Коронавирусга 1 йил

2020 йил 15 март куни мамлакатимизда Covid-19 билан зарарланган илк бемор аниқлангани маълум қилинганди. Ўшанда Франциядан қайтган шифокорда коронавирус инфекцияси тасдиқланганди.

Ўша куни Вазирлар Маҳкамасида Бош вазир бошчилигида махсус шошилинч мажлис ўтказилиб, Ўзбекистонда коронавирусга оид бир қатор қатъий чоралар белгилангани маълум қилинганди.

2020 йил 16 март, душанбадан барча давлат, нодавлат ва хусусий таълим муассасаларида, жумладан боғча, мактаб, коллеж, лицей ва ОТМларда муддатдан олдин таътил эълон қилинган ва ўқишлар тўхтатилганди.

Ўша кундан бошлаб Ўзбекистонга кириш ва Ўзбекистондан чиқиш тақиқланганди.

Ўша мажлисдан кейин каналда қолдирган овозли хабарим бугунгача 1 млн 800 минг киши томонидан эшитилди. Бу ҳозирча мен учун рекорд.

❓Сиз ўша кунларни қандай хотирлайсиз? Пандемия ва карантин ҳаётингизда қандай из қолдирди ва қолдирмоқда? Фикрларингиз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

402 comments

Show 100 more comments
Мухаммад_И Икрамов
Assalomu alaykum. Vohimaga urin yoq hamma chora tadbirlar kurilgan dib faqat Toshkent shahrini aytilgan bulsa kerak xech qanaqa chora kurilmagan yetarli bulmagan
Xushnud aka hozirgi vaziyatga qanday baho bergan bòlardingiz.
"Rasmiy" ma'lumot emas shunchaki...
Абдуллаев Фуркат.
Xushnud aka siz bilan bog‘lanadigan tlgramm bot oching.
Мухаммад_И Икрамов
Абдуллаев Фуркат.
Xushnud aka siz bilan bog‘lanadigan tlgramm bot oching.
Judayam zur bulardi botga hamma ozini fikrini bildirib yozar edi
Мадаминова Дилрабо группа 413 группа
Assalomu alaykum, oilamiz bn ko‘proq vaqt o‘tkazdik bu eng yaxshi tomoni, men Toshkentda o‘qiyman, Xorazm uzoq, karantinda esa ota onam bn bo‘ldim 😊😊duo qilamiz, endi bu pandemiyani faqat xotirlaylik, boshqa qaytmaylik ilohim 🤲
Абдуллаев Фуркат.
Xushnud aka siz bilan bog‘lanadigan tlgramm bot oching.
Ha, bog‘lanadigan bot bo‘lsa yaxshi bo‘lardi. Chunki ayrim savollarni qanday so‘rashni, kimdan so‘rashni bilmay qoladigan vaqtlar bo‘ladi, ba’zan.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Koronavirusga chalingan bemorlarga ko'ngilli bo'lib kasalxonada ishlash niyatimiz bo'lsa (hech qanday oyliksiz) kimga murojaat qilsak bo'ladi
1 yil davomida @MLCofASMI da rivojlanish bo'ldi
Tibbiyot institut (ADTI)dagi talabalar tashabbusi bilan tashkil topgan Medical Leaders' Club karantinda online talim orqali rivojlandi. Bu klubda darslarni yuqori qobiliyatli Talabalar bepul o'tadilar. Bunda yuqori reytingda turuvchi kitoblardan tarjima qilib iloji boricha ustozlar bilan bamaslaha tashkillanadi. Agar Shu Talabalar harakati qollab quvvatlansa koronavirusga oxshagan kasalliklarda o'zimiz davo tops olamiz. Bu balandparvoz gap emas
Ishonmasangiz telegram kanalga kirib ko'ring, batafsil yozilgan.
Hozirda klub faoliyati ham davom etyapti. Faqat buni ommaviylashtirilsa, amaliyotda qollansa yanada rivojlanardi
15 mart kuni Evosda o'rtoqlar bilan lavash yeb o'tiruvdik. Yeb chiqquncha darslar otmen bo'luvdi
Хушнуд Жумабоев
Мени койил колдирган нарса коррупционерларнинг эртанги кунга ишончи, улар у́та даражада оптимистлар эканлар,мени миллиардлаб бойлигим бу́лмасада Энди ишлашдан,пул топишдан фойда йу́к, тез кунда напиши дунёга равона бу́ламиз,борини ишлатиб турсак хам Етиб колса керак деган тайминлар миямни эгаллаб олганди.Коррупционер, "оптимист ватандошларимиз" аксинча,вазиятдан фойдаланиб миллион миллион пуллар ишлашга тушишди,уларнинг эртанги кунга ишонч даражаси мени койил колдирди. Хушнудбек мен сиздан илтимос киламан битта су́ровнома у́тказсангиз.У́збекистонда иккита балодан кайси бириси умуман йу́к бу́лишини ку́прок хохлардингиз деган мавзуда.
