Коронавирусга 1 йил

2020 йил 15 март куни мамлакатимизда Covid-19 билан зарарланган илк бемор аниқлангани маълум қилинганди. Ўшанда Франциядан қайтган шифокорда коронавирус инфекцияси тасдиқланганди.

Ўша куни Вазирлар Маҳкамасида Бош вазир бошчилигида махсус шошилинч мажлис ўтказилиб, Ўзбекистонда коронавирусга оид бир қатор қатъий чоралар белгилангани маълум қилинганди.

2020 йил 16 март, душанбадан барча давлат, нодавлат ва хусусий таълим муассасаларида, жумладан боғча, мактаб, коллеж, лицей ва ОТМларда муддатдан олдин таътил эълон қилинган ва ўқишлар тўхтатилганди.

Ўша кундан бошлаб Ўзбекистонга кириш ва Ўзбекистондан чиқиш тақиқланганди.

Ўша мажлисдан кейин каналда қолдирган овозли хабарим бугунгача 1 млн 800 минг киши томонидан эшитилди. Бу ҳозирча мен учун рекорд.

❓Сиз ўша кунларни қандай хотирлайсиз? Пандемия ва карантин ҳаётингизда қандай из қолдирди ва қолдирмоқда? Фикрларингиз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

402 comments

Show 15 more comments
Karantin boshlangada uy qurib boshlagandik qishloqda!
Haliyam esimda hammada maska, hech kim o'rganishmagan hali bunga! Bollarimiz bog'chaga bormay qo'ygan.
Assalomu alaykum Allohga shukur bu kunlar orqada qoldi. Xalqimiz bir bo'lib bu sinovlarni yengiv o'tdi.
Bu davrda fidokorlik ko'rsatgan har bir insonni umri uzoq bo'lsin
Ollohga shukur
Koronavirus bizni tibbiyot tizimiz qay darajada ekanini korrupsioner amaldarlar har qanday sharoitda pul qilishni xalqni shilib ho’rlashga tayyor ekanini ko’rsatdi
Karantin oilamizni yaqinlashtirdi, hayot tashvishlari bilan bo'lib ishlab yuraverdik. Shoshardik, ko'proq pul topishga ishlashga oshiqardik, hammasi bekor ekanligi ayon bo'ldi..
Boshida bu besh olti kunda oʻtib ketadi bir ikki kun dam olaylik deb oʻylagandim 🤣
Ancha oilalar qiynaldi yashash birmuncha qiyinlashdi
Ёркиной Комилова
Катта йукотиш булди. Купчиликка
Elzara Nametova
Bu kasallik boshqa xavf solmasin. Otib ketganiga shukur.
Х.Собиров
Shu kasalik Deb qanchadan qancha yaxshi odamlar vafot etdi. Menimcha xozr xam karantin qoydalarini kuchaytirish kerak.aks xolda Yana kopayadi
Hechkim umrboqiy emasligini tushundik Bugun bor ertaga yo'qligimizni yaxshilik qilishga ulgurib qolishimiz kerakligini ...
Ассалому алайкум, мен негадур тез ўтиб кетади 10-15 кунда деб ўйлаган эдим, орадан 3 ой ўтиб коронавирусни бошимдан ўтказишим тушимга ҳам кирмаган эди
Dadaboyev Abdurashid Abdulbori o'gli
Ollohga shukur u kunlar o'tib ketdi.
Medic
Salom xammaga xudoga wukur u kunlar o'tib ketdi o'wa paytlar juda vaximali bo'lib qolgandi
Assalomu alaykum
Juda vahimaga tushib qolgandim ayni oʻsha kuni lekin yaratgan egamni oʻzi asrashini tezda angladim
..L..F..C..J..CH..B..
Har qanday yomon narsani yaxshisi bor degandek kub narsa qilsa bulishini urgandik sanitariyaga amal qilsa bularkan qullarni tez tez yuvsa niqob taxsa eng muhimi insonlarga yordam qilishni mehr oqibatniyam urgatdi bu karantin
Ha qattiq tasir qilgandi boshidan 2 hafta deyilgani un tugaydi ky Deb oylagandik
Ollohga shukur shu kunlar ortda qoldi
Juda qiyinchiliklar yili boʻldi. Oʻzbekistonning qoloq, qashshoq davlat ekanligi bilinib qoldi. Adolatsizliklar, axborotlar judayam koʻp yashirildi.
1. Тил ўргандим...
2. Короновирусга чалиниб тузалдим...
3. Онлайн ўқитишнинг кескин самарасини кўрдим...
4. Олотда шамол учириб кетган томларни таъмирладик...
Жуда фойдали бўлди минг шукр!
Умида
Аллох уз панохида асрасин хар бандани...
Show next 100 comments