Коронавирусга 1 йил

2020 йил 15 март куни мамлакатимизда Covid-19 билан зарарланган илк бемор аниқлангани маълум қилинганди. Ўшанда Франциядан қайтган шифокорда коронавирус инфекцияси тасдиқланганди.

Ўша куни Вазирлар Маҳкамасида Бош вазир бошчилигида махсус шошилинч мажлис ўтказилиб, Ўзбекистонда коронавирусга оид бир қатор қатъий чоралар белгилангани маълум қилинганди.

2020 йил 16 март, душанбадан барча давлат, нодавлат ва хусусий таълим муассасаларида, жумладан боғча, мактаб, коллеж, лицей ва ОТМларда муддатдан олдин таътил эълон қилинган ва ўқишлар тўхтатилганди.

Ўша кундан бошлаб Ўзбекистонга кириш ва Ўзбекистондан чиқиш тақиқланганди.

Ўша мажлисдан кейин каналда қолдирган овозли хабарим бугунгача 1 млн 800 минг киши томонидан эшитилди. Бу ҳозирча мен учун рекорд.

❓Сиз ўша кунларни қандай хотирлайсиз? Пандемия ва карантин ҳаётингизда қандай из қолдирди ва қолдирмоқда? Фикрларингиз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

402 comments

Show 100 more comments
Lola Qayumova AQS rahbari🎥
Хотирлаб турамиз тез тез
Buxoroda Xalqaro talabalar konfrensiyasidan qaytgan kunimiz ertasiga karantin degandi!
А.Р.Eшмурзаева
Жудаям қўрқинчли бўлган, ваҳимали кунлар, ишхонада кимдир йўталса ёки аксирса бошқача қарашлар, вой умуман эслашга арзимайдиган кунлар
To'g'ri, pandemiya ko'plab insonlar va anchagina davlatlar uchun salbiy natijalar berdi, ammo mehr-muhabbat, oqibat hali ham borligini ko'rsatdi, ancha yildan buyon yiqilaverib charchagan men shu pandemiya tufayli grant asosida talaba bo'ldim( pandemiya tufayli 5ta emas, 2ta fandan imtihon bo'ldi) pandemiya davrida jiyanchali bo'ldim, harakatlanish mumkin bo'lmagan vaqtda mashina bilan chiqganimiz hali esimda
Альберт Ергашев
Yana karantin bo'ladimi? Virus ko'payvotiyu yana. Bzaga yuqb qosachi biz oqishdamz. Yuqtrb uydegilani korshga borsechi
Pandemiya tufayli ayrim talabalar "talablik oltin davri" ni unchalik surolmadi masalan bitirvchi talabalar diplomlarini o'zgacha quvonch wukuxi bilan olgan bo'lar edi.. meni esa 3-kursligim yarmi karantin sabab uyda o'tdi😐☹️
2020 yilda maktabni tamomladim alam qiladigan joyi 25 may kunini 11 yil intizorlik bilan turi hayajon oʻy havaslar bilan orzuqib kutar edim 😔lekin afsus hayotimda 1 martagina boʻladigan maktab bitiruvi soʻngi qoʻngʻiroq 2002 larga nasib qilmadi😢.
Oʻzi 9 snif ni tamomlaganimizda 11 yillik talim boʻlib ketti😏, koʻllejlar yopildi 11 snif tamomlaganimizda karona virus boʻlib soʻngi qoʻngʻiroq yana nasib qilmadi😣😣😣
Otgan har bir kunimizga shukrona qilaylik.
Hamma bolgan ishlar yaxshilikka bolsin ,ilohim
Чарос Назарқосимова Муталлибовна
🤦‍♀️Войй уша кора кунларимни эслашниям хохламайман. Хаттоки бу йил март ойдан ва вирусларни тезрок утиб кетишини дуоларимда сурайдиган бубколганман🤲
𝒢
Men ham 2 ta jiyanli boʻldim
Tabriklayman, umri bilan, rizqi bilan, ota-onasi bilan bergan bo'lsin!
Katta tadbirimiz qoldirilgandi, juda yomon ta'sir qilgandi karantin😔
Assalomu alekum hammaga.
Ha o'sha paytlarni eslayman.
Men sank-piterburgda edim.
Hozir ham shu yerdaman.
Karantin haqida gapirsam, menimcha bu Alloh tomonidan berilgan sinov emas. Alloh tomonidan berilgan siylovga o'xshaydi. Ko'zingni och inson, o'zingni angla deyotganga o'xshaydi bu 2020-yil.
To'g'risi shu paytgacha bunaqa ajoyib yilni ko'rmagandim. Umuman oganda bu yil shiddat bilan noto'g'ri manzilga ketayotgan karvonni to'xtatib, to'g'ri manzilni ko'satayotganga o'xshaydi. Zero biz ikki eshik orasidagi yo'lovchilarmiz.
🍃🍂🍃
Оллохимга бехисоб шукурлар булсинки у кора кунлар тугади енди ва бошка кайтмасин
Rejalarimni butunlay buzib yubordi, 1 yillar ortdaman ozimdan😟😅
Магазинларда картошка колмай хамма озик овкат туплаган эди
Ирода Сатторова
Eh 2020 yil Men abituriyent edimmm, òqishlarimiz qolgan ammo bir narsani anglaganman Inson ozi chin dildan harakat qilib òrgansa Hech qanday òqituvchining kòmagisiz ham òqishga kira olar va maqsadini amalga oshira olar ekan...In Shaa Allah Talabalik nasib etdi
МУНОЖАТ
Ех ишсиз утган кунларим
Ashur Norqulov
Buw utgan vaqt larim essiz
Холикжонова Сабохат
Man studentligimni oltin davrini 1 yili yoqatgandayman
Show next 56 comments