Коронавирусга 1 йил

2020 йил 15 март куни мамлакатимизда Covid-19 билан зарарланган илк бемор аниқлангани маълум қилинганди. Ўшанда Франциядан қайтган шифокорда коронавирус инфекцияси тасдиқланганди.

Ўша куни Вазирлар Маҳкамасида Бош вазир бошчилигида махсус шошилинч мажлис ўтказилиб, Ўзбекистонда коронавирусга оид бир қатор қатъий чоралар белгилангани маълум қилинганди.

2020 йил 16 март, душанбадан барча давлат, нодавлат ва хусусий таълим муассасаларида, жумладан боғча, мактаб, коллеж, лицей ва ОТМларда муддатдан олдин таътил эълон қилинган ва ўқишлар тўхтатилганди.

Ўша кундан бошлаб Ўзбекистонга кириш ва Ўзбекистондан чиқиш тақиқланганди.

Ўша мажлисдан кейин каналда қолдирган овозли хабарим бугунгача 1 млн 800 минг киши томонидан эшитилди. Бу ҳозирча мен учун рекорд.

❓Сиз ўша кунларни қандай хотирлайсиз? Пандемия ва карантин ҳаётингизда қандай из қолдирди ва қолдирмоқда? Фикрларингиз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

402 comments

Show 100 more comments
Rahmonova Barno
Assalomu alaykum biz un kop ozgarishlar boldi
Shaxnoza Yuldashaliyevna
Shu kunni kõrsatgan robbimizga shukr biz uchun bu bir sinov bõldi olloh sinovidan õtganimizga shukr
Ха ундан баттаридан асраганига шукр бошка давлатлар ёмон ачинарли ахволда колдику
꒾♡ո꒯aѪﭐr ♬arvar꒯
Eng assosiysi xalqimiz birlashdi. Xudoga shukr u davrlardan xam òtib oldik.
Karantin shukr qilishni urgatti kupchilikka shular qatori bizga ham. Xushnutbek sizga qatnay aloqaga chiqsak buladi. Azgina maslahatiz kerak edi.
Oyni oxirigacha yoq bolarmikin. Uzbga ketmoqchidim S7 dan arzon bilet olib. UzbXavo yollari qimmat.
ÒZBEKISTONIM SENI YAXSHI KÒRAMIZ 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
Одамлар бу кайси йилнинг карори
Отабек Даминов
Аввалам бор шу кунлар ўтганига шукир лекин жуда огир из холдирди молияви томондан, енди бошлаган визнесларни ўлдирди
Shukr shukr õzimda kechdi bu kasallik dard berib suyganiga shukr
Allohga bexisob shukur shu kunlarga yetkazganiga
Яна чегаралар ёпиладими? Яна мактаблар, Институтлар ёпиладими?
Allohga shukr! Bu kunlar ortda qoldi. Xalqimiz qancha yo‘qotishlarni boshidan kechirdi. Koronovaris pandemiyasi sabab vafot etganlarni Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin!
Juda kuchli qo'rquvni his qilgandim, kinolardagi "o'lat" kasalligi ko'z oldimga kelgan, vaziyat qanday bo'lishi yaxshi tasavvur qilibman, hozir buni sezib turibman.
Qolganlarni bilmadim-u lekin manga karantin insonlar qadri balandligi va juda ko'p narsani o'rgatdi
Biz institutda oqirdik.Javob berganiga hamma xursand edi.Bunaqa jiddiy boliwini hec kim kutmagandi
Man oʻsha payt 1-kurs edim. Navroz yaqin uyga fagʻonaga ketgandim(toshkentda oʻqiman). Yakshanba kuni bozorda yuribman toshkentdagi kursdoshim telefon qildi -Karantin boʻlibdi. Bizga ruxsat berdi. Manga taxi topib bering dedi.
Man -Yoʻgʻe boʻlishi mumkin emase
-Ana Xushnudbek ham aytdi
Xushnud akani kanaliga kirsam shu audio. Taxiga tel qildim hali ewitishmagan ekan 65ming soʻmga gaplashdim. Doʻstimga taxini noʻmerini berdim.
Undan keyin hamma bozordagilar vahimaga tushib qolishdi. 20minutga qolmasda hamma faqat oziq ovqat olishni boshladi va odam haddan tashqari koʻpaydi. Hamma hayron endi nima qilamiz???
Rosa gʻalati boʻlgandim. Doʻstim keyin aytadi
-siz bilgan ekansiza shunday boʻlishini
Man -bilganimda yotoqxonaga hamma narsamni tashlab kelarmidim😅
Asmo Teshaboeva
Assalamu alaykum bu kun hech yodimdan chiqmaydi . Karantin davrda juda ko'p narsani yo'qotdim ko'p narsalarni o'rgandim lekin karantindan minnatdorman
Show next 100 comments