This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat hokimi olimpiadasining 5-turi Yangiariq tumanida yuqori saviyada o‘tkazildi!

Olimpiadaning 5-turi matematika (5-6 sinf va 7-8 sinf) va kimyo fanlaridan (7-8 sinf) o‘tkazildi. Viloyatimizning 300 ga yaqin iqtidorli oʻquvchilari g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.

💰G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlandi.

Umumiy natijalar bilan ➡️ ushbu ⬅️ havola orqali tanishingiz mumkin.

Eslatib oʻtamiz, olimpiada 2023-yil davomida viloyatning barcha tuman va shahar hokimliklari homiyligida har oyda muntazam ravishda viloyat miqiyosida o‘tkaziladi.

🏆 Yil yakunida esa "Viloyat hokimi kubogi" o‘tkaziladi.

Olimpiadaning keyingi turi 20-may kuni Tuproqqal'a tumanida matematika va biologiya fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

P.S: Yangiariq tumanining hokimi Anvar aka bilan hali bir qancha yangiliklarimiz bo‘ladi. Ular haqida alohida e'lon qilaman:)

27 comments

Show 5 more comments
Assalomu alaykum, fizika hokim olimpiadasining keyingi bosqichi ham bóladimi, qaysi sanada bóla?
Nabira Ro‘zimova
S B
So'roqni bir marta ishlatsangiz aytaman!
Urganchdagichi? 6 dona 10 kun o‘tdi. 7-si o‘tvotir
Assalomu alaykum,keyingi tur 20-may kuni boʻlsa Al-Xorazmiy olimpiadasi Respublika bosqichi bilan teng kelib qolyapti,undagi oʻquvchilar hokim olimpiadasida qatnasha olmay qolar ekan,agar iloji boʻlsa keyingi turni biroz oldinroq yoki keyinroqqa oʻzgartirsangiz menimcha juda yaxshi boʻlardi,rahmat
Ассалому алайкум. Кимедан качон булади майда борми
Нимага математика тез тез булади.
Гузалхон Шавкатовна
Ассалому алайкум. Кимедан качон булади майда борми
Va alaykum assalom. Kimyo, biologiya, fizika fanlaridan har 3 oyda bir boʻladi. Matematika har oyda.
Киме хам хар ойда утказилса яхши буларди
S B
Va alaykum assalom. 3 ta oʻquvchi uchun jadvalni oʻzgartira olmaymiz. Hamma narsa tasdiqlangan.
3 ta emas ko'pchilikda ular. Al-Xorazmiyning Respublika bosqichida ishtirok qiladiganlarning barchasi Hokim oplimpiadasida ishtirok qiladi.
Yana bitta narsa, 20-mayda Tuproqqal'adami??? yoki Xonqadami???
Shuxrat Yusupov Uzm
Yana bitta narsa, 20-mayda Tuproqqal'adami??? yoki Xonqadami???
? Larni 3 ta ishlatgandan nima ma’no?

Odatda jahlni bildiradi, menga jahl qilishga esa sizlarning haqqingiz yoʻq.

Tuproqqal’ada boʻladi.
S B
? Larni 3 ta ishlatgandan nima ma’no? Odatda jahlni bildiradi, menga jahl qilishga esa sizlarning haqqingiz yoʻq. Tuproqqal’ada boʻladi.
Hech qanaqa jahl qilganim yo'q edi lekin. Shunchaki "?" belgisi 3 marta qo'yildi. Siz noto'g'ri tushundingiz menimcha.
Shakarjon Sadullayeva
Assalomu aleykum. Nima uchun tuman bosqichi bo‘lmadi? Bu olimpiadada kimlar qatnasha oladi? O‘tgan safar tuman bosqichida o‘rin olgan o‘quvchilar qatnashadimi?
Shakarjon Sadullayeva
Assalomu aleykum. Nima uchun tuman bosqichi bo‘lmadi? Bu olimpiadada kimlar qatnasha oladi? O‘tgan safar tuman bosqichida o‘rin olgan o‘quvchilar qatnashadimi?
Va alaykum assalom. 7-8 sinflar uchun Al Xorazmiy olimpiadasining tuman bosqichi gʻoliblari qatnashadi.

5-6 sinflar uchun tuman bosqichi boʻlgan!
БЕК
Assalomu aleykum hokim kubogi olimpiadaaining tuman bosqichida o'rin olganlar qatnasha olmaydimi
Show next 1 comment