tashlasin 100 ming xil test yechishni o‘rgangan abituriyent judayam bilimli bo‘ladi
Nargiza Zokirova
Endiyam nohaqlik bo'libdi, essiz bilimli yoshlar ,o'z bilimini sinamoqchi bo'lganlar. 1-2 ta odamni deb o'qiganlar ham rasvo bo'libdi, DTM ham bekor qilib osongina qutulibdi. Olgan bo'lsa ozgina odam olgandir, nima qiladi noumid qilib, essiz.
Show next 100 comments