Xayrli kun azizlar!

Saytimizda odatda faqat shanba va yakshanba kunlari olimpiadalar boʻladi. Lekin hafta davomida zerikib qolmaslik uchun alohida KUNTESTI mobil ilovamiz mavjud. Unda har bir sinfga har kuni alohida testlar (Matematika, Ingliz tili va boshqa fanlardan) beriladi. Har kungi ishtirok uchun reyting ochkolar beriladi. Oy yakunida respublika, viloyat va tuman kesimida gʻoliblar aniqlanadi.

Bir dono odam aytgandi: Haftada bir kun koʻp shugʻullanish oʻrniga, har kuni oz ozdan shugʻullanish foydaliroq.

Shunday ekan kunlik muntazam testlarda faol qatnashing. Ham bilimingizni sayqallab borasiz, ham gʻolib boʻlishingiz mumkin.

Bugun yangi oy boshlandi. Demak bu oydagi gʻoliblik sizniki boʻlishi mumkin!

Mobil ilovamizning telegram kanali: 👉 @kuntesti

12 comments

Show 1 more comment
Ozbek tili davlat tilidan testlar yo'qmi?
Qaytar dunyo
Tekinga ishlaydigan platformada ishlanglar Baraka topgurlar.
Qaytar dunyo
Tekinga ishlaydigan platformada ishlanglar Baraka topgurlar.
Baraka topgur:

1-dan: Saytimizda 100% bepul olimpiada boʻlyapti.
2-dan: Kuniga 1000 soʻm farzand ta’limiga ajrata olmaydiganlarga tushuntirishni oʻzi xato
3-dan: Biror tekin boʻlgan foydali va davomli loyiha bormi? Bunday loyihalarni umri qancha?
Qanday qilib qatnashamiz
AKOBIR OLIMOV
Qanday qilib qatnashamiz
❓Ilovadan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma: http://t.me/kuntesti/457
Boʻldi tushundim
Asalxon
Assalomu aleykum biz 100 tanga olgandik uch kunga yetadimi,i xozr 45 tanga bor hisobimizda testda ikki Kun qatnashdik.
Asalxon
Nima uchun shunday boldi
Asalxon
Assalomu aleykum biz 100 tanga olgandik uch kunga yetadimi,i xozr 45 tanga bor hisobimizda testda ikki Kun qatnashdik.
100 tanga bu 20 ta test degani. Test hammaga yakunlangach javoblarini koʻrishga ham tanga oladi. Javoblarini koʻrmasangiz tanga olmaydi
Lazizbek
Javoblarni qayerdan ko'rsa bo'ladi