Биринчиси КОРОНАВИРУС
Иккинчиси КОРРУПЦИЯ
Мен иккинчи вариантни танлардим.
Хушнуд Жумабоев
Грамматик хатолар учун узур су́райман,телефоним мени розилигимсиз у́збошимчалик килиб айрим пайтларда ёзган су́зларимни у́згартириб ку́яди ( нариги- напиши).
Shu ótgan 1 yil shubhasiz insoniyat tarixida qoladi. Kópchilik ózi uchun xulosalar chiqardi. Shuhrat Omonov talaba bóldi😃 ya'ni man. Insoniyat yana bir qiyin davrni boshdan kechirmoqda. Xushnud aka nima deb óylaysiz hozirgi kyndagi holatdan kelib chiqib (😷ning yangi shtammning avj olishi va bunda olamdan ótish foizi yuqoriligi) oliy ta'lim muassasalari, maktab, litsey, kollej va boxchalarni onlayn óquv tizimiga ótkazish tóģri emasmikin? Bundan tashqari aksariyati befoyda bólgan majlis, yiģilish, bayram tadbirlariga nisbatan karantin qoidalarini kuchaytirish kerak. Katta ehtimol bilan bularni amalga oshirishga iqtisodiyotimizning stabil emasligi yól qóymaydi.
Хушнуд Жумабоев
Хушнудбек охирги пайтларда иштимоий тармокларда ку́ринмай кетдингиз?
Online ishlash rejimi rivojlandi. Shunisi zo‘r bo‘ldi-da
A Z I Z B E K
Assalomu aleykom Xushnudbek aka yaxshimisiz. Bu yil ga dam olish kuni qachondan boshlanadi.
Shohsanam
Аллох томонидан юборилган бир снов булди бу ва бу снов бизнинг ахиллигимиз ва иймон етикодимизни янада мустахкамлади деб уйлайман.
Bir yil davomida koʻpchilik uyda boʻlib, ancha diniy bilimlarini ham oshirdi, menimcha. Atrofimda bunga misol talaygina.
P/s Bir yomonning ming yaxshisi boʻldiyov.
Nizamova Saboat
Ассалом шу бир йил давомида инсонлар бир бирига мехр мухаббати ошди жуда купчилик намоз укиш керакли эканини тушунишди ночор оилаларга ердам беришди айникса шифокор хамширалар яхшигина жонкуярлик килишди уларга рахмат факатгина битта таклиф билдираман шифокор хамишираларнинг ойлик маоши оширилса улар янада хурсанд булиб халкимиз хизматида булишади шунда тиббиет сохаси янада яхши ривожланар эди еш шифокорларимиз
Assalomu alaykum hammaga. Bu davr olloh tomonidan yuborilgan sinov edi. O‘qituvchiman.Karantin to‘satdan e‘lon qilindi xayolimda o‘quvchilarsiz maktabsiz hayot vohimaliday tuyuldi menga. Endi hayot tugaydigandek xuddi... Va shu vaqtda yuragim ostida mitti jon borligini bildim. Hayotga qaytadan umid uyg‘ondi Ikki o‘g‘lim va tug‘ilajak qizalog‘im uchun ham sog‘lom yashashim kerak degan maqsad qo‘ydim oldimga.Ollohimdan so‘ragandim qiz farzandni. Ollohning sinovi ekan orada og‘ir pnevmaniyani ham boshdan kechirdim. Ollohimga shukur va shifokorlarning boriga rahmatki 2 oylik qizalog‘im sog‘lomgina, shiringina beshikda uxlayapti hozir😊 Barchamizga olloh mehribon bo‘lsin!
👑Maknuna Samat qizi👑
Assalomu alaykum!Bu davr tarixga muxrlandi.Nima bólsayam Alloh tomonidan avvolo,yaqin yillar ichida kópchilik oilasiga vaqt ajratmay qóygandi,odamlar orasi mehr muhabbat kamayib ketgandi aynan karantin davrida bu narsalarni anglab yetishdi,iymonimiz va etiqodimiz mustahkamlandi.ammo qóshtirnoq ichidagilar esa shunday sinovli kunlarda óz nafsi uchun nimalarni óylab topmadi deysiz.Yaxshi insonlar dunyoni qutqaradi In Sha Alloh 🤲 Birgalikda harakat qilsak har doim Allohim qóllaydi nasib bólsa!
Show next 97 comments