Коронавирусга 1 йил

2020 йил 15 март куни мамлакатимизда Covid-19 билан зарарланган илк бемор аниқлангани маълум қилинганди. Ўшанда Франциядан қайтган шифокорда коронавирус инфекцияси тасдиқланганди.

Ўша куни Вазирлар Маҳкамасида Бош вазир бошчилигида махсус шошилинч мажлис ўтказилиб, Ўзбекистонда коронавирусга оид бир қатор қатъий чоралар белгилангани маълум қилинганди.

2020 йил 16 март, душанбадан барча давлат, нодавлат ва хусусий таълим муассасаларида, жумладан боғча, мактаб, коллеж, лицей ва ОТМларда муддатдан олдин таътил эълон қилинган ва ўқишлар тўхтатилганди.

Ўша кундан бошлаб Ўзбекистонга кириш ва Ўзбекистондан чиқиш тақиқланганди.

Ўша мажлисдан кейин каналда қолдирган овозли хабарим бугунгача 1 млн 800 минг киши томонидан эшитилди. Бу ҳозирча мен учун рекорд.

❓Сиз ўша кунларни қандай хотирлайсиз? Пандемия ва карантин ҳаётингизда қандай из қолдирди ва қолдирмоқда? Фикрларингиз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

402 comments

Show 100 more comments
Biz institutda oqirdik.Javob berganiga hamma xursand edi.Bunaqa jiddiy boliwini hec kim kutmagandi
Man oʻsha payt 1-kurs edim. Navroz yaqin uyga fagʻonaga ketgandim(toshkentda oʻqiman). Yakshanba kuni bozorda yuribman toshkentdagi kursdoshim telefon qildi -Karantin boʻlibdi. Bizga ruxsat berdi. Manga taxi topib bering dedi.
Man -Yoʻgʻe boʻlishi mumkin emase
-Ana Xushnudbek ham aytdi
Xushnud akani kanaliga kirsam shu audio. Taxiga tel qildim hali ewitishmagan ekan 65ming soʻmga gaplashdim. Doʻstimga taxini noʻmerini berdim.
Undan keyin hamma bozordagilar vahimaga tushib qolishdi. 20minutga qolmasda hamma faqat oziq ovqat olishni boshladi va odam haddan tashqari koʻpaydi. Hamma hayron endi nima qilamiz???
Rosa gʻalati boʻlgandim. Doʻstim keyin aytadi
-siz bilgan ekansiza shunday boʻlishini
Man -bilganimda yotoqxonaga hamma narsamni tashlab kelarmidim😅
Asmo Teshaboeva
Assalamu alaykum bu kun hech yodimdan chiqmaydi . Karantin davrda juda ko'p narsani yo'qotdim ko'p narsalarni o'rgandim lekin karantindan minnatdorman
Nilufar Tojibоyeva
Карантинни машак,к,атини эсласам хозир хам йиглагим келади Ищга 30 км га к,атнайман Икки кунда бир бораман 40 дак,ик,ада етадиган жойга уч ярим соатда хам етолмаган кунлар булди Милисия ходимларига рахмат Йул йулакай олиб кетишди
Men xuddi tushda yashaganday bo'lganman, hozir uyg'onamanu hamma o'z holiga qaytadigandek tuyulgan.
Jonibek Xushvaqtov
Xudoga shukur bu sinovlar utib ketdi. Quvonarlisi xalqimiz birdamlikda bu sinovlarni yengib o'tdi. Tarixda qoladigan muhim davrni biz boshimizdan o'tkazdik
Biz bolla bnkaypda edig ósha kuni kaypdi beliga tepgan...
Muhrim va daryo uz eng togri yoritdi statiskani bloger hokimiyat militsiya sanat vakillari shifokor ular hammasi iwladi halq karantindaligida rahmat hammasiga
Farg'ona Davlat Universiteti da ham karantin choralari yaxshi tashkillandi
Rahbariyatga Rahmat
Yakshanba kuni edi, hovlidegi hasharda eshitgandim. Soʻng uyimdegi oʻzimcha asrab avaylagan matohlarim yodimga ham kelmay, farzandlarimni, kitoblarni, zaruriy kiyimlarni, dokumentlarimizni olib Vodiyga yoʻlga chiqib ketgandim. Vodiyda kasallik chalinmay, 6 oyda poytaxtga qaytib, 1 oydan keyin kasallandik va shu vaqtdan beri asoratlari bilan kurashyapmiz. Pandemiyada fidokorona mehnat qilgan barcha soha hodimlariga ming rahmat.
N.R.Raxmataliyevna
Xa Xushnutbek shu bugun shu xaqida eslab xamkasblarimga aytib turgandim aniq esimda.
Karantin, kovid koplarni qiynadi, otalarimiz, onalarimiz davrida bolmagan narsaga guvoh boldik, ozimizam kovid bolib chiqdik, shukr sog omonmiz. Bularni hisobdan chiqarib tashlagandan keyin men uchun qolgan plyuslari bu uydan turib ishlash boldi, yolga boshqa narsalarga ketadigan vaqt, mablag tejaldi, stress kamayib ish ham ancha samarali boldi, yaqinlar bilan, farzandlar bilan koproq vaqt sarflandi, kimlarnidir yanada yaqinlashtirdi.
Izzatilla Nishonov
Бугунги кун тарихда қолди, энди буёғига барчамизни худони ўзи асрасин.
Zulfizar Tashtemirova Freeone
O'sha kuni Toshkent shahri huvillab qolganini birinchi marta ko'rgandim. Hozir eslasam, titroq bosadi yana qandaydir etim junjikadi. Tarixda "katta" voqea bo'lgan kun sifatida qolsa kerak.
Akobirshoh
Ассалому алейкум.Уша кунлар утди халкимиз жуда бир огир машаккатли кунларни утказди.Бу утган 1йил ичида хаммамиз узимизга керакли хулоса чикардик енг асосийси соглигимизни кадрига етадиган ва саломатлигимизга етибор берадиган булдик кайсидир маьнода ......Оллохга хамдлар булсинки уша кунлар утди...
Zulfizar Tashtemirova Freeone
Alloh barchamizni qo'llasin
Nilufar Tojibоyeva
У кунлар хеч к,ачон к,айтмасин Нима булса булсин карантин булмасин
Мухлиса
Assalomu alaykum 15-mart bu kun hech yodimdan chiqmaydi. Lekin karantin sabab kòp narsalarni òrgandim mehr oqibatli bòlishni yaqinlarimni qadrlashni va ulani yòqotib qòyishdan ham juda qòrqdim
Show next 100 comments